Butunjahon suv kuniga bag'ishlangan Irrigatsiya tadqiqot markazi ochildi

18-March, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

18 mart, Toshkent - 22 mart - Butunjahon suv kuni munosabati bilan Evropa Ittifoqining “O’zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi doirasida BMT Taraqqiyot dasturi va O'zbekiston Suv xo'jaligi vazirligining “Texnik salohiyatni mustahkamlash”   qo'shma loyihasi doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari uchun ilmiy-o'quv markazi rasman ochdi. Markaz o'quvchilar tomonidan sug'orishda qo'llaniladigan suvni tejaydigan ilg'or texnologiyalarni o'rganish uchun foydalanadi.

Butunjahon suv kunini nishonlash g'oyasi birinchi marta 1992 yilda Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan BMTning Atrof-muhit va taraqqiyot bo'yicha konferentsiyasida yangragan. BMT Bosh assambleyasi 1993 yil 22 fevraldagi 47/193 qarorini qabul qilib, 22 martni Butunjahon suv kuni deb e'lon qildi. Bu yil Butunjahon suv kuni "Suvn qadri!" shiori ostida nishonlanmoqda. Afsuski, dunyoda 2,2 milliard odamning xavfsiz suvdan foydalanish muammosi haligacha hil elitgani yo’q.

Mazkur o'quv markazida o'quv xonalari, lizimetrik majmua, nasos stantsiyasi va turli xil sug'orish texnologiyalari mavjud bo'lib, suvni tejaydigan texnologiyalarni tatbiq etish va qo'llash bo'yicha o'quv dasturlari va tadqiqot ishlarini takomillashtirishga mo'ljallangan. Markaz qurilishi loyihaning barqarorligini ta'minlab suvni boshqarish bo'yicha mutahassislarning kasbiy salohiyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

O'quv markazining ochilish marosimida o'quv modullari, gidrotexnik muhandislari uchun qo'llanma va texnik jihozlar topshitildi, shuningdek Butunjahon suv kuni munosabati bilan tashkil etilgan bir qator musobaqalar g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbir yakunida bayram oshi va Bahor bayrami taomi bo’lgan Navruz sumalagi mehmonlarga tortiq editldi.

Tadbirda Evropa Ittifoqining O'zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori, Suv xo'jaligi vaziri o’rinbosari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri o’rinbosari, shuningdek Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Ushbu muhim xalqaro kunni Evropa Ittifoqi dasturi doirasida O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi qo'shma loyihasi doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti bilan birgalikda nishonlash yaxshi an'anaga aylangan.