MAS'ULIYAT. DAXLDORLIK. TEZKORLIK.

14-January, 2022

Image: the Ministry of Internal Affairs of Uzbekistan

“Bolaligimda o’qish jonu dilim edi, “Sherlok Xolms va doktor Vatsonning sarguzashtlari” va Dyumaning asarlari yaxshi ko‘rgan kitoblarim edi, – deydi polkovnik Umida Abdullayeva, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Jamoat xavfsizligi boshqarmasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining xotin-qizlar bilan ishlash va ijtimoiy masalalar bo‘limi boshlig‘i.

Umida opa Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida o‘qituvchilar oilasida tug‘ilib o‘sgan. Oliy ma’lumotni ham u yerda olgan – Guliston davlat universitetini huquqshunoslik va tarix yo’nalishida imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Universitetni tamomlagach, u viloyat Ichki ishlar boshqarmasidagi Axborot markaziga mutaxassis bo‘lib ishga kirdi. U o‘qituvchilik kasbiga tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa-da, ota-onasi uning qarorini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan va Umida opa bugungi kungacha o‘zining asosiy shiori deb hisoblagan yagona maslahatlari “Nima ish qilsang ham, boshqalarga yordaming tegsa bo’lgani” dedi.

“Qizning qanday inson bo‘lib yetishishi ko‘p jihatdan oiladagi tarbiya va munosabatga bog‘liq”, o‘z fikri bilan bo’lishdi Umida opa. “Ota-onam yaxshi ta’lim olish ham qizlar ham o‘g‘il bolalarning keyinchalik hayotlarida o‘z o‘rnini topishlari uchun shart deb ishonishardi va menga bu o‘z kuchlarimga ishonishimga yordam berdi. Hayotdagi qiyinchiliklarga umuman duch kelmaslik qiyin, shuning uchun qizlarga ham ularni yengishni o'rgatish juda muhimdir.

Umida Abdullayeva bugungi faoliyatida ham ana shu e’tiqodga sodiq qoladi va, ehtimol shuning uchun, mamlakatda amalga oshirilayotgan muhim islohotlarning bevosita ishtirokchisiga aylandi. O‘zbekistonda gender tengligi va xotin-qizlar huquqlarini ta’minlashda muhim bo‘lgan 2019-yilda ikkita qonun qabul qilinib, Ichki ishlar vazirligining huquqbuzarliklar profilaktikasi tuzilmasida oiladagi zo’ravonlikdan ayollarni himoya qilish bilan shug’ullanuvchi mutlaqo yangi bo’lim tashkil etildi. Aynan shu bo’limga Umida Abdullayeva rahbar bo’ldi. Oxirgi uch yil davomida u hamkasblari bilan birgalikda Respublika bo‘ylab ayollar huquqlarini himoya qilish va oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish tizimini yo‘lga qo‘ymoqda. BMTTD ko‘magida 300 nafar ayol inspektor Shvetsiyaning gender zo‘ravonligiga qarshi kurash va boshpanalarning faoliyati tajribasi bilan tanishdi.

Umida opaning so‘zlariga ko‘ra, qizlar va ayollar o‘rtasida ta’lim, kasbiy ko‘nikma va huquqiy savodxonlik darajasini oshirish oiladagi zo‘ravonlik holatlarini kamaytirishga katta hissa qo‘shadi. “Farzandlarimiz bolaligidanoq nima qonuniy, nima noqonuniy ekanligini aniq tushunishlari kerak. Buning uchun ota-onalari bilimli bo‘lishlari, o‘z huquq va majburiyatlarini bilishlari, oila va bolalar oldida teng mas’uliyatni his etishlari, bolalarni qonunga hurmat ruhida va gender tengligi tamoyillari asosida tarbiyalashlari maqsadga muvofiq. Aynan salbiy gender stereotiplar ta’siri istida katta bo’lgan qizlar ko'pincha balog'at yoshida azob chekishadi. Tarixiy nuqtai nazardan qaraganda, jamiyatimizda bu stereotiplar nisbatan yaqinda paydo bo'lganligi ko’rinadi. Masalan, mintaqamizdagi muhim tarixiy shaxs bo‘lgan Tumarisni olaylik, u o‘z xalqining qo‘rqmas jangchisi, sardori va himoyachisi edi”.

Umida Abdullayeva ham barcha ichki ishlar xodimlari qatori harbiy qasamyod qabul qilib, o‘z jamoasi boshida O‘zbekiston xalqini himoya qilish burchini ado etmoqda. Umida opa rahbarlik qilayotgan bo‘lim ayollar huquqlarini himoya qilish va oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish sohasida BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy hamkoridir.

2019-yilda Jenevada bo‘lib o‘tgan BMT yig‘ilishlaridan birida Umida opaning xotirasida shu paytgacha saqlanib qolgan iborani eshitgan: “Biz o‘g‘il bolalarni daxldorlik hissi bilan tarbiyalashimiz kerak”. – “Bu daxldorlik hissini har bir insonda - o‘z oilasining, o‘z yurtining salohiyatli himoyachisida tarbiyalashimiz kerak, deb hisoblayman”.

“Himoyachi bo'lish qiyinmi?” degan savolga polkovnik Umida Abdullayeva samimiy javob berdi: “Ha, oson emas, lekin bizning kuchimiz bir jamoa bo'lib ishlaganimizda. Asosiysi, mas’uliyat hissi, o‘z xalq va o’z Vatani taqdiriga daxldorlik hissi, irodasi va tezkorligi. Hech bo'lmaganda bitta a’ziyat chekkan ayolga yordam berishning uddasidan chiqa olsak, barcha qiyinchiliklar va charchoqlar unutiladi”.