[YAKUNLANGAN] Korrupsiyaga qarshi kurashish

O‘zbekistonda ham samarali, hisob beruvchi va oshkora boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish

Loyihaning qisqa mazmuni:

O‘zbekiston o‘z oldiga 2030 yilga kelib aholining birmuncha himoyaga muhtoj guruhlarining farovonligini yaxshilash va munosib mehnat qilish sharoitini yaratishga alohida e’tibor qaratgancha daromadining yuqori o‘rtacha darajasi bo‘lgan mamlakatga aylanishdek nufuzli maqsadni qo‘ydi. Boshqaruvni takomillashtirish va davlat boshqaruvini samarali isloh qilishning asosiy elementlaridan biri tarkibiga vakolatli, kuchli va mustaqil davlat organlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha majmuaviy dasturlar va tashabbuslar, fuqarolik jamiyati va fuqarolarning faol tashkilotlarini, shuningdek, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz madaniyatni shakllantirish kiradigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tizimni bunyod etish hisoblanadi.

«O‘zbekistonda ham samarali, hisob beruvchi va oshkora boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish» – Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va bizning hamkorligimizda tuzilgan loyiha. Ushbu loyiha 20 yil davomida Yevropa va Markaziy Osiyoda o‘timli iqtisodiyot bilan mamlakatda davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tegishli bilimlarni to‘plagan Singapurdagi davlat xizmatlarining samaradorligini oshirish Global markaziga asoslangan Istambul mintaqaviy markazining mintaqaviy texnik tajribasini inobatga olgan holda bizning «Osoyishta va inklyuziv jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish» global loyihasi doirasida  korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida global tajriba va ilg‘or amaliyotga asoslanadi.

O‘zbekistonning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasiga muvofiq va Barqaror rivojlanish global maqsadlari doirasida mazkur Loyiha O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunini samarali amalga oshirish, shuningdek, davlat sektorlarida BMT ning korrupsiyaga qarshi kurashish Konvensiyasi hamda Istambul Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar rejasini bajarishga ko‘maklashadi.

Kutilayotgan natijalar:

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy va siyosiy hujjatlarni ishlab chiqishni kiritgancha siyosat masalalari bo‘yicha qonunchilik va konsultatsiya berishni ishlab chiqish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qarorlarning qonuniy ijodkorlik, norma ijodkorligi jarayoniga integratsiyalashda qonuniy va amaliy ko‘makni taqdim etish.
  • Davlat xizmatchilarining kadrga oid potensialini kelgusida ularning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari va malakalarini takomillashtirish bilan mustahkamlash.
  • Korrupsiyani samarador oldini olish uchun davlat xizmatlarining oshkoraligi hamda hujjatlarning samarali oqimini ta’minlash uchun davlat organlari o‘rtasida va tashkilotlarning o‘zini ichida davlat xizmatlarining o‘zaro harakatlanishi hamda taqdim etishni tartibga solish va raqamlash.
  • Jamiyatda korrupsiyaga murosasizlik madaniyatini korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bilimlar va bu boradagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashni targ‘ib qilish, shuningdek, hukumat, fuqarolik jamiyati va xususiy sektorlar o‘rtasidagi hamkorlik vositasida  rivojlantirish.