Uran yodgorliklari xududlarida «Eng yaxshi biznes loyixa» II-tanlovi o'tkaziladi

23-June, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

Birlishgan Millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) loyixasi «O'rta Osiyoda uran merosi bilan boglik muammolarni xal qilishda manfaatdor tomonlarning ishtiroki. Faza II» Yevropa Ittifoqi ko'magi ostida, maqsadli tumanlarning Yangiobod (Toshkent viloyati) va Chorkesar (Namangan viloyati) maxallalarida eng yaxshi biznes loyixani moliyalashtirish/birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirish uchun tanlov e'lon qilmoqda. Tanlov, tadbirkorlik yo'nalishidagi biznes ko'nikmalarni rivojlantirish va loyixaning maqsadli xududlarida ish o'rinlarini tashkil qilishga qaratilgan. 

Moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag' miqdori 10 000 AKSh dollarigacha. Arizalar 2021 yil 25 iyulgacha qabul qilinadi.

Tanlovning asosiy maqsadi?

Tanlovning asosiy maqsadi yangi ish o'rinlarini yaratish, jumladan ayollar/qizlar, axolining zaif qatlami bandligini ta'minlash, Chorkesar (Namangan viloyati) va Yangiobod (Toshkent viloyati) maxallalarida biznes g'oyalarni aniqlash va rivojlanishiga ko'maklashish. 

Tanlovda kimlar qatnashishi mumkin?

Tanlovda qatnashish uchun loyixaning maqsadli maxallalari axolisini jalb qilgan xolda, o'z faoliyatini maqsadli tumanlarda amalga oshiruvchi korxonalar taklif qilinadi. Tanlovda “Yashil” tadbirkorlik yo'nalishida faoliyat ko'rsatuvchi loyixalarga ko'proq e'tibor qilinadi.

Muxim: Tanlov doirasida saralab olingan biznes loyixalarga moliyaviy qo'mak ko'rsatish, taqdim etilgan biznes rejaga muvofiq, uskuna, orgtexnika, qurilish mollari va boshqa jixozlarni xarid qilish yo'li orqali amalga oshiriladi. Grant ko'magi xech qanday naqd pul ko'rinishida, va aylanma kapitalni ko'paytirish maqsadida berilmaydi.  

Biznes loyixalar tanlovi qanday amalga oshiriladi?

- Barcha arizalar 25 iyul (18:00) gacha qabul qilinadi va ko'rib chiqiladi; 

- Tanlov qatnashchilari ariza shakliga muvofiq ma'lumotlar taqdim qilishadi

(Ariza shakli va biznes loyixani tanlash mezonlarini olish uchun, e'londa ko'rsatilgan kontaktga murojaat qilishingiz mumkin).

- Saralab olingan eng yaxshi biznes loyixalar tanlov komissiyasi a'zolariga taqdimot qilinadi;

- Tanlov komissiyasi (BMTTD vakillari, davlat organlari vakillari, xamda maxalla ekspertlari) loyixalarga baxo kuyish orqali g'oliblarni aniqlab oladilar. Maksimal baxo (ball) olgan biznes loyixalar g'olib deb e'lon qilinadi.

Bog'lanish uchun shaxs: Sardor Qodirov, «O'rta Osiyoda uran merosi bilan boglik muammolarni xal qilishda manfaatdor tomonlarning ishtiroki. Faza II» loyixasi rahbari

Tel.: +998 93 501 48 58,  E-mail: sardor.kodirov@undp.org