
Ma'ruzalar
-
BMTning O‘zbekistondagi Doimiy vakili Helena Freyzerning “O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar “yo‘l xaritasi”ning imzolanishi xususidagi murojaatnomasi
11-yan, 2018
Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar “yo‘l xaritasi”ning imzolanishini olqishlaydi.
-
BMT O`zbekistondagi Doimiy vakili Xelena Freyzerning Inson huquqlari kuni munosabati bilan bayonoti
10-dek, 2017
1948 yilning 10 dekabrida Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan BMT Nizomini to`ldirish va barcha joyda har bir insonning huquqlarini kafolatlash maqsadida qabul qilingan. O`sha paytdan boshlab har yili 10 dekabrda Inson huquqlari kuni butun dunyoda inson huquqlari sohasidagi xabardorlikni va xatti-harakatlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida nishonlanadi.
-
BMTTD ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekistondagi nogironligi mavjud shaxslar uchun yangi davlat dasturini qutlaydi
4-dek, 2017
Birlashgan Millatlar Tashkiloti O‘zbekiston Prezidentining nogironligi mavjud shaxslar bo‘yicha davlat dasturini tasdiqlash bo‘yicha farmonini samimiy qutlaydi.
-
BMTning O‘zbekistondagi Doimiy Muvofiqlashtiruvchisi - BMT ning Doimiy muvofiqlashtiruvchisi v.b. janob Sasha Graumannning xalqaro konferensiyasidagi murojaati
22-noy, 2017
BMT ning mamlakat guruhi nomidan sizlarni inson huquqlari sohasidagi taraqqiyot mezonlarini o‘lchash bo‘yicha xalqaro anjumanda qutlash – men uchun katta sharaf.
-
BMT va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Helena Freyzerning O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi yuzasidan bildirgan fikri
14-sen, 2017
Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2017 yil 8 sentabr kunida O‘zbekiston Republikasi qabul qilgan Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini mamnuniyat bilan qabul qildi. Mazkur Konsepsiyada 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq samarali va shaffof davlat boshqaruvi tizimini barpo etishga qaratilgan islohotlar belgilangan bo‘lib, ular fuqarolar huquqi va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilishga xizmat qiladi.
-
Xelena Freyzer: “Markaziy Osiyoda Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish” mavzuidagi davra suhbatida aytilgan nutqi
31-avg, 2017
Meni Bryusselga taklif etib, Markaziy Osiyo hududi, xususan O‘zbekistondagi barqaror taraqqiyot masalalari to‘g‘risida nutq so‘zlash imkonini taqdim etganingiz uchun sizga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Muhtaram elchi janobi oliylari O‘zbekiston Hukumati BMTning Barqaror taraqqiyot dasturini to‘liq qabul qilib olgani haqida aniq gapirdi, shuning uchun men ushbu mavzuda boshqa to‘xtalmayman. Men biz ayni paytda qaysi bosqichdaligimiz haqida qisqacha gapirib, uchta muhim masalani ko‘tarmoqchiydim.
-
Inson huquqlari bo‘yicha BMT Oliy komissari Zeyd Raad Al Husaynning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘idagi matbuot anjumanida aytilgan kirish so‘zi
11-may, 2017
Ushbu tashrif 1993 yil – ya’ni O‘zbekiston o‘zining mustaqilligiga erishganidan keyin atigi ikki yil o‘tib va O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lganidan keyin bir yil o‘tib – Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi tashkil etilganidan beri Inson huquqlari bo‘yicha BMT Oliy komissarining ilk tashrifidir.
-
Stefan Prisner: BMTning O‘zbekistondagi Doimiy vakilining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan murojaati
29-avg, 2016
1991 yil 1 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi suveren davlat bo‘lib, o‘z tarixining yangi bir davriga qadam qo‘ydi. Joriy yilda O‘zbekiston o‘z mustaqilligining 25 yilligini nishonlaydi. Nisbatan qisqa muddat ichida mamlakat o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidagi bosqichma-bosqich islohotlarini amalga oshirib, jiddiy natijalarga erishdi.
-
Stefan Prisner: O‘zbekiston mustaqilligining 24-yilligi munosabati bilan aytilgan tabrik so‘zi
31-avg, 2015
BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi nomidan sizni ushbu muhim voqea - O‘zbekiston mustaqilligining 24-yilligi bilan tabriklashdan xursandman! Ushbu yil BMT uchun ham teng darajada muhimdir, negaki biz bu yili O‘zbekiston hukumati bilan olib borayotgan muvaffaqiyatli hamkorligimizning 22-yilligini nishonlamoqdamiz. Fursatdan foydalanib, hamkorligimizning ba’zi asosiy yo‘nalishlari va shu hamkorligimizning samaradorligini belgilovchi natijalar haqida bir og‘iz so‘z aytib o‘tmoqchiydim.
-
“Qabul qilingan qonunlarni ijrochilar va aholiga yetkazish bo‘yicha xalqaro tajriba: huquqiy tartibga solinishi va amaliy jihatlari" mavzusidagi xalqaro davra suhbatida O‘zbekistonda BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilining kirish so‘zi
24-iyn, 2015
Men, O‘zbekistonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi nomidan, iliq salomlarimni izhor etaman va Bosh prokuraturani ko‘p tomonlama hamkorlik sohasida haqiqiy voqea bo‘lmish ushbu tadbirni tashkil etgani bilan tabriklayman.