BMT Ustav va Shartnomaviy Organlarining tavsiyalarini Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilishiga koʻmaklashish

Loyiha maqsadlari

Oʻzbekiston inson huquqlari boʻyicha 70 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan, BMTning inson huquqlari sohasidagi 9 ta asosiy konventsiyadan 6 tasiga, shuningdek 4 ta fakul’tativ protokolga qoʻshilgan ishtirokchi-davlatlardan biri hisoblanadi. Mazkur konventsiyalar ratifikatsiyasi etilganidan soʻng BMTning inson huquqlari boʻyicha shartnomaga oid organlai va Universal Davriy Obzori (UDO) ning tavsiyalarini inobatga olgan holda bir qancha qonunchilik hujjatlari qabul qilindi hamda tashkiliy choralar koʻrildi. Xususan, Oʻzbekiston Parlamenti insonning asosiy huquq va erkinliklarini belgilovchi 400 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini qabul qildi.  Shunga qaramay, qonun ijrosi masalasi inson huquqlarining amaliyotda taʼminlanishi uchun muhimligini saqlab qolmoqda.

“BMT Ustav va Shartnomaviy Organlarining tavsiyalarini Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilishiga koʻmaklashish” loyihasi – bu Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Markazi bilan Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrtasidagi hamkorlikdagi loyiha hisoblanadi. Loyiha Ustav va Shartnomaviy organlarining qonun ustuvorligi, fuqarolik jamiyatining rivojlanishi, sud-huquq tizimidagi islohotlar, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga alohida eʼtibor qaratgan holda fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini taʼminlash kabi sohalarga taalluqli va muayyan natijalarga yoʻnaltirilgan tavsiyalarni amalga oshirish boʻyicha Milliy harakat rejalarining bajarilishi uchun koʻmaklashishga qaratilgan.

Loyihaning umumiy maqsadi – inson huquqlari va qonun ustuvorligi boʻyicha milliy institutlarning BMT Ustav va Shartnomaviy organlarining tavsiyalarini Oʻzbekistonning xalqaro-huquqiy majburiyatlariga muvofiq hamda inson huquqlari sohasida samarali va aniq, ravshan tarzda amalga oshirilishi boʻyicha faoliyatini kuchaytirish.

Loyiha shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga moʻljallangan harakatlar Strategiyasining inson huquqlari, tinchlik, adolat va kuchli institutlar masalalari boʻyicha 16-sonli Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) ning lokalizatsiyasi, shuningdek 2016-2020 yillar uchun moʻljallangan YuNDAFning fuqarolar huquqi va erkinliklarini yanada ishonchliroq tarzda himoyalash toʻgʻrisidagi 8-sonli yakuniy natijasi sohasidagi xalqaro qonunchilikka muvofiqlashtirilgan yangi qonunlarni ishlab chiqish bilan bogʻliq ikkinchi ustuvor yoʻnalishini amalga oshirish imkonini beradi.

Kutilayotgan natijalar

  1. BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda milliy hamkorlarga ko‘maklashish.
  2. BMT Ustav va shartnomaviy organlarining tavsiyalari hamda keyingi chora-tadbirlari ijrosini monitoringini o‘tkazishda ko‘mak berish.
  3. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar me’yorlarini implementatsiya qilish yuzasidan institutsional potensialni rivojlantirish.
  4. Inson huquqlari bo‘yicha milliy muassasalar potensialini rivojlantirish.

Impact

START DATE

May 2018

END DATE

December 2021

STATUS

Completed

PROJECT OFFICE

Uzbekistan

IMPLEMENTING PARTNER

GOVERNMENT

DONORS

GOVERNMENT OF TURKIYE

UK-Foreign & Commonwealth Off

UNITED NATIONS DEVELOPMENT PROGRAMME

TOTAL CONTRIBUTIONS

$462,295

DELIVERY IN PREVIOUS YEARS

2018$141,510

2019$142,979

2020$112,064

2021$39,598

Full Project information