[YAKUNLANGAN] Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi xatarlariga moslashishi

Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi xatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish

Qisqacha tavsif:

Markaziy Osiyo, va xususan O'zbekiston,iqlim o'zgarishi davomiy ta'sir etuvchi dunyodagi eng zaif mintaqalaridan biri sifatida tan olingan. Taklif etilayotgan loyiha,sinov hududlarda  qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining iqlim o'zgarishi ta'siriga moslashishlarini kuchaytiruvchi kompleks xizmatlarni institutsionalizatsiya qilishga qaratilgan. Loyiha, shuningdek, mahalliy fermerlar bilan qishloq xo'jaligi amaliyoti va tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish borasida ish olib boradi.

Kutilayotgan natijalar:

Loyiha maqsadiga rivojlanish sohasidagi quyidagi asosiy natijalar orqali erishiladi:

  • Ishlab chiqarishning agrosanoat sohasida shu jumladan, bog‘dorchilik va sabzavotchilikda tabiiy resusrlardan barqaror foydalanish vositalarini qo‘llash va iqlim xavf-xatarlari bilan kurashishlari uchun qaror qabul qilishda ishtirok etuvchi ma’muriy idoralar va institutlarni mustahkamlash.
  • Qishloq xo‘jaligi va yig‘imdan keyingi ishlab chiqarishni takomillashtirish, shuningdek iqlim o‘zgarishi xavflariga bo‘lgan ta’sirchanlikni yengish xususiyatlarini yaxshilash hisobiga kichik fermerlarning eksport salohiyatlarini kuchaytirish.