Taxtakoʻpir tumanidagi yagona stomatologiya klinikasini modernizatsiya qilish uchun yordam

22-June, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

Ulmeken Jollibekova va Albina Yelemisova Qoraqalpogʻistonning Taxtakoʻpir tumanidagi yagona qishloq XK “UMIT-MEDIKA” klinikasida ishlashadi. Ulmeken kasallarni davolaydi, Albina esa stomatologik jihozlar va uskunalardan foydalanishda unga yordam beradi. Bugungi kunga qadar qimmat turadigan tashhis uskunalarini sotib olishga qizlarni imkonlari boʻlmagandi, shu sababli koʻproq e’tibor talab qiladigan bemorlarni hududlariga yaqinrpq joylashgan shahar klinikasiga yuborishga majbur boʻlishardi.

Bizning koʻmagimiz bilan, bugun Ulmeken va Albina mustaqil ravishda oʻz hamjamiyatiga bir qator stomatologiya xizmatlarini koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻldilar.

2019 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi Qoraqalpogʻistonning mahalliy hamjamiyatlarini barqaror qishloq xoʻjaligi rivojiga koʻmak berishga yoʻnaltirilgan Qoʻshma dastur doirasida Orolboʻyi hududida inson xavfsizligini taʼminlash uchun YuNESKO bilan saʼy-harakatlarini birlashtirdi. Oʻz hamqishloqlarini hayotini yaxshilashga boʻlgan intilishlarida ishini boshlayotgan tadbirkor ayollarni qoʻllab- quvvatlash maqsadida innovatsion biznes loyihalar boʻyicha tanlov eʼlon qilish dasturning dastlabki tashabbuslaridan biri boʻldi.

“UMIT-MEDIKA” klinikasining biznes-rejasini oʻrganar ekan, saralash komissiyasi aholisi deyarli 40 ming nafar boʻlgan tumandagi mana shunday ixtisosdagi yagona muassasa ekanligidan voqif boʻldi. Tashabbus ta’rifida tashhislashning zamonaviy talablariga javob beradigan rentgen uskunasi yoʻqligi tufayli davolashdagi qiyinchiliklar haqida maʼlum qilingan. 

Oʻtgan yili loyiha Qoʻshma dastur tomonidan hammoliyalashtirilishga maqbul deb topildi va 2020 yilning dekabr oyidayoq ixcham rentgen va suratlar bilan ishlash uchun noutbuk klinikaga keltirildi. Bugunga kelib Ulmeken va Albinani ishlariga talab katta, yangi uskunalarni qoʻllab koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati esa shahardagi tibbiyot muassasalarinikidan hech ham qolishmaydi. Boz ustiga, ular doimiy mijozlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida 480 nafar obunachi yozilgan telegramm-guruhini ham tuzishgan.

- Biz doimo oʻz ustimizda ishlashga intilamiz, stomatologiya, tashhisdagi yangi yoʻnalishlarni oʻrganamiz. Endilikda esa bizga on-layn rejimda ham navbatga yozilish mumkin. Faoliyatimizda axborot texnologiyalaridan foydalanish bemorlarga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini oshirish imkonini berdi, - deydi Ulmeken.

Beixtiyor ravishda, Ulmeken va Albina tumanlaridagi aholining salomatligi masalasida inson xavfsizligini taʼminlashga oʻzlarining yaxshigina hissalarini qoʻshdilar. Oʻz navbatida, ularga eng yaxshi stomatologik yordam koʻrsatish imkonini beruvchi qulay sharoitlarni yaratish bilan birga, biz ularning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga harakat qildik.  

BMTTD-YuNESKOning “Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish” Qoʻshma dasturi Oʻzbekistonning Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha BMTning koʻpsheriklik trast jamgʻarmasining moliyaviy koʻmagida amalga oshirilmoqda. Qoʻshimcha moliyalashtirish Yevropa Ittifoqi, Finlyandiya, Norvegiya, Janubiy Koreya va Oʻzbekiston huqumatlari tomonidan ham taqdim etilgan.

Bizning dasturimiz ekologik vaziyatni yaxshilash uchun majmuaviy yechimlarni taqdim etish, asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va mahalliy aholi farovonligini oshirish yoʻli bilan Orolboʻyidagi himoyaga eng muhtoj boʻlgan qatlamlardagi ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlikni bartaraf qilish ustida ishlamoqdamiz.