O’zbekistonning tog’li, yarim cho’l va cho’l landshaftlaridagi sug’orilmaydigan qurg’oqchil yerlarni raqobatli ekspluatatsiya qilinishi natijasida tabiiy resurslardan foydalanish bosimini kamaytirish

O’zbekiston Respublikasi qurg’oqchil iqlim mamlakati hisoblanib, uning umumiy hududi  44,5 mln. gektarni, asosan tog’li (21,2 %) va tekislikdan (78,8 %) iborat bo’lib, katta qismi cho’l va yarim cho’l hududlarini, intensiv sug’oriladigan hududlar esa kichik miqdorni tashkil etadi. Yerdan foydalanish bo’yicha islohotlar asosan qishloq xo’jaligida sug’oriladigan yerlarga ko’proq yo’naltirilib, uning hududi jami hududning 10 %ga yaqinini egallaydi. Sug’orilmaydigan qurg’oqchil hududlardan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar keng ko’lamda olib borilmayapdi. Geografik va iqlim sharoitlarining tavsiflariga ko’ra,  O’zbekiston atrof-muhit tanazzuliga juda taъsirchan hisoblanadi. O’zbekiston sharoitida o’rmon xo’jaligi va yaylov hududlaridagi katta yer maydonlaridan raqobatli foydalanishi natijasida qurg’oqchil erlarni tanazzulga uchrashi kuchaymoqda, bu holat pirovard natijada qishloq tumanlaridagi mahalliy aholining turmush darajasiga, oziq-ovqat xavfsizligiga va  uzoq muddatli barqaror rivojlanishga, shuningdek global miqyosda biologik xilma-xillikka keskin ta’sir ko’rsatadi. 

Loyiha O’zbekistonning tog’li, yarim cho’l va cho’l tumanlaridagi sug’orilmaydigan qurg’oqchil maydonlarida yerlardan raqobatli foydalanish natijasida tabiiy resurslardan intensiv foydalanish darajasini yaylov yerlari va o’rmon massivlarini boshqarishda uyg’unlashgan yondashishlarni joriy qilish yo’li asosida kamaytirishga  qaratilgan.

Loyiha quyidagi komponentlardan iborat:

1:  “Yaylovlardan barqaror foydalanish va o’rmon xo’jaligi yerlarini boshqarish bo’yicha eng yaxshi amaliyotlari, shuningdek yerdan foydalanishda uyg’unlashgan rejalashtirish O’zbekistonning maqsadli tumanlarida keng miqyosda qo’llanilanadi”

2: “Idoralararo o’zaro hamkorlik uchun qo’lay sharoit yaratiladi va O’zbekistonning qurg’oqchil tog’li, yarim cho’l va cho’l hududlarida yer resurslarini uyg’unlashgan boshqarishni qo’llash uchun mamlakatning salohiyati (tizimli, tashkiliy va shaxsiy darajada) kuchaytiriladi”.

Loyihadan kutilayotgan natijalar:

  • Yerdan foydalanishni barqaror boshqarishning eng yaxshi amaliyotlarini qo’llanishi va uni keng yoyilishi natijasida  6000 ga yaylov va 1000 ga o’rmon hududlarida o’simliklar qoplami yaxshilandi.
  • O’zbekistonning sug’orilmaydigan hududlarida istiqomat qilayotgan 50 000 aholi Yer resurslarini barqaror boshqarishning (YeRBB) yangi yondashishlar to’g’risida amaliy tushunchaga ega bo’lishdi va ulardan turmush darajasini oshirishda foydalanishmoqda.
  • Tabiiy Resurslardan Foydalanishda Uyg’unlashgan Rejalashtirishning (TRFUR) amaliy mexanizmlari ishlab chiqildi. Tegishli texnik va boshqaruv salohiyati TRFURni milliy darajada qo’llash imkonini yaratadi.
  • Yer resurslarini boshqarishga jalb qilingan tegishli vazirlik va boshqa manfaatli tomonlarning 140 nafar mutaxassislari Tabiiy Resurslardan Foydalanishning Мajmuaviy Rejalashtirish uslubiyoti bo’yicha bilimga ega bo’ldilar va ularni amaliyotga qo’llamoqdalar.
  • Qonunchilik, normativ va institutsional asoslar takomillashtirilganligi natijasida O’zbekistonning tog’li, cho’l va yarim cho’l landshaftlaridagi sug’orilmaydigan qurg’oqchil yer resurslarini barqaror uyg’unlashgan boshqarishni tarqatish uchun tegishli sharoitlar yaratildi.