Ichimlik suvi bilan ta’minlash: Bahitgul hikoyasi

BMTTD va YuNFPA Qoʻshma dasturi Qoraqalpogʻiston aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlamoqda

2-October, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

Pandemiya - bu butun dunyo boʻylab ichimlik suvi manbalari yetarlicha boʻlmagan chekka hududlarda yashovchi jamoalar oldida turgan muammolar haqida yorqin eslatma. Toza suv bilan yetarli darajada ta’minlanganlik – qaysi sohada qoʻllanilishidan qat’iy nazar, jamoat salomatligiga ta’sir qiluvchi muhim omildir. Suv ta’minotini barqarorligini tashkil qilish, sanitariya tizimlarini takomillashtirish, shuningdek, suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish iqtisodiy oʻsishga va qashshoqlikni qisqartirishga yordam beradi.

Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTTD va YuNFPAning "Orolboʻyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sogʻliqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash" Qoʻshma dasturi doirasida Qoraqalpogʻistonning Chimboy tumanidagi ikki jamoada yashovchi 650 nafar, shu jumladan 331 ta ayol va 319 ta erkak aholisi ichimlik suvidan uzluksiz foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishdi. "Janamakon" aholi punktidagi "Baxtli" qishloq fuqarolar yigʻini va "Gʻujimli" Mahalla fuqarolar yigʻinida 10 600 metr uzunlikdagi suv quvurlari tarmogʻi oʻtkazildi.

Bahitgul Kallibekova 54 yoshda boʻlib "Baxtli" QFYda yashaydi. U uy bekasi.

- Uy hoʻjaligimizda 9 kishi yashaydi. Har birimiz nomidan ushbu loyihaga jalb qilingan har bir kishiga katta minnatdorchilik bildirmoqchiman. Cheksiz baxtlimiz, nihoyat bizning uylarimizda suv bor.

Loyiha amalga oshirilgandan oldin, mahalliy aholi hududga har payshanba kuni, ya’ni haftada bir martagina traktorga ulanib keladigan suv omboridan suv olardi. Ba’zan suv yetarli emas edi.

- Endi koʻp narsa oʻzgardi. Men bolalarimni boshqa tashqariga suv uchun yubormayman. Buning oʻrniga, ular oʻqish bilan shugʻullanadilar yoki uy xoʻjaligi ishlari, chorva mollari bilan yordam beradilar, aytgancha, chorvachiligimiz uchun ham suv muammosi hal qilinadi. Qishda suvga chiqib olis manzillarga borish ancha qiyin boʻlgan, koʻcha sovuq, yoʻllarimiz juda xavfli edi. Bularning barchasi orqada.

Shuningdek, joriy yilda Chimboy tumanidagi "Koshkar Jikan" va "Mayjab" QFYda qishloq aholisi uchun suv tozalash uskunalari oʻrnatilib, suv ta’minoti tarmogʻi qurilishi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Qoʻshma dastur ekologik vaziyatni yaxshilash, asosiy xizmatlardan foydalanishni kengaytirish va mahalliy aholi farovonligini oshirish uchun keng qamrovli yechimlar taklif qilish orqali mintaqaning eng zaif jamoalarida Orol dengizi inqirozining salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan.