Hunarmandchilik - daromad manbai: BMTTD Qoraqalpogʻistonning qishloqlarida ayollar uchun seminar-treninglar turkumini oʻtkazmoqda

11-June, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

2021 yilning 9 va 10 iyun kunlari Qoraqalpogʻistonning Chimboy tumanida “Qishloq joylarida ayollar oʻrtasida hunarmandchilik koʻnikmalari va tadbirkorlikni rivojlantirish” mavzusida mahorat darslari/treninglar oʻtkazilmoqda. Ikki kun mobaynida trening, tashkilotchilar taʼkidlaganidek, hududning eng yaxshi anʼanalarini qoʻllagan holda qamish va poxoldan mahsulotlarni tayyorlash uchun yordamchi tabiiy materiallarni ishlatish boʻyicha ishtirokchilarni oʻqitish imkonini beradi.

Aytgancha, qamish, shuningdek poxol, koʻp asrlardan beri ham interyer, kiyim unsurlari, toʻrvalar, bosh kiyimlar, hamda qurilish materiallari uchun asos sifatida ishlatib kelingan. Bugungi kunda ekologik toza mahsulotlardan foydalanish yana bir bor dolzarblik kasb etmoqda va dizaynerlar, modelyerlar, arxitektorlar, quruvchilar orasida keng ishlatilmoqda.

Yangi hunarmandchilikka oʻqish va undan kelgusida daromad manbai sifatida foydalanish Qoraqalpogʻistonning Boʻzatov va Qoraoʻzak tumanlarida ham oʻtkazilinadigan treninglar, mahorat darslarini tashkil etish uchun turtki boʻldi. Ishtirokchilar orasida nafaqat anʼanaviy hunarmandchilik sirlarini oʻrganishni xohlayotganlar, balki tadbirkorlik asoslarini ham egallash niyatida boʻlgan uch tumanning 45 nafar ayoli oʻrin olgan.

Mahorat darslarining asosiy afzalligi - shaxsiy faoliyatning noyob birligi, zamonaviy dizayn qarashlarini qoʻllagan holda mumtoz mahsulotlarni yaratish, eskizlarni aniqlash bosqichida, ham tayyor mahsulotni yaratishda ham ijodiy salohiyatni qoʻllashdan iborat. Sessiyalarda ishtirokchilarga oʻz biznesini yuritish, tayyor mahsulotni sotish, muayyan xaridorlarni jalb qilish va sotuv yoʻllarini izlash boʻyicha tavsiyalar beriladi.

Ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularni hududning iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishga jalb qilish mahalliy aholining farovonligini oshirishdagi muhim omillardan biri hisoblanadi.

Tadbir BMTTD va YuNFPAning Yaponiya hukumati moliyalashtirayotgan “Orolboʻyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sog‘liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash Qoʻshma dasturini amalga oshirish doirasida tashkil etildi. Mazkur dastur gender tenglik tamoyillarini ilgari suradi, hamda ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydi.