Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirishda ko‘maklashish

 

Loyiha maqsadlari

2017 yil 7 fevralida hukumat tomonidan qabul qilingan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar Strategiyasi samarali boshqaruv, qonun ustuvorligiga amal qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash va uyg‘unlashgan hamda amaliy tashqi siyosat qurishni kiritgan holda beshta ustuvor yo‘nalishdan iborat. Islohotlar hokimiyatning mas’uliyatini va oshkoralikni oshirish  uchun fuqarolar va davlat muassasalari o‘rtasida yaxshilangan dialogni boshlash imkonini ham berdi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonni kelgusida rivojlantirish yuzasidan Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni, O‘zbekistonning 2013-2020 yillarga mo‘ljallangan Milliy axborot-kommunikatsion tizimini rivojlantirishning Majmuaviy dasturlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyunidagi UP-5099-sonli «Respublikada axborot texnologiyalari tarmog‘ini rivojlantirish uchun sharoitlarni tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirish doirasida qo‘llab-quvvatlash qamrovini ahamiyatli tarzda kengaytirgancha avvalgi tashabbuslarning muvaffaqiyatiga asoslanadi.

«Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirishda ko‘maklashish» – bu O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD)  ning hamkorlikdagi loyihasi. Loyihaning umumiy maqsadi Hukumatga davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani davlat xizmatlarini yuqori hisobotdorlik, oshkoralik va fuqarolarning ehtiyojlariga rahmdillik bilan taqdim etish hamda fuqarolarning huquqiy axborotlarga kirish huquqini kengaytirish maqsadida isloh qilish sohasida milliy rivojlanish dasturini amalga oshirishda ko‘maklashishdan iborat. Bir vaqtning o‘zida loyiha O‘zbekiston aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish hamda ko‘p miqdordagi ishchi o‘rinlarini yaratish maqsadida AT-autsorsing potensialini oshirishga yordamlashadi.

Loyihaning maqsadiga quyidagi tadbirlarni o‘tkazish hisobiga erishiladi:

  1. Davlat boshqaruvini kelgusida isloh qilishda ko‘maklashish.
  2. Huquqiy ma’lumot va jamoatchilik xizmatlariga kirish huquqini yaxshilashda ko‘mak berish.
  3. AT, muhandislik ilmi va elektro hukumat sohasida milliy potensialni mustahkamlash.

Kutilayotgan natijalar

  • «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish Markazini institutsional tarzda qo‘llab-quvvatlash;
  • Davlat boshqarusi islohotlariga axborot-analitik jihatdan ko‘maklashish;
  • Davlat boshqaruvi va elektron hukumat sohasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda Elektron hukumat markazi potensialini mustahkamlash;
  • Lex.uz huquqiy ma’lumotlar portalini takomillashtirish;
  • Arxiv ma’lumotlarini olish qismida O‘zarxiv Agentligi elektron xizmatini joriy qilish;
  • Elektron xizmatlar va murojaatlarni to‘plash va tahlil qilish tizimini takomillashtirish;
  • Elektron hukumat sohasida mutaxassislarni sertifikatsiyalash tizimini joriy etish;
  • Aniq, muhandislik va Axborot texnologiyalariga bilan bog‘liq fanlarga qiziqishni rag‘batlantirish;
  • Axborot texnologiyalari va elektron hukumat sohasida milliy kadrlarga oid potensialni mustahkamlash;
  • Axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlar va yuqori texnologiyasi mahsulotlar eksportini qo‘llab-quvvatlash.