Korrupsiyani yengib o‘tishda O‘zbekistonning yo‘li

30-September, 2020

Image: UNDP Uzbekistan

So‘ngi to‘rt yil davomida O‘zbekiston o‘z fuqarolarining milliy davlat va xususiy sektordagi rahbarlar shaffof va axloq me’yorlariga rioya etgan tarzda ish olib borishlariga ishonch hosil qilishlari uchun salmoqli sa'y-harakatlarni amalga oshirdi. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi davlat muassasasining tashkil etilishi va Transparency International 2019 indeksida 5 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishi, O‘zbekiston asta-sekinlik bilan, lekin muqarrar ravishda mazkur sohada natijalarga erishayotganidan dalolat qiladi. COVID-19 pandemiyasi aholining zaif va himoyalanmagan qatlamlariga nisbatan COVID-19 ta'sirini yumshatishga qaratilgan sa’y-harakatlar avj olgan davrda davlat muassasalarining va davlat harajatlarining shaffofligini va hisobdorligini ta'minlash bo’yicha qimmatli saboqlarni berdi.

2017 yilda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi va shu davrdan buyon O‘zbekiston davlat sektorida korrupsiyaning oldini olish uchun sa'y-harakatlarini ikki barobar oshirdi va ushbu maqsadga erishish uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirdi. Jumladan, 2018 yilda “O‘zbekistondagi samarali, hisobdor va shaffof boshqaruv muassasalari orqali korrupsiyaga qarshi kurash” loyihasi (PCEAT) ishlab chiqildi. Ushbu loyiha doirasida BMTTD, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuraturasi O‘zbekistonda korrupsiyani idrok etish va mavjudligiga barham berish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining muvofiqlartiruvchi yetakchiligi ostida ulkan ish olib bordilar

Global amaliyotni o‘rganish va unga hissa qo‘shis

Korrupsiyaning oldini olish sohasida O‘zbekiston tomonidan so‘ngi yillarda BMTTD, milliy darajadagi sheriklar va xalqaro mutaxassislar bilan hamkorlik sababli erishilgan yutuqlar shu darajada e’tiborni qozondi-ki, ular ba'zi qo‘shni mamlakatlardagi islohotlar va o‘zgarishlarni ilhomlantirdi.

2019−2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi doirasida, loyiha tomonidan 14ta yirik tadbir o‘tkazildi va ularda mehmon sifatida davlat muassasalari, nodavlat tashkilotlar vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdilar. Ushbu tadbirlarning eng ko‘zga ko‘rinarlisi 2019 yilning may oyida o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda innovasiyalar” nomli BMTTD mintaqaviy forumi bo‘ldi. Ushbu tadbirlarda markaziy o‘rinni umumjahon tajriba almashinuvi hamda Xonkong, Singapur, Janubiy Koreya, Butan, Indoneziya va Skandinaviya mamlakalarining tajribalaridan olingan saboqlar almashinuvi egalladi.

O‘zbekiston tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar Markaziy Osiyo mamlakatlari va undan tashqarida, jumladan Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston davlatlarida e'tirof etildi. 2019 yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish forumi tadbirlari qatorida #NextGenUNDP butunjahon tashabbusining bir qismi bo‘lgan #NextGenAntiCorruption tashabbusiga turtki berildi, shuningdek «Transparency International» tashkilotining Rossiya, Ukraina va Qozog‘istondagi bo‘linmalari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatildi.

Loyiha doirasida, shuningdek, IHTTning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Istanbul harakatlar rejasining 4-monitoringi qo‘llab-quvvatlandi va amalga oshirildi, 2019 yilning mart oyida esa O‘zbekiston delegasiyasi IHTTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining umumiy majlisiga tashrif buyurdi

Barcha mumkin bo‘lgan darajalarda korrupsiyaga to‘sqinlik qilis

COVID-19 pandemiyasi hamda mart oyining o‘rtalaridan kiritilgan va davom etib kelayotgan karantin holati korrupsiya uchun ko‘p imkoniyatlar yaratib berdi. Har qanday vakolatli mansabdor shaxs narxlarni oshirib yuborishi yoki zaruriy himoya vositalarini va boshqa birlamchi ehtiyoj mahsulotlarini taqsimlashda vaziyatni suiste'mol qilishi, yohud majburiy qat'iy karantin choralarini chetlab o‘tish yo‘llarini izlovchi shaxslardan uchun pora olishi mumkin edi. Fuqarolarni, tadbirkorlarni va davlat sektorini jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun amalga oshirilgan sa'y-harakatlar O‘zbekiston xalqi ushbu inqirozni o‘z rahbariyatiga ishonch bilan yengib o‘tishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

BMTTD, hukumatning ishonchli hamkori sifatida, 2018 yildan buyon O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini mustahkamlash uchun qonunchilik asosini yaratishga, ichki nazorat va audit vositalarini takomillashtirishga yordam berib kelmoqda hamda tahliliy hisobotlar va uslubiy qo‘llanmalarni yaratishda qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu bilan bir qatorda, davlat muassasalarida poraxo‘rlikka qarshi kurashishni boshqarish tizimini joriy etish maqsadida loyiha doirasida va KPMG xalqaro auditorlik-konsalting kompaniyasining shartnoma asosida jalb qilingan mutaxassislari tomonidan ilg‘or tashabbuslar amalga oshirildi. Tizim 2019 yilda Adliya vazirligida, Davlat xizmatlari agentligida va ularning viloyatlardagi bo‘linmalarida joriy etildi, 2020 yilda esa Sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Qurilish vazirliklarida hamda 4ta mahalliy hokimliklarda joriy qilindi. Shuningdek, “O‘zbekneftegaz” va “O‘zkimyosanoat” davlat korxonalarida korporativ axloqning joriy etilishi ham ta'minlandi.

Ehtimol, muvaffaqiyatning eng katta belgisi sifatida Adliya vazirligi tomonidan 2020 yilning sentyabr oyida IS0 37001 sertifikatini e'tirof etish joizdir va bunga loyiha tomonidan ko‘rsatilgan yordam tufayli erishildi.

Fikrlash tarzini o‘zgartirish

Yuqori darajadagi ushbu tashabbuslarni mutanosiblashtirish joylardagi taxminiy yoki mavjud korrupsiyaning tarqalishiga qarshi kurashish borasidagi sa'y-harakatlar sirasiga kirdi. Yoshlar va ularning kengroq jamoalari kuzatuv va baholashning yangi vositalari ko‘magida korrupsiya holatlarini aniqlash uchun turli xil ko‘rik-tanlovlar va xabardorlikni oshirish bo‘yicha tadbirlar yordamida jalb etildilar va rag‘batlantirildilar. Shuningdek, ustuvor yo‘nalishlar sifatida aniqlangan qurilish, sog‘liqni saqlash va ta'lim sohalaridagi ehtimoliy korrupsiyaning darajasini aniqlash maqsadida tadqiqotlar tashkil etildi.

Shu bilan birga, COVID-19 pandemiyasi korrupsiyaning oldini olish muhim ahamiyat kasb etgan yana bir holatga aylandi. Oziq-ovqat mahsulotlariga arzon narxlarni belgilash, oziq-ovqat mahsulotlarining sun'iy taqchilligi oldini olish, transport vositalariga ruxsatnomalar berishda shaffoflikni ta'minlash, qat'iy karantin qoidalarini o‘rnatish hamda xayr-ehson va dori vositalarini to‘plash va taqsimlashni muvofiqlashtirish borasida erishilgan yutuqlar korrupsiyani cheklash maqsadida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarga dalolat qiladi. Avvalroq qayd etilganidek va Hukumat so‘rovnomasini amalga oshirish jarayonida 2020 yilning avgust oyida BMTTDning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha loyihasi doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashishni boshqarish va komplaens-nazoratning qo‘shimcha tizimi joriy etildi. Ushbu tadbir ham sog‘liqni saqlash sohasida kasbiy halollikni kuchaytirish va korrupsiyaga toqatsizlikni yaratishga qaratilgandir.

«So‘ngi yillarda O‘zbekistonda korrupsiyaning uzoq muddatli muammolarini yechishda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishildi, bu esa mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlar uchun turki yaratishga imkon berdi », - dedi BMTTDning doimiy vakili Matilda Dimovska. «Holbuki biz bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimidagi inqiroz va misli ko‘rilmagan holatlar bilan yuzma-yuz turar ekanmiz, fuqarolarning Hukumatga nisbatan ishonchini mustahkamlashda ushbu yutuqlarning ahamiyati yanada yaqqol bo‘lmoqda».