Orolbo‘yi mintaqasining barqaror rivojlanishi uchun ma'lumotlar tizimlari

15-March, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

17 mart, TOSHKENT – O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi va BMTTD O‘zbekistondagi Orolbo‘yi mintaqasining barqaror rivojlanishi bo‘yicha Maslahat qo‘mitasining ma'lumotlar va baholashlar bo‘yicha texnik guruhining faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida birgalikda o‘quv seminarlari silsilasini o‘tkazmoqdalar. Tizimli fikrlash imkoniyatlari bo‘yicha parallel mashg‘ulotlarni to‘ldirib kelgan holda, birgalikda tashkillashtirilgan seminarlar Orolbo‘yi mintaqasidagi chora-tadbirlarning ustuvor vazifalarini aniqlashtirish uchun ma'lumotlarga tayangan hujjatlar asosini yaratish imkoniyatini beradi.

Fevral oyining so‘nggi sanalarida bo‘lib o‘tgan Barqaror investisiyalar bo‘yicha ishchi guruhning ilk mashg‘ulotidan so‘ng Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda BMTTD ushbu haftada Ma'lumotlar va baholashlar bo‘yicha texnik guruhi uchun tanishtiruv mashg‘ulotini o‘tkazdilar. Mashg‘ulot mobaynidagi muhokamalar davomida tegishli joriy siyosiy landshaft va ilg‘or jahon tajribasini ko‘rib chiqqan holda, ma'lumotlar/dalillarga asoslangan tarzda siyosatni ishlab chiqish muhimligi ta'kidlandi, shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasidagi vaziyat to‘g‘risida mavjud ma'lumotlardagi kamchiliklar aniqlandi.

Mazkur yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Abidov va BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonimning nutqlaridan boshlandi. Janob Abidov ta'kidlashicha "islohotlarni yanada samaraliroq amalga oshirish uchun keng qamrovli dalillar bazasini hamda monitoring ma'lumotlari tahlili va ular bilan almashuvning ishonchli, "yaxlit va foydalanish uchun qulay tizimini yaratish juda muhimdir", va mana shular Texnik guruh erishishi lozim bo‘lgan natijalardir.O‘z navbatida, Dimovska xonim ham asoslangan qarorlar qabul qilish jarayoni to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olishda Ma'lumotlar va baholashlar bo‘yicha texnik guruhining ahamiyatiga urg‘u berdi. "Ko‘psheriklik asosidagi maqsadli jamg‘arma homiyligida tashkil etilgan ikki Ishchi guruh o‘rtasidagi qo‘shma faoliyat Orolbo‘yi mintaqasida asoslangan va natijaga yo‘naltirilgan siyosatni shakllantirish uchun muhim o‘rin tutadi".

Mashg‘ulot davomidagi ma'ruzalardan biri Orolbo‘yi mintaqasidagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi va qurg‘oqchilik bilan bog‘liq xatarlar borasidagi vaziyatni baholash uchun O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi tomonidan jalb etilgan Kolumbiya universitetining Yer muammolari bo‘yicha instituti tomonidan taqdim etildi.

Tanishtiruv mashg‘ulotida hukumat vazirliklari, idoralari, NTTlar, rivojlanish bo‘yicha halqaro hamkorlar va istiqboldagi homiylardan iborat 40 nafar vakillar ishtirok etib, ularning barchasi Orolbo‘yi mintaqasining Ma'lumotlar va baholashlar bo‘yicha texnik guruhining a'zolaridir. Ushbu mashg‘ulotlar mobaynida qatnashchilarga o‘zaro bog‘liq iqlimga oid va ijtimoiy-iqtisodiy ma'lumotlarni to‘plash va tahlil etish hamda ushbu ma'lumotlarni Orol dengizi fojeasi nuqtai nazaridan anglash uchun ularning yangi tizimli fikrlash qobiliyatlaridan foydalanish borasida bilimlar beriladi.

"Pirovard maqsad axborotni ma'lumotga, ma'lumotni esa tahlil xulosasiga aylantirishdan iborat", - dedi BMTTDning doimiy vakili Matilda Dimovska.