2020 yil Statistik salohiyat indeksida O'zbekiston 66 pog'ona ko'tarildi

12-April, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

2021-yil 9-Aprel: TOSHKENT – “Jahon taraqqiyoti to'g'risidagi hisobot: Yaxshi hayot uchun ma'lumotlar” (World Development Report 2021: Data for Better Lives)da qayd etilishicha,  Jahon Bankining Statistik salohiyat indeksida O'zbekiston 154 mamlakat orasida 67 o'rinni egalladi. 2016 yildan buyon mamlakat ushbu ko'rsatkich bo'yicha 66 pog'onaga ko'tarildi. 24 mart kuni chop etilgan hisobotda kambag'al odamlar hayotini yaxshilash va rivojlanish maqsadlari sari olg'a siljishga e'tibor qaratilgan.

BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskaning ta'kidlashicha, ushbu ajoyib yutuqqa ko'p jihatdan Davlat statistika qo'mitasi bilan birgalikda tashkil etilgan veb-portal sharofati bilan erishildi. Ushbu http://nsdg.stat.uz/ saytida joylashgan onlayn ma'lumotlar bazasida Barqaror rivojalnish maqsadlari (BRM) sari erishilgan milliy yutuqlar to'g'risidagi omma uchun ochiq ma'lumotlar mavjud.

"O'zbekistonning BRM ga erishish bo'yicha yuqori maqsadli kun tartibini to'liq amalga oshirish uchun qaror qabul qiluvchilarga aniq, o'z vaqtida, yetarlicha degagregatsiya qilingan, dolzarb, olish oson va foydalanishda qulay bo'lgan axborot va statistik ma'lumotlar kerak", dedi u. "Ushbu veb-sayt hukumat rahbarlari va jurnalistlar va o'z mamlakatlari qanday rivojlanayotganini bilishlari zarur bo'lgan keng jamoatchilik uchun yangilangan ma'lumotlarni taqdim etadi."

Jahon Banki reytingida mamlakatning Statistik salohiyati ko'rsatkichi uning aholisi va iqtisodiyoti to'g'risida yuqori sifatli ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish va tarqatish qobiliyatini anglatadi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko'rsatkichlarni monitoring qilish, siyosiy vakillik va davlat resurslarini taqsimlash, xususiy sektor investitsiyalarni yo'naltirish va dasturlarni ishlab chiqish va siyosatni shakllantirish to'g'risida xalqaro donorlar hamjamiyatini xabardor qilish uchun bunday sifatli statistika ma'lumotlari zarur.

2019 yil 2 martda ishga tushirilgan milliy BRM veb-portali ushbu statistikani o'zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etadi. O'zbekistonning BRM ga erishish yo'lidagi taraqqiyoti to'g'risidagi statistika birlamchi ma'lumotlar sifatida ham, izohlangan shaklda ham taqdim etiladi. Ushbu ma'lumotlar qo'shimcha ravishda milliy yangiliklar, BRM ga erishishga oid hisobotlar va qonunchilik, shuningdek, BRM lar va 2030 yilgacha kun tartibi to'g'risidagi global nashrlar bilan to'ldirildi.

Dimovskaning ta'kidlashicha, hozirgi paytda O'zbekiston hukumati milliy veb-saytda 100 dan ortiq BRM ko'rsatkichlari to'g'risidagi ma'lumotlarni to'playdi va chop etadi. "Xavfsizroq, inklyuzivroq (kengroq qamrovli), barqaror va ustuvor rivojlanish yo'lidagi oldinga siljishni tezlashtirishda BMTTD milliy hamkasblarimiz va sheriklarimiz bilan hamkorlikni davom ettirishga intiladi", dedi u.

Bundan tashqari, BRM ga erishish borasida xabardorlikni oshirish uchun boshqa statistik mahsulotlarni tayyorlashda BMT Taraqqiyot dasturi Qo'mitaga yordam bermoqda. BRM ko'rsatkichlari bo'yicha ma'lumotlar taqdim etilgan va O'zbekistonda pandemiyadan keyin BRM ga erishish yo'lidagi taraqqiyotni monitoring qilish uchun keng qamrovli vosita bo'lib xizmat qiluvchi BRM lar bo'yicha muntazam statistik to'plamni nashr etishda yordam ko'rsatdi.