Qoraqalpog‘istonning turizm salohiyati: yangi imkoniyatlar va muammolar BMTTD va YuNESKOning Qo‘shma dasturi doirasoda onlayn tarzda muhokama qilinmoqda

16-June, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

2021 yil 16-iyun kuni Toshkent va Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasining sayyohlik salohiyatini muhokama qilishga bag‘ishlangan "Qoraqalpog‘istonning turizm salohiyati: yangi imkoniyatlar va muammolar" deb nomlangan bir kunlik onlayn kengash bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv BMT Taraqqiyot Dasturi va YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonalari tomonidan O‘zbekiston turizm va sport vazirligi bilan yaqin hamkorlikda "Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish" dasturi doirasida tashkil etildi".

Maslahat kengashi davomida COVIDdan keyingi davrdagi turizmning jahon tendentsiyalari va Qoraqalpog‘istonning sayyohlik salohiyatini ilgari surish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Bu Qoraqalpog‘istonning madaniy va tabiiy merosi to‘g‘risida xalqaro va milliy darajada xabardorlikni oshirishga qaratilgan bir qator loyiha tadbirlarining birinchi uchrashuvidir.

Qoraqalpog‘iston ichki va xalqaro sayyohlarga haqiqiy, noma'lum va gavjum bo‘lmagan sayohat yo‘nalishlarini taklif qilishi mumkin. Orol dengiziga ekstremal ekologik ekskursiyalardan, Nukusdagi I. Savitskiy nomidagi Davlat san'at muzeyiga tashrif buyurishgacha - Qoraqalpog‘istonning boy merosi O‘zbekistonning boshqa mintaqalaridan ajralib turadigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan madaniyat va urf-odatlarni qamrab oladi. Aynan shu sababli Qoraqalpog‘istonda barqaror turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shish uchun mintaqadagi turistik takliflarning barcha turlarini o‘rganish, infratuzilma va xizmatlarni takomillashtirish zarur.

Qoraqalpog‘istonning turizm va madaniyat sohasidagi milliy manfaatdor tomonlari ishtirokidagi kengashni barqaror turizm bo‘yicha xalqaro Ipak yo‘li mutaxassisi Alla Peresolova xonim (Ispaniya), turizm marketingi bo‘yicha mutaxassis Kevin Xarris (Buyuk Britaniya) va Jon Bell, jurnalist va turizm bo‘yicha mutaxassis (Buyuk Britaniya) o‘tkazdilar.

Onlayn yig‘ilish 2021 yil 23-24 iyun kunlari Nukus shahrida (Qoraqalpog‘iston) "Media va turizm: rivojlanishga yangi yondashuvlar" mavzusidagi ikki kunlik amaliy mashg‘ulot bilan, shuningdek, 2021 yil 30 iyundan 6 avgustgacha bo‘lib o‘tadigan turizm va Qoraqalpog‘iston madaniy va tabiiy merosi to‘g‘risidagi media-tarkibni tayyorlash va yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar (onlayn-inkubator) bilan davom etadi.

* BMT Taraqqiyot dasturi va YuNESKOning "Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish" Qo‘shma dasturi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast fondi moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilmoqda.

Dasturning maqsadi - Orol dengizi mintaqasining eng zaif hamjamiyatlarining ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorligini ekologik muammolarini kompleks echimlari, asosiy xizmatlardan foydalanishni rag‘batlantirish, hayot darajasini yaxshilash va Qoraqalpog‘istonda barqaror turizmni rivojlantirish orqali bartaraf etish. Bundan tashqari, dasturning maqsadi Qoraqalpog‘istondagi aholi va ekologik turizm asosida daromad olish imkoniyatlarini oshirish va Orol dengizi mintaqasi turizm sohasining inklyuziv barqaror o‘sishiga ko‘maklashish orqali qishloq aholisining, shu jumladan ayollar va yoshlarning ijtimoiy farovonligini oshirishdan iborat.