Moʻynoq tumani yoshlariga qanday biznes loyihalar qiziqarli?

4-May, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

2021 yilning 3 may kuni “Hakim ota” qishloq fuqarolar yigʻinining “Qizil jar” qoʻrgʻoni aholisining BMT Taraqqiyot Dasturi, BMTning aholishunoslik sohasidagi Jamgʻarmasi YuNFPA va Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir BMTTD, YuNFPA va FAO (BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti)ning “Orolboʻyi mintaqasining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlarida iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini hal qilish uchun yoshlar va zaif qatlamdagi aholisining moslashuv imkoniyatini mustahkamlash orqali ularning ijodiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirish” Qoʻshma Dasturi doirasida oʻtkazildi.   Dastur Oʻzbekistonning Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik Trast jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilmoqda va Orol dengizi qurishi va COVID-19 pandemiyasini avj olishi bilan bogʻliq boʻlgan muammolar majmuasini hal qilishga yoʻnaltirilgan.

Uchrashuv uy xoʻjaliklari darajasida qishloq xoʻjaligini olib borishning innovatsion usullarini rivojlantirish maqsadida seminar shaklida boʻlib oʻtdi. Qatnashchilar yer resurslaridan yanada samarali va unumdor foydalanish, hamda daromadlarini va qishloq aholisini oziq-ovqat bilan taʼminlanishni oshirish boʻyicha bilimlar va koʻnikmalarni oldilar. Seminar davomida ijtimoiy infratuzilma bilan bogʻliq boʻlgan muammolar va ehtiyojlar, hamda oʻzlarining tadbirkorlik faoliyatini boshlashni rejalashtirayotgan ayollar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tashabbuslarini muhokama qildilar.

Seminar mobaynida COVID-19 boʻyicha davomli karantin tufayli ish va daromaddan mahrum boʻlgan, hamda “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ayollar va yoshlar oʻzlarining hamjamiyatlarida amalga oshirish uchun qator qiziqarli biznes gʻoyalarni bayon qilishdi.

Mahalliy aholi vakillari bilan muloqotning bunday shakli hamjamityatning eng ustuvor muammolarini aniqlash imkonini berdi. Bu loyihani ushbu tumandagi ishini samaraligini oshiradi. Aholi BMTTDning hududdagi faoliyati, Barqaror rivojlanish maqsadlari, hamda hamjamiyatni rivojlantirish dasturi bilan tanishdilar. Natijada joylarda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun Tashabbuskorlar guruhini tuzishga erishildi.

Shunday seminarlarni Qoraqalpogʻistonning Qoʻngʻirod va Boʻzatov tumanlarida oʻtkazish ham rejalashtirilgan.