Moliyalashtirishning integratsiyalashgan milliy asoslarini

O'zbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirishning integratsiyalashgan milliy asoslarini yaratish

Loyiha bayoni:

BMTning Taraqqiyot dasturi, UNISEF, JSST va BMTning  Narkotiklar va Jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasi tomonidan birgalikda amalga oshirilayotgan "O'zbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirishning integratsiyalashgan milliy asoslarini yaratish" qo'shma dasturi (QD). Qo'shma dasturning maqsadi O'zbekiston hukumatiga o'zining milliy rivojlanish strategiyasini moliyalashtirishning umumiy asoslarini mustahkamlash hamda davlat moliyasini boshqarishda ko’mak berishdir.

Bundan tashqari, QD rivojlanishning ustuvor yo'nalishlari uchun mavjud moliyaviy resurslarning samaradorligini oshirib, davlat va xususiy moliyasining yangi shakllarini joriy etish uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan. QD ijtimoiy (ijtimoiy yordam va sog'liqni saqlash sohalariga alohida e'tibor qaratgan holda) va atrof-muhit siyosat / islohotlarning rivojlanishga ta'sirini maksimal darajada oshirish uchun moliyaviy echimlarga ega bo'lgan Integratsiyalashgan milliy moliyalashtirish asoslarini (IMMA) yaratish uchun ko'maklashishga qaratilgan. IMMA jarayoni va doirasi BRMlarni moliyalashtirishning ustuvor rivojlanish yo'nalishlarini aniqlashga yordam beradi.

QD Hukumatga quyidagi yo’nalishlarda qo'llab-quvvatlaydi: a) sog'liqni saqlash va ijtimoiy yordam sohalarida o'ziga xos moliyalashtirish asoslari bilan IMMA tashkil etish, b) maksimal ta'sirga ega bo’lgan  davlat moliyasi oqimlarini optimallashtirish (davlat moliyasini boshqarish va aktivlarni tiklash milliy tizimi) va v) davlat va xususiy resurslarni jalb qilish uchun samarali arxitekturani yaratish (sog'liqni saqlashni moliyalashtirish yechimlari, atrof-muhitga zarar etkazmaydigan loyihalar uchun yashil obligatsiyalar / sukuk, kraudfanding va boshqalar).

Kutilayotgan natijalar:

Qo'shma dastur tugallangandan so'ng, hukumat uzoq muddatli integral rejalashtirishga / moliyalashtirish tizimiga, majburiy tibbiy sug'urta arxitekturasining asosiy elementlariga (sog'liqni saqlash sohasidagi islohotning asosi), ijtimoiy yordam tizimini moliyalashtirish strategiyasiga, iqlimi o’zgarishi  va atrof-muhitni muhofaza qilishga; yashil obligatsiya / sukuk kabi tanlangan muqobil moliyalashtirish yechimlarini va musodara qilingan va takrorlanadigan jinoyatlarni oldi olingan daromadlarni BRMlarga yo'naltirishning milliy mexanizmi kabi siyosat ko'rsatmalarga  ega bo'ladi. Dastur doirasida belgilangan boshqaruv mexanizmlari IMMAning qo'llanilishini va amalga oshirilishini nazorat qilishni davom ettiradi. Milliy sheriklar, Hukumatning BRMlar uchun samarali siyosat ishlab chiqishni amalga oshirish qobiliyatiga doimiy ta'sir ko'rsatib, xarajatlarni qayta ko'rib chiqish, xarajatlarni baholash va iqtisodiy soha tahlilini BMT tomonidan qo'llab-quvvatlanmasdan amalga oshirishi mumkin.

Impact

START DATE

January 2020

END DATE

December 2023

STATUS

Completed

PROJECT OFFICE

Uzbekistan

IMPLEMENTING PARTNER

UZB_Ministry of Finance

DONORS

AFD-French development agency

European Comm. Humanit. Aid Off

GOVERNMENT OF TURKIYE

MPTF-Joint SDG Fund

UNITED NATIONS DEVELOPMENT PROGRAMME

UZB-GOVERNMENT

Unspecified

TOTAL CONTRIBUTIONS

$1,918,423

DELIVERY IN PREVIOUS YEARS

2020$206,513

2021$444,875

2022$629,452

2023$293,248

2024$1,350

Full Project information