Orolbo‘yi muammolarini tizimlar prizmasi orqali hal etish

1-March, 2021

Photo: UNDP Uzbekistan

24-fevral, TOSHKENT – O‘zbekistondagi BMTTD Vakolatxonasi O‘zbekistondagi Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha Maslahat qo‘mitasining Barqaror investisiyalar bo‘yicha ishchi guruhining faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida raqamli seminar sessiyalarining silsilasini hamkorlikda amalga oshirishga kirishdi. Ushbu sessiyalar investisiyalar portfelini shakllantirish hamda mintaqadagi rivojlanish bo‘yicha murakkab, o‘zaro bog‘liq masalalar bo‘yicha yo‘nalish oldirish imkoniyatini beruvchi tizimli fikrlash salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi.

BMTTD tashabbusi bilan BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast jamg‘armasining (IXKShTJ) Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha Maslahat qo‘mitasi xuzurida uchta ishchi guruh tuzildi. Ulardan BMTTDga barqaror investisiyalar hamda ma'lumotlar va baholash bo‘yicha ishchi guruhlarga hamraislik qilish vazifasi yuklatildi. BMTTD ishchi tartibda majlislarni tashkil qilish orqali ushbu guruhlarning ishiga tezda kirishib ketdi. Ilk boshlovchi majlis Barqaror investisiyalar bo‘yicha ishchi guruh doirasida tashkil etildi, mazkur tadbir Orolbo‘yi mintaqasidagi muammolarning negizidagi sabablarni aniqlash va ushbu sabablarni ko‘rsatilgan muammolarga ta'sir ko‘rsatuvchi omillar bilan bog‘lash borasidagi muhokamalarga turtki bo‘ldi. Interaktiv bahslar, shuningdek, bu kabi investisiyalar o‘tmishda qanday tarzda amalga oshirilganligi va ular mazkur o‘zaro masalalarni eng maqbul yo‘l bilan hal etish uchun qanday tarzda o‘zgartirilishi mumkinligi kabi mavzularga asosiy urg‘u berdi.

BRMni integratsiya qilish bo‘yicha o‘z tashabbusi doirasida BMTTD Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish bo‘yicha konsepsiyani ishlab chiqish va yakuniy ko‘rinishga keltirish borasida Hukumatni qo‘llab-quvvatladi. 2019 yilning sentyabr va oktyabr oylarida BRMni mintaqada integratsiya qilish uchun Orolbo‘yi mintaqasini kompleks qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqishga qaratilgan BMT sohalararo guruhlarining ikki marotaba tashrifi amalga oshirildi.

Ilk majlis ochilishi O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Abidov va BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonimning qutlov so‘zlaridan boshlandi. Badriddin Abidovning taklifiga ko‘ra “BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast jamg‘armasi Orolbo‘yi mintaqasining kelajagi uchun qayg‘uradigan barcha do‘stlar va sheriklarning sa'y-harakatlarini birlashtirish uchun yagona maydon sifatida xizmat qilishi kerak”.

O‘z navbatida, Dimovska xonim ushbu tadbirning muhimligini ta'kidladi, chunki u biz Orolbo‘yi fojeasi muammosini qay tarzda kollektiv ravishda o‘rganishimiz va uning yechimini topish ustida ish olib borishimiz borasida burilish nuqtasiga aylanishi mumkin. “Kelgusi hatti-harakatlar sifatida, mavjud ma'lumotlarni tizimli yondashuv bilan birlashtirish va chora-tadbirlar uchun strategik nuqtalarni aniqlash, va shu orqali barqarorlik va hayot kechirish uchun daromadlarni tegishli darajada ushlab turish uchun mintaqani o‘zgartirish imkoniyatini beruvchi moliyalashtirishga yo‘l ochish muhimdir”.

Ilk majlisda tegishli vazirliklar, davlat idoralari, NTTlar, rivojlanish bo‘yicha xalqaro hamkorlar va donor tashkilotlardan 50 nafar ekspert va mutaxassislar ishtirok etdilar, ularning barchasi Orolbo‘yi mintaqasida Barqaror investisiyalar bo‘yicha ishchi guruh tarkibiga kiradilar.

Keyingi barcha majlislar ham raqamli shaklda Zoom orqali amalga oshiriladi, bu dunyoning barcha chekkalaridagi ishchi guruh a'zolariga ishtirok etish imkoniyatini beradi. Mazkur uchrashuvlar silsilasi igtirokchilarga Orolbo‘yi mintaqasidagi murakkab va davomiy muammolarga mos keluvchi loyihaviy investisiyalar portfelini shakllantirishga yordam berish uchun xizmat qiladi.

Sessiyalar silsilasi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda BMTTD mintaqadagi muammolar orasida o‘ta muhim kesishmalarni aniqlash uchun tizimli xaritalash va ushbu muammolarni keltirib chiqaruvchi omillarning xaritasini tuzish bo‘yicha ikki sessiyani o‘tkazishda yordam beradi. Ikkinchi bosqichda BMTTD mintaqada investisiyalarni qa         yta taqsimlash bo‘yicha variantlar majmuasini ishlab chiqish va har bir variant mintaqadagi aholining turmushiga qanday qilib ijobiy ta'sir ko‘rsatishini tekshirish uchun portfel strategiyasi bo‘yicha ikki sessiyani o‘tkazishda yordam beradi.

“Asosiy nuqta shundan iborat-ki, tizimli fikrlash imkoniyatlarini rivojlantirish va investisiyalarni yuqori samaradorlik bilan kompleks vazifalarni yechishga qaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish lozim”, - dedi BMTTDning doimiy vakili Matilda Dimovska xonim.