Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga va agrar sohada innovatsiyalarni joriy etish

29-October, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

TOSHKENT, 2021-yil 29-oktabr – Bugun O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot Dasturi (BMTTD) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan yangi  “Qishloq xojaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv otishini qollab quvvatlash va iqlimga yonaltirilgan qishloq xojaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish” loyihasi doirasida ishchi guruhining yig`ilishi bo‘lib o‘tdi. Loyiha respublika agrar sektori sohasidagi milliy va xalqaro hamkorlarning keng doirasiga taqdim etildi, shundan so‘ng uni amalga oshirishning 4 yil davomidagi maqsad, vazifalar va loyihalarni boshqarish bo‘yicha yondashuvlar muhokama qilindi. Bu loyihada ishtirok etayotgan tomonlarga loyihani amalga oshirishdagi o‘z rollari, ma’suliyt va majburiyatlarini, jumladan, hisobot berish va muloqot qilish tartiblarini yaxshiroq tushunish imkonini berdi. Muhokama doirasida loyihani amalga oshirishda ishtirok etishi ko`zda tutilgan hamkorlar o'z rollari, funktsiyalari va mas'uliyatlarini, shu jumladan hisobot va aloqa masalalari ko`rib chiqildi.

Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasining hamkorlik bo‘limi rahbari, janob Fransua Bejo shunday dedi - “Ushbu loyiha intellektual rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va qishloq joylarda yashil qishloq xo`jaligi va -oziq-ovqat sektorini rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbus sifatida ancha murakkab loyihadir. Shubhasiz, qishloq xo‘jaligining rivojlanishi butun mamlakat bo‘ylab xalq turmush darajasini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi”.

“Hozirgi kunda mamlakat qishloq xoʻjaligi ‘yashil’ ishlab chiqarishining zamonaviy tamoyillariga oʻtish yoʻlida ilk qadamlarni tashlamoqda. 2019-2030 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasining qabul qilinishi iqlim o‘zgarishi masalalarini milliy siyosatning barcha yo‘nalishlariga kiritish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Loyiha hukumatning zamonaviy qishloq xo‘jaligini yaratish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga munosib hissa qo‘shadi degan umiddamiz”, — dedi BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili o'rinbosari Doina Munteanu o‘zining kirish so‘zida.

Mamlakat hukumatining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining qo`llab quvvatlagan holda loyiha qishloq-oziq-ovqat qiymat zanjirlarida yashil investitsiyalarni rag'batlantirish uchun me'yoriy-huquqiy bazani bosqichma-bosqich ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan.

Alisher Shukurov, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Yevropa Ittifoqi va BMTTD bilan strategik hamkorlikni yuksak qadrlashini taʼkidlagan holda shunday dedi - “Qishloq xo‘jaligi sohasidagi bilim va innovatsion tizim nafaqat Qishloq xo‘jaligi vazirligi, balki boshqa manfaatdor tashkilotlar va ilmiy muassasalar, birinchi navbatda, fermerlar va umuman agrobiznes vakillarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu tizim qishloq xo'jaligi manfaatdor tomonlarini rivojlantirish, bilim almashish va maslahat xizmatlarini ko'rsatish uchun platforma yahshi platforma bo'ladi”.

Uchrashuvda mazkur loyihani amalga oshirish rejasi taqdim etildi. Unda loyiha doirasida mamlakat agrar sektori ishtirokchilarining institutsional salohiyatini oshirish, Yevropa institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, loyiha fermer xo`jaliklari darajasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, avvalambor kichik va oilaviy fermer xo`jaliklari, shuningdek, fermer xo'jaliklari kooperativlari va mikro-agrobiznesga qaratilgan. Innovatsion loyihalar iqlim o'zgarishini yumshatish, moslashish va, kerak bo'lsa, COVID-19dan keyin yashil tiklanish yo'llarini sinab ko'rish va namoyish qilish uchun muhitni ta'minlashi kutiladi.