Quvasoyda zamonaviy intensiv bog‘dorchilik rivojlantirilmoqda

23-June, 2021

Image: FAO

2021 yil 22-iyun kuni BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasining Savdo-sanoat palatasining hamkorligida hamda Rossiya Federatsiyasining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan «Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi hatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» loyihasi doirasida "Quvasoy Nodirjon" fermer xo‘jaligida intensiv bog‘dorchilikni yaratish bo‘yicha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan yana bir biznes loyihanining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Quvasoy shahar hokimi, Farg‘ona viloyati Savdo-sanoat palatasi va Tadbirkor Ayol Uyushmasining rahbarlari, o‘simliklar karantini inspektsiyasi vakillari, “Valik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda bog‘bon fermerlar ishtirok etib, zamonaviy texnologiyalar joriy qilingan yangi zamonaviy intensiv bog‘ barpo etilishi yuzasidan ershilgan natijalar bilan yaqindan tanishdilar.

Quvasoy shahri Respublikada gilos yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha yetakchi xududlardan biri bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun ham bugungi tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish loyihasi bugungi kunda qishloq xo‘jaligi faoliyatini oib borishda dolzrab va muhim shartlardan birib bo‘lib hisooblanadi. Suv tejalishi, kimyoviy o‘g‘itlarning sarfi kamayishi hisobiga ekologiya va ekotizimning saqlanib qolinishi, nafaqat moliyaviy, balki mehnat resurslarining iqtisod qilinishi ushbu tizimning ko‘plab afzalliklarining bir qismigina xolos. Mazkur loyiha tufayli bog‘bon fermerlarimiz endi Quvasoyda ham intensiv bog‘dorchilikda suvni tejaydigan texnologiyalar va boshqa ilg‘or malakalarning joriy etilishining amaliy natijalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar”, deya ta’kidladi o‘zining kirish so‘zida Quvasoy shahar hokimi Ravshan Rahimjonov.

"Quvasoy Nodirjon" fermer xo‘jaligi o‘zining qishloq xo‘jaligiga oid faoliyatini 1999 yilda boshlagan. Bugungi kungi loyiha amlaga oshirilgunga qadar fermer xo‘jaligi yarim pakan navli olma daraxtlarini yetishtirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lib, uch yil avval birinchi hosilni olishga muvaffaq bo‘lishgan. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, ushbu olma navlari balandlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega - hosilni erta beradi va yuqori hosilli, qator oralig‘i shakl berish, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi ishlov berish uun qulay. Aynan shu tajriba kelgusida gilosning yarim pakana navlaridan, ammo zamonaviy suv tejash texnologiyalarini tatbiq qilgan holda yangi bog‘ barpo qilish bo‘yicha qaror qabul qilinayotganda muhim rol o‘ynadi.

570 million so‘mlik loyihani amalga oshirishda fermer xo‘jaligi tomonidan 10 gektar yer maydoniga yarim pakana gilos navlaridan 6700 tup ko‘chat ekildi, suv tejovchi texnologiyaning tatbiq etish jarayonining birinchi bosqichida yangi bog‘ning 6 gektariga tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatilib, ishga tushirildi. Shuningdek, yer resurslaridan samarali foydalanish uchun qator oraliqlarida kartoshka, loviya va boshqa sabzavotlarni yetishtirishni tashkil etdi.

Ushbu biznes loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun texnik ko‘mak sifatida BMTTD tomonidan qiymati 150 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan traktor hamda unga shudgorlash uchun plug, bog‘ga ishlov berish uchun purkagich, mineral ug‘it sepgani osma tirkamalar yetkazib berildi. Bundan tashqari, fermerlar, shu jumladan, "Quvasoy Nodirjon" fermer xo‘jaligi vakillari uchun ham, biznesni rejalashtirish, bog‘dorchilik va sabzavotchilikdagi agrotexnik tadbirlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashish, qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash, suvni tejash, terimdan keyingi saqlash texnologiyalari kabi mavzularda bir qator seminarlar va treninglar tashkil etildi.

"An’anaviy bog‘dorchilikda gilos kelajakda o‘sishini hisobga olgan holda 8x8 sxema bo‘yicha ekiladi va bunda har gektar yerga 156 tupdan ko‘chat to‘g‘ri keladi. Biz esa gilosni 5x3 sxemasi bo‘yicha ekidik va bunda gektariga 667 ko‘chatdan to‘g‘ri kelmoqda. Buning natijasida biz yaqin kelajakda ham ichki, ham tashqi bozor talabini qondira oladigan sifatli gilos hosilini ko‘paytira olishga muvaffaq bo‘lamiz. Ushbu loyiha doirasida to‘plangan bilim, ko‘nikma va tajribalarimiz, shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyasini tatbiq qilishimiz faoliyatimizni mulohaza bilan yanada samaraliroq boshqarishimizga yordam beradi", - deydi "Quvasoy Nodirjon" fermer xo‘jaligining rahbari Murodjon Mamatxalilov.

Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida 23 kishi, shu jumladan 10 nafar ayol ish bilan ta’minlanadi. Shuningdek, kelajakda bog‘dan 875 mln. so‘mlik yillik daromad keltirishi va undan 120 million so‘m sof foyda bo‘lishi kutilmoqda.