“Xurliman-Aru Taxta” - tozalik va salomatlik uchun biznes

1-March, 2021

Photo: UNDP Uzbekistan

- Oʻsha vaqtda, pandemiya tufayli biz odatiy daromadimizdan mahrum boʻlib qolgandik, - deya eslaydi Qoraqalpogʻistonning Taxtakoʻpir tumanida istiqomat qiluvchi Aruxan Seytmuratova.

Barcha jihatlari bilan murakkab boʻlgan 2020-yil - COVID-19 pandemiyasi davri koʻplab yoshlar va ularning ota-onalarini iqtisodiy topqirlik va tadbirkorlik tashabbuslarini namoyon etishga majbur qildi desak adashmaymiz. Inson xavfsizligi tamoyilining iqtisodiy usullarini qoʻllagan holda gender tengligi tamoyillarini ilgari surish borasidagi mana shunday tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash BMT Taraqqiyot dasturining Qoraqalpogʻistondagi asosini tashkil etadi. Mazkur tamoyil dastur-amalini roʻyobga chiqara turib, BMTTD va YuNESKOning “Barqaror qishloq rivojlanishiga koʻmak berish orqali Orolboʻyi hududida inson xavfsizligining muhim muammolarini hal qilish” qoʻshma loyihasi  “Xurliman-Aru Taxta” oilaviy korxonasining xoʻjalik sovunini ishlab chiqarish boʻyicha tashabbusini qoʻllab-quvvatladi. Loyiha Qoʻshma loyihaning Saralash Komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi va moliyalashtirish boʻyicha maʼqullandi.

2020-yilning dekabr oyida uskuna sexga yetkazib berildi. Mazkur tashabbus orqali loyiha muallifi Aruxan Seytmuratova bilan birga yana uch nafar yoshni ish bilan taʼminlanishiga erishildi.

 Aruxanni soʻzlariga koʻra, sovun ishlab chiqarish bilan shugʻullanish gʻoyasi oilaviy maslahatlashuvda yuzaga kelgan edi.

- Bizda savdo-sotiq bilan shugʻullanishda biroz tajribamiz bor edi. Oilaviy korxona tashkil etishga qaror qildik va sovun ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydik. Uni qizimizning ismi Xurliman, oʻz ismimni qisqartmasi va yashash joyimizni nomlanishi bilan “Xurliman-AruTaxta” deb atadik. Taxtakoʻpirlik yurtdoshlarimiz ushbu joyni oddiygina “Taxta” deb atashadi. Tovarni ishlab chiqarishda esa pandemiya “yordam” berdi. U boshlangan vaqtda biz xoʻjalik sovuni juda ham zarur va doimiy talabgor ekanligini angladik. Birinchidan, pandemiya vaqtida qoʻllarni doimo tozalikda ushlab turish kerak, sovun esa yillar davomida sinovlardan oʻtgan gigiyena va dezinfeksiya vositasidir. Ikkinchidan, aynan xoʻjalik sovuni kir yuvish va yigʻishtirishda oʻrnashib qolgan odatiy holatdir, - deydi Aruxan.

Hozirgi vaqtga kelib “Xurliman-Aru-Taxta” oilaviy korxonasi sexining kundalik ishlab chiqarish qobiliyati 600dan oshiq xoʻjalik sovunini tashkil etadi va u Taxtakoʻpir tumani aholisiga moʻljallangan. Ammo, yangi tashabbusni boshlashdan oldin koʻp narsaga oʻqishga toʻgʻri keldi. Biz bilan suhbatda Xurliman koʻp marotaba “birinchi” degan soʻzni ishlatdi. Haqiqatan ham, ish boshlayotgan tadbirkorlarning koʻplab masalalarda tajribasi yoʻq edi, lekin, xalqda aytiladiganidek, yaxshi niyat – yarm davlat!   

- Biz va boshqa tadbirkorlarni xokimiyatdagi yigʻilishga taklif qilishganida Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik trast jamgʻarmasi moliyalashtirayotgan BMTTD va YuNESKOning Qoʻshma loyihasini tanlovi haqida eshitdik. Biz tezlik bilan oʻzimizning biznes rejamizni tuzdik va ariza berdik. Bir vaqtni oʻzida qayerdan xomashyo olish, uni qanday sharoitlarda saqlash va qayta ishlash va boshqa shu kabi ishlab chiqarish va texnologiy jarayonni oʻrgandik. Tanlovga yuborilgan arizalarni koʻrib chiqish kuni biz hayotimizda ilk bor onlay shaklda Saralash komissiyasi bilan muloqot qildik! Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtdik, keyin esa uskunani qabul qilib olish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini olib bordik, - deya qayd etdi Xurliman.

Taxtakoʻpir tumanida ishsizlikning rasmiy darajasi 6,3 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, iqtisodiy faol aholining 32,7 foizidan koʻprogʻi mavsumiy ishlar bilan shugʻullanib, barqaror boʻlmagan daromadga ega. BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilayotgan  BMTTD va YuNESKOning loyihasi oʻz faoliyatida eʼtiborni zaif hamjamiyatlar uchun iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashga qaratadi. Loyiha tashabbuslari biznesni olib borish va rivojlantirish, maqsadli hamjamiyatlarda istiqomat qilayotgan ayollar va yoshlarga koʻmak berish uchun yangi sharoitlar va imkoniyatlarni yaratishga yoʻnaltirilgan.

- Hozirgi vaqtda sexda asosan yoshlar ishlamoqda-oʻgʻlim va uning tumanimizdagi ikki nafar tengdoshi. Bizning namunamiz yoshlar va qizlarni yangi bilimlar olish, marketing asoslarini oʻrganish va biznesni yuritishga ragʻbat berayotganidan xursandman. Mana shunday loyihalar orqali hamqishloqlarimiz farovonligiga oʻz hissamizni qoʻshish imkonini berayotganiga ishonchim komil, - deydi Xurliman.