Orol dengizi hududida inson xavfsizligi konsepsiyasi asosida ofatlar xavfini kamaytirish va salohiyatni oshirish

16-November, 2021

So‘ngi yarim asr mobaynida Orol dengizi havzasi hududlarida dengizning keskin qisqarishi natijasida mintaqada ekologik inqiroz yuzaga kelgan. Bugungi kunda Orol bo‘yida mahalliy aholining ekologik-iqtisodiy sharoitini yaxshilash, salomatligini mustahkamlash, yoshlar va ayollarning bunyodkorlik va innovatsyon salohiyatini yanada kuchaytirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.

9,10 va 12 noyabr kunlari, Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTTD va YuNFPAning “Orolboʻyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sog’liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash” Qoʻshma dasturi doirasida tajribali mutaxassislar Sog‘liqni saqlash, Favqulodda vaziyatlar, Qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari, fermerlar, ekologlar, quruvchilar, ta’lim muassasalari vakillariga “Orol dengizida inson xavfsizligi konsepsiyasi asosida ofatlar xavfini kamaytirish va salohiyatni oshirish” mavzusida Bozatau, Qorauzyak va Chimboy tumanlarida treninglar o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotlarida Orol dengizi halokati oqibatlari, yomonlashib borayotgan ekologik vaziyatga qarshi kurashish choralari atroflicha muhokama qilindi. Trening quyidagi toʻrtta yoʻnalishni qamrab oladi:

1) Suvning ifloslanishi natijasida yuzaga keladigan ekologik muammolarni yaxshilash yoʻllari.

2) Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga keladigan chang va tuz boʻroni kabi tabiiy ofatlar xavfining oldini olish;

3) Iqlim oʻzgarishi va unga moslashish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati va qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda yangi texnologiyalardan foydalanish.

4) Inson salomatligi va xavfsizligi.

O‘quv mashg‘ulotlarida yuqoridagi chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilinib, mashg‘ulot ishtirokchilari Orolbo‘yida tabiiy ofatning oldini olish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish kerakligi haqida bilim va fikr-mulohazalar oldilar. Trening davomida Orolbo‘yida iqlim o‘zgarishi va inson salomatligi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida fikir almashildi.

Tadbir Orolboʻyida davlat muassasalari vakillari va mahalliy mutaxassislarning tabiiy ofatlar xavfini oldindan kamaytirish boʻyicha bilimlarini oshirishga yordam berdi.