Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash - biznes barqarorligining kafolati

4-May, 2020

UNDP Uzbekistan image

2019 yilda BMTTD tomonidan qo'llab-quvvatlangan tuya jungini qayta ishlash boʻyicha koʻp tarmoqli “Rano-Sheber” sexi bugungi kunda tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarmoqda.

Kichik biznesning eng kuchli jihatlaridan biri uning turli sharoitlarga, jumladan, inqirozli vaziyatlarga, biron bir talafotsiz, tezlik bilan moslasha olishida. Mazkur maʻnoda soʻz Qoraqalpogʻistonning Tahtakoʻpir tumanida xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash haqida bormoqda.

Bugungi kunda biz tumanning toʻrt nafar ayoli ishlayotgan “Rano-Sheber” korxonasi uchun xom ashyo xarid qilishga koʻmak berdik. Bu yerda olti qatlamli dokadan tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarish boshlandi. Yaqin orada 25 ming dona tayyor mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda, uning 20 ming donasini Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuboriladi. Qolgan niqoblar esa hamjamiyat aholisi oʻrtastida tarqatiladi.

2015 yilda Ulbolsin “Aydin Jol” qishloq fuqarolar yigʻinida  yungini qayta ishlash boʻyicha kichik sex ochgandi. 2018 yilda esa bizning koʻmagimizda unga zamonaviy uskunalar taqdim etildi.

- Shunday qilib biz tuya yungidan kiyim, choyshab va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni boshladik. Qoraqalpogʻiston xalqi uchun ishlamoqdamiz, mahsulotimizni butun respublikamiz bozoriga yetkazib bermoqdamiz. Koronavirus infeksiyasi tarqatlgani tufayli joriy qilingan karantin eʼlon qilingunga qadar biz mahalliy ayollar uchun mahorat darslari va bilim kurslarini oʻtkazib kelardik,- deydi Ulbolsin Annabayeva, “Rano-Sheber” kichik korxonasi rahbari.

Ayollar va qizlarga taʼlim olish teng sharoitlarni taqdim etish, turli sohalarda, shu jumladan, tadbirkorlikda oʻz salohiyatlarini rivojlantirish jahonning barcha mintaqalarida iqtisodiy barqarorlikka va hamjamiyatlarni rivojlanishiga tezroq erishishga koʻmak beradi.