Hayot bahsh etuvchi suv!

14-April, 2020

Photo: UNDP Uzbekistan

Toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyati Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha tufayli amalga oshdi

Uyingizda suv yo'qligini tasavvur qila olasizmi? Tasavvur qila olmaysiz, shunday emasmi?...

Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Ko`paki mahallasi aholisi ko'p yillar davomida toza ichimlik suvisiz yashab kelishardi. Noilojlikdan ular 7-8 metr chuqurlikdagi quduqlar qazib, shu quduqlar suvidan foydalanib kelishardi. Tabiiyki, ushbu quduqlardan olinadigan suvning sifati yahshi emasdi. Albatta bu aholi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatar edi, chunki kasalliklarning 80% suv sifatining yomonligi tufayli kelib chiqadi.

Bundan tashqari, aholi tomorqalarida va fermerlar dalalarida suv tanqisligi tufayli kutilgan hosillar nobud bo’lar edi. Bu qishloqning aholisi ko’p yillardan buyon uzum yetishtirish bilan shug'ullanib keladilar. Ular quritilgan uzumning (magizning) mashhur Oftobi navi bilan tanilgan bo'lib, nafaqat mahalliy bozorga shuningdek chet elga ham eksport qiladilar. Uzumdan tashqari shaxsiy iste'mollari uchun kartoshka, pomidor, piyoz, sabzi va boshqa turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiradilar. Uy tomorqalarida olma daraxtlari, yong’oq, o'rik, bodom va anor darahtlari ekilgan. Tomorqa uchastkalarida yetishtirilgan mahsulotlar qishloq aholisi uchun muhim oziq-ovqat manbai hisoblanadi. Fermeralar maydonlarida esa asosiy ekinlar paxta va donli ekinlardir.

O'zbekiston o’zining jug'rofiy joylashuvi tufayli qurg'oqchil zonada joylashgan bo’lib, aholisi tez o'sib borayotgan va jadal rivojlanayotgan iqtisodiyoti bilan dunyoda suv tanqisligi xavfi yuqori bo'lgan 25 mamlakat qatoriga kiradi. Ushbu omillarni hisobga olgan holda, shuningdek, mamlakatning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga sezilarli darajada moyilligini hisobga olgan holda, suv boshqaruini samaradorligini oshirish va har bir tomchi suvdan oqilona foydalana olish aholining farovonligini va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir.

Mana Xosiyat opa. U Kupaki mahallasining hurmatli qariyalaridan biridir. Toza va havfsiz ichimlik suvisiz xo’jalikni boshqarish va umuman hayot kechirish naqadar qiyinligini u juda yahshi biladi.  Bugun Xosiyat opa odatdagidek erta turdi. Molga yem berish kerak, sut sog`ib oilasi uchun nonushta tayyorlashini kerak. Bir qarashda, qishloq ayoli uchun odatiy kun. Biroq, bugungi kun oddiy kun emas. Bugun poytaxtdan mehmonlar kelishi kutilmoqda. Ular “Xuja Buston” SIUsiga tashrifi doirasida loyihaning fermerlar uchun suv ta'minotini yaxshilash bo'yicha qilingan isharini ko'rish uchun keladilar.

Bugungi uchrashuvda Xosiyat opa qishloq ayollari nomidan qishloqqa ichimlik suvi masalasini hal qilishda yordam berishlarini so’rash niyatida. Tashrif buyuradigan mehmonlar qatorida BMTTDning mintaqaviy byurosi direktori Jihan Sultano’glu xonim ham bo`lishi kutilgan. Bugun Xosiyat opa unga murojaat qilmoqchi. Ma'lumki, BMTTD ushbu loyihani amalga oshiruvchi agentligi bo'lib, uni Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi moliyalashtiradi.

Garchi, dastlab loyiha ichimlik suvi bilan bog'liq muammolarni hal qilmasa ham, Xosiyat opa Jabborova BMTTD mehmonlar bilan uchrashuvida uning tirishqoqligi tufayli qishloqda ichimlik suvi ta'minoti tizimini qurishga rozilik olindi.

Bir yil ichida loyiha ishlab chiqildi, tender o'tkazildi va  mahalla ahli uzoq kutgan kun keldi, qishloqqa toza ichimlik suvi berildi.

“Mahallamizda endi toza va xavfsiz suv borligidan mahallamiz ahli va ayniqsa ayollar va bolalar qanchalik quvonayotganini tasavvur qila olmaysiz... Sifatsiz suv ichganimiz sababli ko'plab kasalliklar, ayniqsa yuqumli kasalliklar ko’p bo'lgan ... Endi hayotimiz yanada yaxshilanadi degan umiddaman», - deydi hayajonini yashirmagan holda shu mahallada yashovchi Tursunqul. Bu ayniqsa hozirgi hammamiz uchun qiyin vaqtda katta yordamdir.

Yangi ichimlik suvi tizimi 2300 kishilik mahalla aholisini, shuningdek, 450 o'quvchiga mo'ljallangan maktabni, 120 bolalar bog'chasini va qishloq vrachlik punktini ta'minlaydi. Ichimlik suvdan foydalanish aholi orasida kasallanishni kamaytiradi va odamlarning turmush darajasini yaxshilaydi.

Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko’magida amalga oshirilayotgan “O’zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturining bir qismi bo`lgan “Texnik salohiyatni mustahkamlash” loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi hamkorligida suv iste’molchilarini sug'orish suvidan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash bo'yicha ish olib bormoqda. Shu qatorda, loyihaning mahalliy mutahassislari bilan hamkorligining yaqqol misollaridan biri, Samarqand viloyatining Payariq tumanida aholi va fermerlar sug'orishi uchun suv bilan ta’minlash maqsadida Nishab kanali nasos stansiyasi va bosimli quvur tizimi ishga tushirildi. 

Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi aholi va dehqonlarni sug'orish suvi bilan ta'minlash uchun bosimli quvurgaega Nishab nasos stansiyasining ishga tushirilishi ilgari suv tanqisligidan aziyat chekkan va ekinlar nobud  bo’lishitufayli iqtisodiy yo'qotishlarga uchragan 70 dan ortiq xonadonlar va 370 gektar fermer xo'jaliklarini suv bilanta'minlaydi. 

Sug'orish suvi dala va yer uchastkalari sathidan past bo'lgan manbadan yetkaziladi va barqaror suv ta'minotini yahshilaydi. Bu o’z o’rnida, ayniqsa,asosiy manbada suv tanqisligi davrida juda muhimdir.

Nasos stansiyasining ishga tushirilishi o’z o’rnida 630 gektar yerni suv bilan ta'minlanshini yaxshilaydi. Endi suv iste'molchilari, fermerlar va aholi o'z dalalarida va uy tomorqalarida bemalol ekin ekish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu, ayniqsa, bugungi kunda oziq-ovqat ta'minoti strategik ahamiyatga ega bo’lgan bir davrda, har bir parcha yerdan unumli foydalanilishi zarurligini talab etadi.

“Yaqinda ichimlik suvi bilan ta'minlash tizimi ishga tushirildi. Endi esa, Nishab nasos stansiyasi aholining va fermerlarning tomorqa yerlarini suv bilan ta'minlaydi. Loyihani qo'llab-quvvatlashi bizga ajratilgan suv resurslaridan unumli foydalanish imkonini berdi. Ishonch bilan ayta olamizki, bu yilgi hosil yaxshi bo'ladi, bu mening hamqishloqlarimning turmush darajasiga ijobiy ta'sir qiladi.”, - deydi “Xo'ja Bo'ston” SIU raisi Abdurahmon aka Karimov.

Yangi nasos stansiyasining ishga tushirilishi mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha choralarni ko'rishni boshlagan vaqtga to'g'ri keldi. Butun dunyo bo'ylab insonlar sog`lig`ini saqlash, oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga duch kelgan vaziyatda, toza ichimlik suvi va sug'orish suvidan foydalanish koronavirus pandemiyasi tufayli cheklangan faoliyat tufayli aholining sog'lig'i va oziq-ovqat bilan ta'minlanishida hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Tajriba sinov uchun tanlangan “Ho’ja Bo’ston” uyushmasiga BMTTD tomonidan har tomonlama yordam ko'rsatilib kelinmoqda. Yangi bino qurilib, mebel va ofis texnikasi bilan jihozlandi. Uyushmaning ehtiyojlari uchun loyiha tomonidan transport vositalari topshirildi. Shuningdek yil boshida suvni o'lchash va taqsimlash tizimini mustahkamlash uchun mobil suv hisoblagichlarini taqdim etildi. Ayniqsa, Xo'ja Bo'ston kanalini rekonstruksiya qilinishi fermerlar va aholiga juda katta yordam bo’ldi. Bunda suvni yetkazish va taqsimlash paytida suv yo'qotishlarini 30 foizga kamaytirish imkonini berdi. Bu suv ta'minotini yanada yahshilaydi va aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini sezilarli darajada yaxshilanadi.

Loyiha tomonidan suv iste’molchilari uyushmalari va sug'orish tizimlarining asosiy kanallari rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga, loyiha tomonidan quvurli nasos stansiyalari o'rnatildi, ko’ptikli gidropostlar qurildi va ta’mirlandi, magistral kanalida nasos stansiyalari uchun yagona elektr ta'minoti tizimi yaratildi hamda suv xo'jaligi tashkilotlarining texnik salohiyati oshirildi. 

Shuningdek, loyiha tomonidan davlat suv xo`jaligi hamda uyushma mutahassislarining malakalarini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda va shu kungacha 3447 ta suv xo’jaligi mutahassislari o’z bilimlarini oshirdilar. Loyiha tomonidan o'quv va ilmiy-tadqiqot muassasalarning texnik salohiyati oshirildi, o’z o’rnida ularga ofis uchun kerakli texnikalari, elektron nivelirlar, mahsus dastur, ma'lumotlar bazasi va monitoringi hamda ko`rsatkichlarni tahlil qilish uchun melioratsiya kompleksi sotib olib berildi.

Loyiha tomonidan suvdan foydalanuvchilar va suv iste`molchilari o'rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni, shu jumladan yirik va alohida muhim mintaqalararo va transchegaraviy ahamiyatga ega bo'lgan ob`yektlarda suvdan foydalanuvchilar bilan shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish va ularning monitoringini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Shu qatorda, suv resurslarini boshqarish va qishloq xo'jaligida suvni tejash texnologiyalarni keng joriy etish uchun me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishda loyihaning ko`magini ta`kidlab o`tish joiz.  Xususan ekinlarga, suv ta'minoti manbalariga, suvning miqdori va sifatiga, tomchilatib sug'orish tizimlarining to'liqligi va sifatiga, shuningdek tomchilatib sug'orish tizimlarini transportirovkasi, o'rnatish, ulardan foydalanish talablariga oid normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.