O‘zbekiston tog‘ o‘rmonlarining muhofazasi uchun texnika

18-May, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

Keyingi 40 yil davomida uning hayotidagi asosiy ishtiyoq bioxilma-xillikni va tabiiy makonlarni saqlash sanaladi.

Bekbo‘ta Abraev – Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligining direktori. Qahramonimiz asli Dehqonobod tumanidan. U har doim tabiatga alohida mehr his qilgan va shu sababli, harbiy xizmatdan keyin o‘rmon tarmog‘iga ishga kelish – uning uchun muqarrar tanlov edi.

Toshkent davlat agrar universitetini tugallagach, Bekbo‘ta aka Qashqadaryo viloyatidagi Sho‘rtan o‘rmon xo‘jaligini boshqardi. Uning uchinchi o‘g‘li otasi izidan bordi, o‘sha universitetni tamomlab, Yakkabog‘ o‘rmon xo‘jaligida ishlay boshladi. Keyinroq u Mahmud Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot institutida dorivor o‘simliklarni o‘rgana boshladi.

Bugun Bekbo‘ta aka va uning 107 nafar xodimi 44 000 gektar qadimiy tog‘ o‘rmonini boshqaradi, u, hayratlanarli flora va fauna xilma-xilligidan tashqari, yana O‘zbekiston milliy qahramoni Amir Temur bilan bog‘liq tarixiy maskanlar hamda 17- asrga taalluqli masjidga ega. Qahramonimizning sevimli joyi – hovuz, bu yerda u va uning xodimlari sa'y-harakatlari bilan, ko‘p yillardan buyon tog‘ foreli parvarish qilinmoqda.

Korxonaning o‘rmonni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatining aksariyat qismi ham davlat hisobidan, shuningdek o‘zini o‘zi moliyalash hisobidan amalga oshirilmoqda – chorvani o‘tlatishga litsenziya berish va asalarichilik uchun hududlarni ijaraga ajratish korxonaning daromad manbalaridan sanaladi. Narxlar – 26 000 yoki 50 000 o‘zbek so‘midan 5 AQSh dollarigacha. Olingan mablag‘lardan tashqari, Bekbo‘ta akada yaqin yillar uchun ulkan rejalar bor, ular ham dekorativ, ham mevali daraxtlar ekish bo‘yicha yillik rejani bajarishni ham qamrab oladi. 380 gektarlik hududda yong‘oq, xandon pista va bodom daraxtlarini ekish, eroziyaga qarshi tadbirlar o‘tkazish, shuningdek mevali daraxtlar uchun ko‘chatxona tashkil qilish kerak.

Bu ishni yetarlicha zamonaviy jihozlarsiz bajarishga urinish besamardir. Shu sababli, boshqa korxonalar rahbarlari kabi, Bekbo‘ta aka yordam so‘rab BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD), Global Ekologik Fond va O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining “Global ahamiyatga ega bioxilma-xillik uchun muhim tog‘li mintaqalarda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va o‘rmonlarni boshqarish” loyihasiga murojaat qildi.

Loyihaning Yakkabog‘ o‘rmon xo‘jaligidagi ishining boshida Loyiha maslahatchilari Bekbo‘ta aka ko‘zda tutgan rejalarini bajarish uchun o‘simliklar va yaylovlar rekultivatsiyasi texnologiyalari va ularga bog‘liq texnika hozirda qo‘llanilayotgan jarayonlarni to‘ldira olishini u kishi bilan muhokama qildilar.

Loyiha tomonidan 2021-yil martda yetkazib berilgan yangi jihozlar quyidagilardan iborat bo‘ldi: universal dizel traktori va unga mos osma jihozlar, jumladan, qiya uchastkalar uchun tuproqqa ishlov beruvchi mashina, tuproqni ekin ekishga tayyorlash va tuzilmasini yaxshilash uchun ikki konfiguratsiyadagi plug, shuningdek, yirik urug‘larni qadash uchun 4 qatorli seyalka. Shuningdek, loyiha o‘rmon xo‘jaligiga yuk ko‘tarish qobiliyati 4,5 tonna bo‘lgan tirkamani taqdim etdi.

Tog‘ bioxilma-xilligini asrash loyihasi nafaqat Yakkabog‘ o‘rmon xo‘jaligiga, balki Ohangaron, Burchmulla, Kitob, Shahrisabz, Dehqonobod, Qamashi, Uzun tumanlariga ham yordam ko‘rsatdi, ular shunday qishloq xo‘jaligi to‘plamlariga ega bo‘ldilar. Olingan texnikadan foydalanish har mavsumda 300-400 ga.gacha joyda ekish ishlarini o‘tkazish imkonini beradi.

Ushbu jihozlarni taqdim etib, BMTTD Bekbo‘ta aka va uning jamoasi tasavvur qilgan imkoniyatlarni kengaytirdi, ularga murakkab vazifalarni tezroq bajarish va bu bilan ham vaqt, ham moliyaviy resurslarni tejash imkonini berdi.

O‘rmonchilar, daraxt yoki buta ekishar ekan, hayvonlar va hasharotlar uchun yashash muhitini yaratadilar. Tog‘ ekotizimining barqarorligida ularning roli juda muhim. Masalan, changlatuvchilar uchun sharoitlar yaratish o‘rmon landshaftlarining mahsuldorligini bir necha barobarga oshiradi. Tuproqni tayyorlash va urug‘lar qadash, o‘rmon va dekorativ daraxtlar (yong‘oq va xandon pista), shuningdek buta (do‘lana, na'matak va boshq.)larni ekish jarayonining mexanizatsiyalashuvi o‘rmonli tog‘ massivlari mahalliy ekologiyasini qayta tiklashni tezlashtirish imkonini beradi.

Yakkabog‘ o‘rmonchiligi yaqinida joylashgan tog‘li qishloqlar aholisi o‘sib bormoqda, har bir oila, har bir uy o‘z turar joyini isitish va taom tayyorlashga muhtoj. Har bir uyni energiya bilan ta'minlash bo‘yicha takliflar aholining yoqilg‘iga bo‘lgan talabining bunchalik ortishiga yetishib ololmaydi. Bunday sharoitda odamlar o‘simliklarni o‘tin uchun kesa boshlaydilar. Shu sababli, submintaqaviy o‘rmonlarni himoyalash uchun tez o‘sadigan daraxt turlari ko‘chatlarini ekish va ular bilan mahalliy aholini ta'minlash zarur. Yerni nihol va ko‘chatlar ekish uchun sifatli va tezkor tayyorlash Yakkabog‘ o‘rmon xo‘jaligi hududida bunday turdagi biznesni yuritishning salbiy oqibatlarining oldini olish imkonini beradi.

BMTTD va uning milliy hamkorlari tomonidan O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligidagi salohiyatni muntazam kuchaytirish tog‘li ekotizimlarni boshqarish va tiklashga yordam beribgina qolmay, qo‘shni qishloqlardagi turmush tarzini ham yaxshilaydi. Afzalliklarni Bekbo‘ta aka, uning oilasi, xodimlari va ular istiqomat qiladigan tabiat muhiti his qiladi.