Poytaxtimizda Oʻzbekistonning "Yashil iqtisodiyot"ga oʻtishining strategik va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro forum boʻlib oʻtdi.

5-March, 2021

Photo: UNDP Uzbekistan

5-mart 2021 yil, TOSHKENT.

3-4 mart kunlari Toshkentda “Yangi imkoniyatlar sari: COVID-19 koronavirus pandemiyasidan keyingi Oʻzbekistonning yashil tiklanishi” mavzusida xalqaro onlayn-forum oʻtkazildi. Forumning asosiy maqsadi - hukumat, biznes va jamoatchilik qanday qilib yashil tiklanishga asoslangan yangi siyosatni amalga oshirish uchun saʼy-harakatlarini birlashtira olishlarini muhokama qiladigan va “yashil” iqtisodiyotga oʻtishda koʻmak koʻrsatish uchun amaliy qadamlarni belgilaydigan onlayn platforma boʻldi.

Ushbu Forum Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, xususan Iqtisodiy taraqqiyot va qambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometerologik xizmat koʻrsatish markazi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Yevropa Ittifoqi (EI) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (BMTEIK) tomonidan oʻtkazildi.

Xalqaro forum uch maqsadni koʻzladi:

“Yashil” tiklanish va barcha manfaatdor tomonlarni birlashtirish maqsadida Oʻzbekiston uchun  yanada yaxshi rivojlanishi nimani anglatishini oʻrganish.

Energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari, energiya samaradorligi, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va boshqa tegishli yoʻnalishlardagi siyosatni, shu jumladan, Oʻzbekistonda “yashil” iqtisodiyotga oʻtish, “yashil” tiklanish jarayonida boʻlajak ehtimolli inqirozlarga ilgʻor va barqaror jamiyat va iqtisodiyotni yaratishga koʻmak berish, bir vaqtni oʻzida tabiiy resurslar va atrof-muhitga bosimni pasaytirish siyosatini muhokama qilish uchun maydonni taqdim etish.

Nihoyat, COVID-19 davrida va keng tarqalishi holatida Oʻzbekiston hukumatini “yashil” iqtisodiyotini tiklashida qoʻllab-quvvatlash maqsadida muhokama qilish va kelgusida ishlab chiqish uchun tavsiyalar toʻplami va amaliy harakatlarni shakllantirish.

Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha ishlar 2019 yilning oktabr oyida “2019 — 2030 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi” qabul qilingandan soʻng,  COVID-19 pandemiyasi arafasida boshlab yuborilgan edi. Ushbu strategiya energiya samaradorligini oshirish, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan foydalanishni kengaytirish, resurslardan foydalanish unumdorligi va qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish, hamda yerlar degradatsiyasini qisqartirish hisobiga issiqxona gazlarini havoga tashlanishini qisqartirishni nazarda tutadi.

Barcha resurslar COVID-19 pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga qarshi kurashishga qaratilgani sababli milliy strategiya implementatsiyasi 2020 yilda sekinlashishiga qaramasdan sogʻliqni saqlash tizimining global inqirozi jamoatchilik salomatligi, iqlim va tabiat oʻrtasidagi aloqani kuchaytirdi. Yuzaga kelgan vaziyatlar yashil iqtisodiyotga juda kuchli turtki berishi mumkin (masalan, iqlim oʻzgarishiga javoban yashil va sirkulyar iqtisodiyotga global oʻtish vaqtida boʻlganidek).

Onlayn forum ekspertlarning toʻrtta sessiyasi va tadbirni ochilish hamda yopilishdagi hukumat, BMTTD, BMT YeIK va YeI yuqori lavozimli vakillarining bayonotlaridan iborat boʻldi. Forumning interfaol onlayn sessiyalari Oʻzbekistonni yanada koʻproq ekologik va pastuglerodli yoʻlda “yangi imkoniyatlar sari” rivojlanish yoʻnalishlarini keng muhokama qilishga koʻmak berdi. Hamda issiqxona gazlarini havoga tashlanishini oshishidan iqtisodiyotni yiroqlashtirish va yaqin kelajakda iqlimiy va noiqlimiy larzalarga bardoshligini kuchaytirish imkonini beradigan ustuvor harakatlar va “yashil” moliyalashtirish vositalarini belgilab olish imkonini beradi.

Mazkur tadbir doirasida ekspertlar rahbarligida oʻtkazilgan toʻrtta sessiya quyidagi konsepsiyani shakllantirishga yordam berdi:

  • “Yangi imkoniyatlar sari: Oʻzbekistonning yashil tiklanishi va olgʻa yoʻl” pandemiyani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga taʼsirini muhokama qilish va “yashil tiklanish” rejalarini, hamda resurslardan foydalanish unumdorligini oshirish uchun  mavjud siyosiy va moliyaviy vositalarni ishlab chiqish imkonini berdi.
  • “Oʻzbekistonni yashil tiklanishi uchun yetishmovchilik va imkoniyatlarni izlab topish” yashil iqtisodiyot Strategiyasini oʻrganish va COVID-19 inqirozidan soʻng mamlakatni tiklash boʻyicha rejalar bilan aloqadorligini oʻrnatish imkonini berdi. BMTTD kelishuvlarga sodiqligini va konsultativ hamda muvofiqlashtirish madadini taqdim etish, texnik yordam koʻrsatish va donorlar hamda sarmoyadorlar mablagʻlarini jalb qilishga yordam berish orqali yashil iqtisodiyot boʻyicha Milliy idoralararo kengashni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.
  • "Yashil moliyalashtirish vositalariga chuqur kirishish": yashil sarmoyalash uchun xatarliklarni kamaytiruvchi omillarni aniqlagan holda tegishli moliyaviy vositalar, hamda tegishli loyihalarni moliyalashtiradigan mavjud xalqaro jamgʻarmalar va institutlar bilan amaldagi milliy va xalqaro ishlash tajribasini qamrab oladi.
  • "Xususiy sektorda raqamli transformatsiya uchun maqbul muhit": Oʻzbekistonning raqamli transformatsiyasi va yashil tiklanishiga koʻmaklashishda xususiy sektor salohiyatini toʻliq erkinlashtirishga urinishlarda duch kelinadigan huquqiy baza, moliyalashtirish, aloqa va infratuzilma bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni koʻrib chiqish imkonini beradi.

Toʻrtta sessiyadan soʻng ishtirokchilarning oʻzaro qizgʻin munozaralari oʻtkazildi, forumni oʻzi esa Oʻzbekistonni yashil tiklanish boʻyicha kelishilgan ustuvor harakatlarining umumlashtirilgan maʼlumotlarini taqdim etish bilan yakunlandi. Forum ishida 250 nafardan ortiq xususiy va davlat sektorlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Muhokamalar va umumiy tavsiyalar uchun forumda BMT taraqqiyot Dasturi tomonidan tayyorlangan “Yashil tiklanish va Oʻzbekistonni yashil iqtisodiyotga oʻtishi” nomli tahliliy maʼlumotnomadan qisqacha izohlar taqdim etildi. Hujjatda “yashil” tiklanish uchun ustuvor sektorlar aniqlangan, ularning imkoniyatlari va muammolari tahlil qilingan, hamda “yashil” iqtisodiyotning Milliy strategiyasini amalda bajarishga yordam berishi mumkin boʻlgan “yashil” strategiyalar, harakatlar va amaliyotlar hukumatga taqdim etildi. Qisqacha maʼlumot suvdan samarali foydalanish, oqava suvlarni tozalash va ulardan qayta foydalanish, dekarbonlashtirish va energiyaning muqobil manbalariga keng koʻlamda oʻtish, chiqindilarni boshqarish, qayta ishlash va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari ekologik taʼsirini pasaytirish, elektr transportidan foydalanishni ragʻbatlantirish, shaharni yashil koʻrinishga keltirish gʻoyasini ilgari surish, sanoat, qurilish va turar joylar qurilishini koʻkalamzorlashtirish, yetkazib berish zanjirlaridagi qoʻshimcha qiymatni “yashillashtirish” va oshirish, unumdorlik hamda resurslar barqarorligini (ayniqsa, qishloq xoʻjaligida) oshirish,  xususiy sektorni “yashil” sarmoyalardan foydalana olishi va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha xabardorligini oshirish kabi sohalarda  BMTTD va boshqa rivojlanish boʻyicha xalqaro agentliklar hamda donorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan uzoq muddatli oʻzaro hamkorligiga koʻmak berish uchun ishlatiladi, bularni barchasi esa Oʻzbekistonni koronavirusdan keyingi olamda yanada yashil va barqaror rivojlanishiga koʻmak berishi mumkin.

Forumning tahliliy maʼlumotnoma va tavsiyalarida taklif etilgan ustuvor saʼy-harakatlar keng koʻlamli maslahatlashuvlarni va BMTTDning “Oʻzbekistonda yashil tiklanishga oʻtish yoʻlida” loyihasi doirasida qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hukumatiga taqdim etiladi. Oʻzbekiston hukumati boshchiligida amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi yashil iqtisodiyotga oʻtish uchun yoʻl haritasi va investitsiyaviy strategiyani ishlab chiqish mazkur jarayonning kutilayotgan yakuniy natijasi boʻladi.

Barcha taqdim etilgan materiallar va majlislarning videoyozuvlari, hamda tahliliy maʼlumotnoma va yashil tiklanish hamda barqaror rivojlanish haqidagi qoʻshimcha axborot forumning veb-saytiga ochiq joylashtiriladi:

https://www.uz.undp.org/content/uzbekistan/en/home/greenrecovery.html.

****

Marhamat qilib, forum haqida intervyu va qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun BMTTDning kommunikatsiyalar boʻyicha tahlilchisi Feruza Nomozovaga feruza.nomozova@undp.org manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Spikerlar mulohazalaridan:

"Biz yashil iqtisodiyotga oʻtishni innovatsiyalar va iqtisod bilimlari asosida iqtisodiy rivojlanishni ragʻbatlantirishni uslublaridan deb hisoblaymiz.... joriy yil mobaynida biz BMTTD bilan birgalikda 2021 yil va undan keyingi yilda Qoraqalpogʻiston va Fargʻona vodiysining namunaviy tumanlarida amalga oshiriladigan barqaror yashil rivojlanishni ilgari suradigan va unga koʻmak berishga yoʻnaltirilgan “Yangi tiklanish sari” nomi ostida Oʻzbekistonda yashil tiklanish boʻyicha yangi qoʻshma loyihani ishga tushirdik".- Jamshid Qoʻchqorov, Bosh vazir oʻrinbosari / Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri

“Iqlim oʻzgarishi va tabiiy resurslardan yanada koʻproq foydalanish kelajakdagi oʻsishga toʻsiq boʻlmasligi, qambagʻallik darajasini qisqartirish borasida erishilgan taraqqiyotga putur yetkazmasligi va Oʻzbekistonning oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligiga erishish lozim” – Miryana Spolyarich Egger, BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMTTD maʼmuri yordamchisi va Yevropa va MDH boʻyicha mintaqaviy direktor.

"Oʻzbekiston aholisining 60 foizi - 30 yoshgacha boʻlgan odamlar. Mamlakat aholisining yarmidan koʻprogʻi hukumat islohotlaridan oddiygina foydalanuvchi boʻlib emas, balki oʻzgarishlarni boshlovchilari boʻlishlari zarur"- Fransua Bejo, Hamkorlik boʻyicha rahbar, YeIning Oʻzbekistondagi delegatsiyasi.