GXFU ni butunlay iste'moldan chiqarish

O'zbekistonda global isish salohiyati past va ozonni yemirish qobiliyati bo'lmagan energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali GXFU ni butunlay iste'moldan chiqarish

Qisqacha tavsif:

Loyihaning asosiy maqsadi 2020 yilgacha Monreal bayonnomasida belgilangan maqsadli ko'rsatkichlarga erishish uchun gidroxlorftoruglerodlardan (GXFU –ozonni yemiruvchi moddalar) bosqichma-bosqich vos kechishni jadallashtirish hamda 2030 yilgacha xizmat ko'rsatish sohasida GXFU larni barqaror qisqartirish uchun milliy salohiyatni kuchaytirishga ko’maklashish; GXFU va ozonni emiruvchi moddalar (OEM) va ularga muqobil bo'lgan moddalarni importi/eksportini va ulardan foydalanishni nazorat qilish bo'yicha milliy qonunchilikni takomillashtirishga hissa qo'shish; bojxona organlari xodimlarini OEM va ularga muqobil bo'lgan moddalarni importi/eksporti, shuningdek musodara qilingan moddalarni vaqtincha saqlash bo'yicha salohiyatini mustahkamlash; global isish salohiyati past va ozonni emirish qobiliyati bo'lmagan energiya samarador texnologiyalarni joriy etish, shu jumladan, iqtisodiyotning xususiy va davlat sektorlarida namoyish loyihalarini amalga oshirish; texnik xizmat ko‘rsatish sohasini, shu jumladan sovitish agentlarini chiqarib olish, qayta ishlash va tiklash sohasini modernizatsiyalash va salohiyatini mustahkamlash. Loyiha doirasida, shuningdek, sovitish va havoni konditsionerlash (SHK) sohasiga investisiyalar hajmini oshirish maqsadida, Xalqaro moliya institutlari, ikki tomonlama hamkorlik agentliklar va mahalliy manfaatdor tomonlar bilan ishlab, resurslarni safarbar qilish masalalari ko’tariladi; barcha darajadagi manfaatdor tomonlar va iste'molchilar o'rtasida ozon qatlami masalalariga oid bo’lgan bilimlarni oshirish uchun keng qamrovli targ'ibot va tashviqot ishlarini olib boriladi; hamda, loyihaning har bir komponentida sovitish va havoni konditsionerlash sektoriga ko‘proq ayollarni jalb qilish uchun gender jihatlari ham hisobga olinadi.

Kutilayotgan natijalar:

1-komponent: Milliy qonunchilikni amalga oshirishga va bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining GXFU va ozonni emiruvchi moddalar va ularning muqobillarining import/eksportini nazorat qilish bo‘yicha salohiyatini mustahkamlashga ko‘maklashish;

2-komponent: GXFU dan qayta foydalanish tizimini mustahkamlash va GXFU da ishlaydigan texnologiyalarni almashtirish bo‘yicha namoyish loyihalarini amalga oshirish;

3-komponent: Targ‘ibot-tashviqot ishlari va resurslarni safarbar qilish; 

4-komponent: Gender yondoshuvi, monitoring va baholash.