Bandlik kelajagiga yondashuvni qayta ko‘rib chiqish yo‘lida


11-November, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

2021 yil 10 noyabr. Toshkent shahri. Bugun O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda “Bandlik kelajagi” mavzusida seminar tashkillashtirmoqda. Seminardan o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad bandlik sohasida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rta muddatli chora-tadbirlar portfelini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etish va muhokama qilishdan iborat.

Portfelda taklif etilayotgan tadbirlar yo‘nalishlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimidagi nutqida belgilab o‘tilgan 2030 yilga borib aholi daromadlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga chiqish, 2026 yilgacha kambag‘allikni ikki barobar qisqartirish shuningdek rivojlanishning boshqa ustuvor maqsadlariga erishishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Hozirgi vaqtda o‘zgarishlar yuqori tezlikda sodir bo‘lmoqda va bir tomonlama yechimlar o‘zgarishlarning murakkabligi va vujudga kelayatgan noaniqliklarni qamrab olishga imkoniyat bermaydi. Shuning uchun ham BMTTD yordam chora-tadbirlari portfelini ishlab chiqishda raqamlashtirish, yashil iqtisodiyotga o‘tish, mehnat bozorini transformatsiya, ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlik uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ayniqsa, yoshlar, ayollar, qaytgan migrantlar, nogironligi bor insonlar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar masalalarni hisobga olgan holda aholi bandligini ta’minlashga tizimli yondashuvni ilgari surmoqda.

Kelgusi besh va undan keyingi yillarda bandlikka dasturiy yondashuv resurslarni safarbar qilish, siyosatni belgilash va chora-tadbirlarni ishlab chiqishda uchta yo‘nalishda olib borilishi muljallanmoqda; bular “Moslashuvchan tadbirkorlik va mehnat bozori”, “Ijtimoiy barqarorlik” va “Yashil iqtisodiyotga o‘tish”. Ushbu uchta yo‘nalishlarda o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida O‘zbekistonning mintaqaviy va global miqyosda raqobatbardoshligini oshirish ko‘zda tutilgan, bandlik muhitini yaxshilash va ijtimoiy barqarorlikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar esa kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan krizis va xavf-xatarlarga chidamkorlik darajasini ko‘tarishga yordam beradi. Taklif etilayotgan chora-tadbirlar, ekologik resurslardan barqaror foydalanish, yashil ish o‘rinlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlash va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni ta’minlash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni qo‘llashga ham e’tibor qaratish lozim.


Portfelni ishlab chiqish jarayonida BMTTD 2021-yil iyun oyida hukumat vakillari, rivojlanish bo‘yicha hamkorlar va benefitsiarlar bilan bir qator maslahatlashuvlar o‘tkazdi. Ushbu maslahatlashuvlar natijasida BMTTDning bandlik kelajagi bo‘yicha strategik yo‘nalishlari bo‘yicha qator tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hisobot tayyorlandi.

Seminar ishiga hissa sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi amaldagi bandlik bo‘yicha siyosati va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari haqida umumiy ma’lumot beradi. Bundan tashqari, uchta parallel interaktiv sessiyalarda vazirliklar, xalqaro hamjamiyat, xalqaro moliya tashkilotlari, rivojlanish agentliklari, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati tashkilotlaridan taklif etilgan seminar ishtirokchilarda hisobot tavsiyalarini batafsil muhokama qilish, o‘z fikr-mulohazalarini bildirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflarini kiritish imkoniyatlari bo‘ladi.

Seminardagi muhokamalar BMTTDga milliy hamkorlar bilan o‘zaro bog‘liq aniq yordam choralarini ishlab chiqish, xamda, resurslarni safarbar qilish va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi.


###

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun BMTTD Akselerator Laboratoriyaning tajribalar bo‘lim boshlig‘i Adxam Kuchkarovga adhamjon.kuchkarov@undp.org yoki 998 93 5011449 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.