600 dan ortiq nogironligi bo’lgan shaxs 11ta ijtimoiy loyihada qatnashdi

"Agar odam, ayniqsa, nogironligi bor inson ishsiz bo'lsa, u osongina tushkunlikka tushishi va o'ziga bo'lgan ishonchini yo'qotishi mumkin." (Nodira Tillaeva, “Inklyuziv jamiyat” raisi)

15-February, 2022

Photo: UNDP Uzbekistan

Ko'pincha nogironlarga ozchilik sifatida, nogironligi bo’lmaganlarga aloqasi yoq, alohida dunyo sifatida qarashadi.

Nogironlik odamlarni ijtimoiy-iqtisodiy noqulayliklarga, hamda sog'lig'iga va boshqa xavf-xatarlarga moyil qiladi.

COVID-19 pandemiyasi nogironlar tashkilotlarining zaifligini oshirdi. Masalan, ijtimoyi tadbirlarni amalga oshirish uchun barqaror va yetarli mablag'ning yo'qligi nogironligi bor shaxslar muhim yordam ola olmasligini anglatadi.

Ushbu kamchilikni toʻldirish uchun BMTning Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash bo`yicha qo`shma dasturi nogironligi boʻlgan shaxslar tashkilotlarini kichik grantlar orqali qoʻllab-quvvatladi. BMTTD qo’shma dasturni ijrochi agentligigi bo’lib, 40ga yaqin ariza qabul qildi. BMT tomonidan ajratilgan 54 000 AQSh dollaridan ortiq mablagʻi nogironligi bor insonlar jamiyat hayotining turli jabhalariga integratsiyasini ta’minlaydigan xizmatlardan va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga, shuningdek, COVID-19 munosabati bilan nogironligi bor ayollar va yoshlar ijtimoiy himoyasida innovatsion yondashuvlarni joriy etishga yo’naltirildi.

Nogironligi bor shaxslar tashkilotlari va NNT quyidagi natijalarga erishdi:

-          Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida nogironligi bor bolalarni reabilitatsiya faoliyat yuritishga imkon beradigan Birinchi inklyuziv bolalar ijodiyoti ustaxonasi ochildi.


-          Birinchi inklyuziv ishga yollash web-portali (www.ishplus.uz) Toshkent shahridagi “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan nogironlar uchun ishga tushirildi. Portalda 470 ta foydalanuvchi bo’lib, 393 ta boʻsh ish oʻrinlari, 12 ta oʻquv kurslari mavjud. Loyihani amalga oshirish jarayonida 30 ta nogironligi bor shaxslar ish bilan ta’minlandi.

-          Qibray tumani “Opa-singillar” nogiron ayollar jamiyati tomonidan 15 nafar nogiron yoshlar guruhi psixologiya, huquq asoslari, qandolatchilik, o‘yinchoqlar yasash va manikyur yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitildi.

-          “Zamin” Xalqaro jamoat fondi tomonidan eshitish qobiliyati zaif bolalar haqida 7 ta ijtimoiy-ma’rifiy video roliklar yaratilib, respublika telekanallari, ijtimoiy tarmoqlar va blogerlar hamjamiyatida namoyish etildi. Maqsad ULAR BIZ degan tushunchani barqarorlashtirish.

-          Mahalla vakillari va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi muloqotni osonlashtirish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “MILLENNIUM” yoshlar ijtimoiy-huquqiy reabilitatsiya markazi va Nogironligi bo‘lgan yoshlar va bolalarga ko‘maklashish markazi mobil ilovalar ishlab chiqishdi.

-          “Hunarmand” uyushmasi a’zolaridan 524 nafar nogironligi bo’lgan hunarmand va 240 nafar nogironligi bor ko’ngilli, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari xodimlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan, 20 nafar 1 va 2-guruh nogironligi bor yoshlar buxgalteriya hisobi va kompyuter savodxonligiga “Inklyuziv jamiyat” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan, 94 nogironligi bo’lgan (50 ayol, 44 erkak) onlayn vebinarlar orqali Rossiya oliy o‘quv yurtlari O‘zbekiston bitiruvchilari uyushmasi tomonidan kompyuter savodxonligiga o’qitildi.

-          O‘zbekiston ijodkor yoshlar Respublika kengashi tomonidan nogironligi bor yoshlarning she’riy to‘plami nashr etildi.

Jami, grant oluvchi tashkilotlar tomonidan 609 nogironligi bo‘lgan yoshlar va ayollar, shuningdek, ularning ota-onalari uchun 4400 ga yaqin soat o’quv mashg’ulotlari o’tkazildi. Asosiy maqsad nogironligi bor shaxslarni munosib bilim, hamda ish bilan ta’minlashga ko’maklashish va ularning malakasini oshirishdir.

Qibray tuman “Opa-Singillar” nogironligi bor ayollar jamiyati raisi Natalya Plotnikova shunday deydi: “Bizning tashabbusimiz asosiy maqsaddan tashqari, qo‘shimcha vazifaga ega edi – nogironligi bor yoshlarni uydan olib chiqib, tengdoshlari bilan tanishtirish, ularning ijtimoiylashuvi bilan hayoti yanada qiziqarli bo'ladi. Shuningdek, biz potentsial rahbarlarni kuzatib boramiz, ularning yetakchilik qobiliyatlari tashkilotga hissa qo‘shishi va kelajakda jamiyatimizga yordam berishi mumkin”.

 

BMTning nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilish, konvensiyani amalga oshirish bo'yicha Milliy reja ishlab chiqish, nogironlikni baholashda ijtimoiy modelga o'tish, nogironligi bor shaxslar uchun binolar va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish va inklyuziv muhit sifatini yahshilash - bu uzoq va teran yo'lning boshlanishi. Uning yo’nalishi quyidagi Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bilan belgilanadi: qashshoqlikka barham berish (1-maqsad), gender tengligi (5-maqsad), tengsizliklarni kamaytirish (10-maqsad), tinchlik, adolat va kuchli institutlar (16-maqsad) hamda “Hech kimni ortda qoldirmaslik” global tashabbusi shu jumladan.