Sumkalardan himoya niqoblarini ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashgan korxona haqida

6-May, 2020

UNDP Uzbekistan image

Bir vaqtlar, 2017 yilda, biz Namangandagi bir fabrikaga yoshlarning bo‘lajak mehnat istiqbollarini qo‘llab-quvvatlash uchun yordam berdi. Bugun esa ushbu fabrika, insonlarga sog‘lom qolishga yordam bergan holda, o‘z tajribasi bilan ulashmoqda.

«Mamlakatimiz va butun dunyoda xozirgi pandemiya kabi vaziyat yuzaga kelib, barchamizga birdek ta'sir ko‘rsatayotgan chog‘da, korxonalar ham javob chora-tadbirlarning bir qismi bo‘lishga majbur ekanliklarini his etishlari lozim», qabilida yoki taxminan shunday deb hisoblaydi ijtimoiy tadbirkor Soibjon Qobilov. O‘tgan oyda u o‘z xodimlarining sa'y-harakatlarini O‘zbekiston fuqarolariga pademiya davrida o‘zlarini himoya qilishlari uchun ko‘mak berishga yo‘naltirdi.

2011 yilda Soibjon Qobilov Namanganda ayollar sumkalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Rozdil charm savdo» fabrikasini ishga tushirdi. Mazkur fabrika hunarmandchilik va moda bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazish orqali yoshlarga ustozlik qilish faoliyatini ham olib borar edi. Yoshlarni muvaffaqiyatli ravishda jalb qilish natijasida 2017 yilda «Savdoga ko‘mak berish» loyihasi doirasida ishlab chiqarishni kengaytirish va 15ta yangi ish joylarini yaratish uchun korxonaga tikuv uskunalari taqdim etildi hamda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Ushbu investisiyalar fabrikaning yanada o‘sishiga yordam berdi va 2018 yilga kelib u yosh hunarmandlarning bandligini ta'minlay boshladi, ulardan ko‘plari esa yanada ildamlab, o‘z korxonalariga asos sola boshladilar.

2020 yilning mart oyiga qadar fabrika 25 nafar yoshlarni (15 nafar xotin-qizlar va 10 nafar erkaklarni) ish bilan ta'minlab, kuniga 300 dona ayollar sumkalarini ishlab chiqarmoqda edi. Uning mahsulotlari O‘zbekistondagi va xorijdagi, xususan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyadagi mijozlar va korxonalarga sotilar, fabrikaning istiqboldagi rivojlanish salohiyati katta edi. 

Bularning barchasi bir kechada o‘zgardi, chunki COVID-19 pandemiyasi O‘zbekistonga ham yetib kelib, qat'iy karantin choralari kiritildi. Soibjon Qobilov va uning jamoasi tezkorlik bilan javob choralarini ko‘rdilar va fabrika faoliyatini mamlakatning sog‘liqni saqlash sohasidagi ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirdilar. Shu tariqa ular mamlakat aholisining eng zaif qatlamlaridan biri bo‘lgan yoshlar uchun hayotiy ahamiyatga ega ish joylarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar. 

«Pandemiya munosabati bilan biz odamlarning jamoat joylaridagi himoyasi uchun zarur bo‘lgan shaxsiy salomatlik himoyasi vositalarini, xususan tibbiy niqoblarni ishlab chiqarishga asosiy e'tiborimizni qaratdik», - dedi Soibjon Qobilov. «Mazkur niqoblarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma bizda mavjud, jumladan BMTTDning «Savdoga ko‘mak berish» loyihasi qo‘llab-quvvatlovida xarid qilingan tikuv va qirquv uskunalari».

«O‘z ibtidosida fabrikamiz faoliyati yoshlarning istiqbollari va hayotini yaxshilashga qaratilgan edi, va men faxr bilan ayta olaman-ki, biz buni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirdik va kelajakda ham amalga oshirishni davom ettiramiz. Aynan xozir esa biz odamlarga ushbu yangi muammo - COVID-19 pandemiyasini yengib o‘tishga yordam bermoqchimiz».

Aniq va ravshan-ki, fabrikada salomatlik xavfsizligining qat'iy qoidalariga to‘liq amal qilinmoqda: tegishli jismoniy masofa saqlanmoqda, yuzalar dezinfeksiya qilinmoqda. Olinayotgan barcha daromad korxonani rivojlantirish uchun qayta yo‘naltirilmoqda. Maqsad hunarmandlarga karantin davrida va undan keyin ham ustozlik qilish bo‘yicha fabrikaning faoliyatini davom ettirishdir. 

Kichik va o‘rta biznes korxonalari xozirdanoq, O‘zbekiston iqtisodiyotining salmoqli ulushini tashkil qilgan holda, COVID-19 pandemiyasini yengib o‘tish bo‘yicha milliy javob chora-tadbirlarini amalga oshirishda muhim vazifani bajarmoqdalar. Ushbu kasallik pandemiyasi davrida bizning boshqa dasturlari va loyihalariga qo‘shimcha ravishda, korxonalarga ularning sa'y-harakatlarini lozim darajada qayta yo‘naltirishga yordam bermoqdamiz. Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda, biz «Biznes-klinika» xizmatini ishga tushirdik va shu orqali korxonalarga ularning faoliyatlarini moslashtirish hamda hukumat tomonidan taqdim etilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalanish bo‘yicha bepul huquqiy va biznes maslahatlar berilmoqdamiz.

«Kichik biznes va ijtimoiy korxonalar O‘zbekistondagi mahalliy aholining turmush darajasini yaxshilashda, xotin-qizlar va erkaklarning farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadilar, va biz ularga ko‘p yillar davomida ko‘mak berib kelayotganimiz bilan faxrlanamiz», - deydi Matil'da Dimovska, BMTTDning O‘zbekistondagi Doimiy Vakili. «Biz «Rozdil charm savdo» kabi fabrikalar BMTTD va taraqqiyot sohasidagi hamkorimiz Finlyandiya hukumatining qo‘llab-quvvatlashi natijasida orttirilgan tajribasini boshqalar bilan baham ko‘rishini kuzatishdan juda mamnunmiz».

Biz faoliyati COVID-19 pandemiyasi ta'sirida zarar ko‘rgan O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes korxonalarining yanada ko‘proq adadini ularning ishini tiklashda yordam berish orqali, nafaqat pandemiya davrida, balki undan keying ham qo‘llab-quvvatlashga umid qilamiz.