[YAKUNLANGAN] Birlashgan Millatlar Tashkilotining ijtimoiy himoya bo'yicha qo'shma dasturi

 

UNDP Global

 

Loyiha holati:

Amaldagi

Amalga oshirish muddati:

1-yanvar 2020 - 31-dekabr 2021

Byudjeti:

USD 2 000 000
 

Loyiha yo'nalishi:

Maqsadli guruhlar:

Ijtimoiy himoya

Bolalar, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bor insonlar, pensiya olish imkoni cheklangan qariyalar va ta’lim olishga, mehnat faoliyatiga va qayta tayyorlashga jalb etilmagan yoshlar.

Hamkorlar:

UNICEF O'zbekiston

XMT Rossiya

O'zbekiston Hukumati

va boshqalar;

Barqaror rivojlanish maqsadlari:

1-maqsad: Qashshoqlikni qisqartirish

5-maqsad: Gender tenglik

10-maqsad: Tengsiliklarni qisqartirish

16-maqsad: Tinchlik, adolat va samarali institutlar

Loyiha hujjati:

O'zbek tilida

Loyihaning qisqacha tavsifi:

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ijtimoiy himoya bo’yicha qo'shma dasturi hukumatga barcha O'zbekiston fuqarolariga, xususan, orqada qolib ketish xavfi ostida bo'lganlarga daromadlari xavfsizligi va ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni taqdim etadigan yuqori sifatli ijtimoiy himoya tizimini yaratishda va yetkazib berishda ko'mak beradi. Bizning vazifamiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentliklarining kollektiv tajribasi va salohiyatidan foydalangan holda, Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish yo'lidagi quyidagi asosiy tizimli to'siqni yengib o'tish hisoblanadi. Bo’lmasa, institutsional, siyosiy va dastur darajalarida ijtimoiy himoya bo'linishi, aholi farovonligini oshirishga va moliyaviy investitsiyalar ta'sirining kamayishiga yo'naltirilgan hukumat dasturlari portfelining muhim qismining samarasiz boshqaruviga olib keladi. Hukumat va fuqarolik jamiyati bilan birgalikda, ushbu dastur nogironlikni baholashda va amaldagi tibbiy yondashuvdan uzoqlashishda Xalqaro faoliyat tasnifini (XFT) sinab koʼrish orqali nogironligi bor insonlarning ijtimoiy himoyadan keng foydalanishiga va ijtimoiy hayotning turli tomonlariga toʼliq kiritilishiga zamin yaratadi.

Ushbu Qo’shma dastur BMTining Bolalar jamg'armasi (YuNISEF), XMT va BMTTD kabi uchta agentliklar tomonidan amalga oshirilmoqda
 

Kutilayotgan natijalar:

Qo'shma dastur institutsional, siyosiy va faoliyat darajalarida integratsiyalashgan ijtimoiy himoya tizimini yaratishga qaratilgan salohiyatni oshirish, siyosiy muzokarlar va texnik yordamni o'z ichiga oladi.

Dastur hukumat, fuqarolik jamiyati va boshqa milliy hamkorlarni quyidagi sohalarda qo'llab-quvvatlaydi:

·       Ijtimoiy himoya sohasida boshqauv va muvofiqlashtirishni ta'minlaydigan, shuningdek, ijtimoiy himoya dasturlarining amalga oshirilishini nazorat qilish uchun ixtisoslashtirilgan mas'ul muassasani taskil etish;

·       Tomonlarning keng ko'lamli maslahatlari va fuqarolarni jalb qilish orqali ishlab chiqilgan keng qamrovli, uzoq muddatli milliy ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish;

·       Nogironlikni aniqlash va nogironligi bor insonlarning ijtimoiy himoyadan keng foydalanishini ta'minlash va ularning ijtimoiy hayotning turli jabhalariga to'la kiritilishini rag'batlantirishda Xalqaro faoliyat tasnifini (XFT) tajriba tariqasida amalga oshirish.

Bog'lanish uchun ma'lumot:                  

Mirfozil Xasanov
Ijtimoiy himoya va nogironligi bor insonlarning masalalari bo'yicha Komponent Menejeri

E-manzil: mirfozil.khasanov@undp.org  
 

Tel: (998 78) 120-34-50
 

4 Taras Shevchenko ko'chasi, Toshkent 100029

 

Nashrlar, agar bo'lsa:

 

Loyiha haqida ko'proq ma'lumotni ochiq portalda bilib oling.