Tog‘li mintaqalarda og‘ilxona chorvachiligini rivojlantirish, Ohangaron tumanidagi fermerlik xo‘jaligi tarixi

7-July, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

Tog‘oldi hududlarda mol boqish tog‘ o‘rmonlari va yaylovlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishning eng asosiy shakllaridan sanaladi, chunki o‘tlatish podalarda amalga oshiriladi, yaylovlarga katta yuklama tushadi; tuproq zichlashadi, bu daraxtlar ildiziga ta'sir ko‘rsatadi. Shuningdek, chuqurlar, o‘yimliklar hosil bo‘ladi, yomg‘ir suvlari ularni chuqurlashtiradi, natijada jarliklar yuzaga keladi va boshqa ko‘plab salbiy oqibatlarga olib keladi.

“Qodir Erkin Ezgusi” fermerlik xo‘jaligi Ohangaron tumanining tog‘li hududida joylashgan. Fermerlik xo‘jaligi rahbari Abdulloh Qodirov ko‘p yillar davomida Ohangaron o‘rmon xo‘jaligida o‘rmonchi bo‘lib ishlagan va pensiyaga chiqib, fermerlik xo‘jaligi bilan shug‘ullana boshladi. Mol boqish muammolari va undan ko‘riladigan zararlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan Abdulloh aka bor chorvasini og‘ilxona usulida parvarishlashga qaror qildi (bunda chorva qo‘ralarda saqlanadi).

“Qodir Erkin Ezgusi” fermerlik xo‘jaligi 10 gektarli bog‘ni o‘z ichiga oladi, undan 0,5 ga yer molxona uchun ajratilgan – 150 bosh echki, 100 bosh qo‘y, 10 bosh buqa, 4 bosh sigir va 20 bosh buzoq saqlanadi. Parvarishlangan mollar go‘shtga topshiriladi, buning uchun maxsus, yuqori kaloriyali ozuqa bilan boqiladi. Intensiv chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun unga qoshimcha mablag‘ kerak bo‘ladi. Kredit olish unga og‘irlik qiladi, chunki fermasi kreditni yopish uchun kichkina edi.

BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Global Ekologik Fond va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining “Global ahamiyatga ega bioxilma-xillik uchun muhim asosiy tog‘li mintaqalarda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va o‘rmonlarni boshqarish” loyihasi xodimlari o‘tkazgan seminarlarda Abdulloh aka uning fermerlik xo‘jaligi hududi ham kiruvchi sinov mintaqalarida yashaydigan yoki faoliyat yuritadigan yuridik va jismoniy shaxslarni Mikrograntli moliyalash dasturi amalga oshirilishi haqida xabar topdi. Abdulloh aka mavjud molxona binosini ta'mirlash bo‘yicha grant arizasini topshirdi. Grantga arizada ko‘rsatilgan molxona to‘liq qurilib bitkazilgach, fermer barcha mayda qoramolni sotib, faqat yirik qoramol uchun og‘ilxonada saqlash sharoitlarini yaratishni rejalashtirgan.

Grant arizasida ko‘rsatilgan barcha kerakli qurilish materiallarini xarid qilib, keltirib olgach, fermer xo‘jaligi qurilish ishlarini muvaffaqiyatli yakunlab oldi. Barcha mayda qoramollar sotildi, 10 bosh buzoq sotib olindi, molni boqish uchun fermer gidropon yemlar texnologiyasini qo‘llay boshladi. Shuningdek, Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirilishi tufayli, fermer, parvarishlangan buqalarni sotishdan avvalgi yillarga qaraganda 1,5 barobar ko‘proq foyda oldi, fermer xo‘jaligi hududi atrofidagi ishlatilmay yotgan  yerga esa, olma va nok ko‘chatlari ekildi. Daraxtlar tagiga beda sepildi, u bir vaqtning o‘zida degradatsiyalangan yerlar uchun siderat bo‘ladi va buqalarni boqishda gidroponga qo‘shimcha yem bo‘ladi. Bunday murakkab vazifani Abdulloh aka muvaffaqiyatli uddaladi, zotan bu hududdagi yer unumdor hisoblanmaydi.

Bizning muvaffaqiyatli Loyihalarimiz chorvani chekka baland tog‘ yaylovlarida o‘tlatmay og‘ilxona sharoitida parvarishlash imkoniyati va samaradorligini ko‘rsatadi.