“Startap Tashabbuslari” dasturi beshinchi davrining boshlanishi

9-March, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

Bugun, 9-mart kuni yoshlarning startap tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash dasturining beshinchi davri boshlandi va unda tanlov natijalariga ko'ra Toshkent shaxridan 46 ta startap loyihalari ishtirok etishlari rejalashtirilgan. Dasturning bu davrida, viloyatlarda ham alohida tanlov o’tkazilib ja’mi 273 ta loyihalar jamoalari uchun mahalliy seminarlar va mahorat darslari tashkil etiladi.

Bu davrda dastur ilk marotaba online tarzda o’tkazilib O'zbekistonning barcha mintaqalarini qamrab oldi. Pandemiya bilan bogliq cheklovlarga qaramay rekord darajadagi 905 ta arizalar qabul qilindi, bu avvalgi davrga nisbatan nisbatan 72 foizga ko’pdir.

Arizalarni o'zaro tahlil qilish va tashabbuskorlar bilan suhbatlar o'tkazish bosqichi natijasida tanlovdan o'tgan loyiha ishtirokchilari bo’yicha kichik statistikasini taxlil qiladigan bo’lsak, quyidagi qiziq ma’lumotlar ma’lum bo’ldi:

  • O'quv-mashg’ulotlariga taklif qilinadigan 273 ta loyihadan 50 foizdan ortig’i (yoki 144 tasi) oliy o'quv yurtlarining faol talabalari tomonidan taqdim qilingan;
  • 122 ta loyiha g'oyani amalga oshirish bosqichida, yana 121 ta (44%) loyihada prototiplar mavjud, 30 ta (11%) loyihalar ishga tushirilgan va ularning birinchi mijozlari va sotuvlari mavjud;
  • Har bir loyiha jamoasi o'rtacha 3 kishidan iborat. O’gil va qiz ishtirokchilarning nisbati 4ga 1ni tashkil qiladi.

Ta'lim va xususiy sektor o'rtasidagi aloqani ta'minlash bilan qo’llab-quvvatlash dasturi tomonlarning ehtiyojlariga javob beradigan istiqbolli yoshlarning g'oyalari, texnologiyalari va loyihalarini qidirish, tanlash va sinovdan o'tkazish, mamlakatning innovatsion va tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish uchun samarali o'zaro muloqot mexanizmini yaratishga yordam beradi.

Dasturni amalga oshirishda bu yil Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi, Turizmni Rivojlantirish Davlat Qo’mitasi, Innovatsion Rivojlanish Vazirligi, AKT Rivojlantirish Vazirligi, O'zbekiston Savdo Sanoat Palatasi, Toshkent shahar Hokimiyati, IT Markazlar, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti, DataSite Technology, Digital Trust, Ground Zero va C-Space kovorking markazlari ham ishtirok etishmoqda.

Arizalar soniga ko’ra 52 ta loyiha bilan «EdTech» yoshlar uchun eng ma’qul yo'nalish hisoblansa, «Savdo va xizmatlar»ga tegishli 51 ta loyiha undan keyingi ikkinchi ommalashgan soha bo’ldi. «Ijtimoiy texnologiyalar» 26 ta loyiha bilan eng yaxshi uchta yo'nalishni egallashti. Bu yil shuningdek «AgroTech va FoodTech», «Transport va logistika xizmatlari» sohalariga yoshlar startaplarni rivojlantirish uchun istiqbolli yo’nalish sifatida qarashmoqda.

Dasturni besh kunlik intensiv seminar boshlab berib unda qatnashuvchilar “tejamkor startap” (Lean Startup) uslubiyatidan foydalangan holda startapni boshlash asoslarini o'rganadilar. O'quv mashg’ulotlaridan so'ng, yosh startapchilar o'z loyihalarini amaliy ravishda tadbiq etishga o'tadilar - ular loyihani amalga oshirish uchun yo'l xaritasini tuzadilar, loyihalarining qiymat takliflarini sinab ko'radilar, maqsadli auditoriya ehtiyojlarini o'rganadilar, ishchi modellarni yaratadilar va birlamchi sotuvlarini sinab ko'radilar.

Dastur davomida loyihalarga trekerlar, ya’ni tajribali murabbiylar yo’nalish berishadi va maslahatlar berishadi, jamoaning rivojlanishini kuzatib borishadi va maqsadlarga erishishda ko’rsatmalar berishadi. Keyingi oy davomida ishtirokchilar uchun ixtisoslashgan mutaxassislar va muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishtirokida startap loyihalarini amalga oshirish bilan bog'liq turli masalalar bo'yicha mahorat darslari va ekspert maslahatlari tashkil etiladi.

Bu yil Toshkentdan tashqari O’zbekistonning barcha viloyatlarida alohida seminarlar va mahorat darslari, trekerlar kuzatuvi, mahorat saboqlari va ekspert maslahatlari online tarzda tashkil etiladi va unda 273 nafar yoshlar o’z innovatsion loyihalari bilan ishtirok etishlari rejalashtirilgan. Dasturning mintaqaviy bosqichi yakunlangach, ekspertlar guruhi tomonidan tanlab olingan eng yaxshi loyihalar yakuniy “Demo day” (Namoyish kuni) da o'z loyihalarini manfaatdor tashkilotlar va sarmoyachilarni jalb qilish uchun taqdim etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Qo'llab-quvvatlash dasturi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (BMMV) tomonidan Rossiya Federatsiyasi moliyaviy ko’magida "O'zbekistonda yoshlar bandligiga ko’maklashish" qo'shma loyihasi doirasida Yoshlar Ishlari Agentligi, "Yoshlar-kelajagimiz" Jamg'armasi, O'zbekiston Yoshlar Tadbirkorligini Qo'llab Quvvatlash Markazi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining texnoparki (IT-Park) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Respublikaning barcha hududlaridan eng istiqbolli 40 ta loyiha jamoalari (har bir viloyatdan 3 tagacha va Toshkent shahrida 10 tagacha loyiha) yakuniy taqdimotlar natijasiga ko’ra o’z startaplarini amalga oshirish uchun 50 million so’mgacha maqsadli grantlar bilan taqdirlanadilar. Bu grantlar «Yoshlar-kelajagimiz» jamg’armasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun Yaponiya xukumati moliyaviy ko’magi asosida ajratiladi.

***

Dastur haqida ko'proq ma'lumotni bizning Facebook sahifamizda va Telegram kanalida va http://startupinitiatives.uz/ sahifamiz orqali olishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot: 90 317 39 59 Usmon Raximjanov, “O'zbekistonda yoshlar bandligiga ko'maklashish” loyihasi, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yo'nalishi menejeri

OAV vakillari uchun: 93 397 75 99, Bexzod Umarov, “O'zbekistonda yoshlar bandligiga ko'maklashish” loyihasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassis.