Nogironlik statistikasiga yondashuv va amaliy vositalar: ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish va ulardan foydalanish

16-November, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

Xalqaro Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra dunyoda 1 milliarddan ziyod kishida ya'ni dunyo aholisining 15%da nogironlikni u yoki bu turi kuzatiladi. Ularning 80% rivojlanayatgan davlatlarda yashaydi. Hozirga vaqtda O‘zbekiston aholisining 2,14 % nogironligi bor shaxslar sifatida qayd etilgan. Nogironlik bo‘yicha to‘g‘ri va ishonchli ma'lumotlar nogironligi bo`lgan shaxslarni hayotda nogironligi bo‘lmagan shaxslar bilan teng holatda ishtirokini ta'minlash uchun muhimdir.

10 noyabr, Toshkent – BMTning O‘zbekistonda Ijtimoiy tizimni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma loyihasi doirasida, BMTTD Davlat Statistika Qo‘mitasi hamda O‘zbekiston nogironlar Assotsiasiyasi bilan birgalikda salohiyatni kuchaytirishga qaratilgan trening tashkillashtiridi. “Nogironlik bo‘yicha ma'lumot yig‘ish, tahlili qilish va undan foydalanish usullari” deb nomlangan tadbirda Davlat Statistika Qo‘mitasi, Tibbiy Mehnat Ekspert Komissiyalar, Sog‘liqni saqlash, Moliya, Bandlik vazirliklari va Tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligidan 42 mutaxassis ishtirok etdi.

Turli davlatlarda nogironlik tarqalishi bo‘yicha ma'lumotlar farqlanadi. Buning sababi ma'lumot yig‘ishda samarasiz usullar va metodologiyadan foydalanish, nogironlikni belgilash mezonlarida farqlar, ma'lumot bilan boshqarish va uning tahlilida kam samarali usullardan foydalanishda.

O‘zbekiston nogironlar assosiasiyasi raisi Oybek Isoqov o‘z nutqida “bizning mamlakatimizda nogironlik bo‘yicha statistika 5 parametr (soni, yashash joyi, jinsi, yoshi va nogironlik turi)ga tayanib yig‘iladi. Nogironlar huquqlari haqidagi konvensiyani imzolagach, O‘zbekiston Konvensiya tomonlaridan biriga aylandi va undagi majburiyatlarga rioya qilishi kerak. Konvensiyaning 29-moddasi nogironlar hayotining barcha jabhalarini o‘z ichiga oluvchi keng qamrovli statistikani olib borishni belgilaydi. Bugungi treningda ushbu masalalarni sizlar bilan birgalikda muhokama qilamiz” dedi.

Treningda nogironlik modellari, nogironlik ma'lumotlari strukturasi, ularni yig‘ish va ulardan foydalanish va Konvensiyani amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. To‘g‘ri va ishonchli statistik ma'lumotlar tegishli dastur va byudjetlarni ishlab chiqish, hamda nogironligi bo‘lgan insonlarni integratsiyasiga xalaqit berayatgan faktorlarni aniqlash uchun nihoyatda muhim. Masalan, turli darajada mavjud bo‘lgan to‘siqlarni aniqlab olish uchun jismoniy infrastruktura nogironlar uchun qulayligi to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlar kerak bo‘ladi.

BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning 31-moddasi unga ishtirokchi davlatlar zimmasiga Konvensiya qoidalarini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan siyosatni belgilash va uni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lish uchun tegishli ma'lumotlar, shu jumladan statistik ma'lumot va o‘rganishlar natijalarini yig‘ish majburiyatini yuklaydi. Trening mas'ul vazirlik va idoralarning statistik ma'lumotlar yig‘ish, ularni tahlil qilish va ulardan foydalanish qoida va jarayonlarini yanada yaxshilashga va nogironligi bo‘lgan shaxslar vaziyatini monitoring qilishga qaratilgan ishlarini yaxshilashga o‘z xissasini qo‘shadi.

BMTTD O‘zbekistonni 2021 yil 7 iyunda ratifikasiya qilingan Nogironlar  huquqlari to‘risidagi Konvensiyani amalga oshirishga qaratilgan sa'iy-harakatlini qo`llab-quvvatlaydi.  BMTTD YeXHT hamda BMT tashkilotlari bilan birgalikda Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani amalga oshirish to‘g‘risidagi Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqishga o‘z xissasini qo‘shdi.