Smiling women

[YAKUNLANGAN] Orolboʻyi hududidagi barqarorligini mustahkamlash

Orolboʻyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sog’liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash

Loyihaning qisqacha tavsifi: 

Orolbo'yi hududi O'zbekistonning eng zaif mintaqasi bo'lib qolmoqda. Inson harakatidan vujudga kelgan mazkur inqiroz markazida Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'lib, yo'qolib borayotgan Orol dengizi inson xavfsizligi uchun bir-biriga bog'liq ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolar majmuasini yuzaga keltirdi.

Taklif etilayotgan Qo'shma dastur sog'liqni saqlash va kamba'allikni kamaytirish tashabbuslariga innovatsion yechimlar kiritish orqali Orolbo'yining eng zaif hududlaridagi dolzarb va zudlik bilan bartaraf etishni talab qilayotgan iqtisodiy va sog'liqni saqlash sohasidagi havfsizlik bilan bog'liq muammolarni hal qilishni maqsad qilib qo'ygan. Dasturning maqsadi hukumat siyosatiga mos bo'lib, Orol dengizi ekologik falokati ta'sirini yumshatish ustuvor masala sifatida belgilangan. Bu, shuningdek, maqsadli va amaliy innovatsion loyihalar orqali sog'liqni saqlash va daromad olishga ko'mak berish sohalarida faoliyatni yanada keng targ'ib qilish va Orol dengizi mintaqasida barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo'lida eng muvaffaqiyatli amaliyotlardan olingan natijalar bilan bo'lishish va aholining bu sohadagi bilimlarini mukammalashtirish vositasi sifatida xizmat qiladi.

Kutilayotgan natijalar:

1.      Ona va bola salomatligi, reproduktiv salomatlikni himoyalash va ogohlantiruvchi choralarni koʻrish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish uchun olisdagi qishloq joylarida tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini texnik va institutsional bazani mustahkamlash orqali yaxshilash;

2.      Daromad manbalarini, yangi ish oʻrinlarini yaratish, hamda asosiy ijtimoiy xizmatlarni olishga erishish, shu jumladan, ichimlik suvi bilan taʼminlanish uchun inklyuziv biznes tashabbuslarni ishga solishda koʻmak berish.moslashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.