BMTTD Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga raqamli yondashuvni targʻib qilmoqda

10-March, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

BMTTDning Qoʻshma dasturi doirasida Yaponiyalik mutaxassis Qoraqalpogʻistonning uchta tumanida raqamlashtirish boʻyicha seminarlar turkumini oʻtkazmoqda.

Asosiy iqtisodiy markazlar boʻlmish Toshkent va Samarqanddan yiroqda joylashgan Nukusning geografik joylashuvi mahalliy tadbirkorlarning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun mahalliy aholiga oʻz mahsulotini sotish uchun muqobil platformani topish juda ham muhim masala hisoblanadi, bu vaziyatda ular oʻzlarining daromadlarini oshirish va barqarorlashtirish imkoniga ega boʻlar edilar.  Raqamlashtirish esa bunday holatda mazkur vazifani muhim yechimi boʻla oladi.

YuNFPA bilan birgalikdagi, Yaponiya hukumati moliyalashtirayotgan “Orolboʻyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sog’liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash” Qoʻshma dasturi doirasida BMTTD seminarlar mobaynida mahalliy aholi faoliyatida elektron tijorat, mobil toʻlovlar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni keng targʻib etish uchun daromad olish masalalari boʻyicha Yaponiyadan xalqaro mutaxassisni jalb etdi.

Oʻtkaziladigan toʻrtta mahorat darsi “OLX” va “Pinterest” platformalari haqidagi masalalarni, “Telegram” va “Zoodmall”larda mahsulotlar toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirish va mijozlarni axtarish, “Payme” yoki “CLICK” mobil ilovalari orqali mablagʻ topish, hamda “Facebook” va “Instagram” butun jahon ijtimoiy tarmoqlari boʻylab mahsulot reklamasini joylashtirish kabi masalalarni qamrab oladi.

Seminarlar turkumi Boʻzatov, Qoraoʻzak va Chimboy tumanlarini  qamrab oladi. Har bir seminarda 20 nafarga yaqin mahalliy tadbirkorlar, ayniqsa ayollar va yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda. Treninglarni oʻtkazishdan maqsad-elektron tijorat va ijtimoiy tarmoqlarda mahsulot reklamasiga, mustaqil ravishda mobil toʻlov ilovalari orqali toʻlovlarni olishni oʻrgatish orqali mahalliy aholini tadbirkorlik faoliyatidagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.  Bu esa ham mahalliy tadbirkorlarga, ham ularning mijozlariga uydan chiqmasdan turib xaridlarni amalga oshirish, ijara toʻlovlari va yoʻlga ketadigan vaqtni tejash imkonini beradi. Boz ustiga, COVID-19 pandemiyasi sharoitida bunday yondashuv odamlar salomatligi uchun eng xavfsiz hisoblanadi.

Tadbirning butun davomida mahalliy tadbirkorlar oʻz faoliyati koʻlamini, hamda biznes-ufqlarini yanada kengaytirish uchun raqamli platformada amaliy ishlar bilan shugʻullanishlari kutilmoqda. Bunga qoʻshimcha tarzda, trening AT-savodxonlikni oshirishga koʻmak beradi, hamda boshqa sohalarda raqamli yondashuvdan foydalanish istiqbollarini ochib beradi.

2020 yildan beri Yaponiya hukumati moliyalashtirayotgan Qoʻshma dastur biznesni rivojlantirishni tashkil etish, kadrlar malakasini oshirish va mahalliy biznes- tashabbuskorlarga uskunalarni taqdim etish yoʻli bilan uchta namunali tumanda qishloq tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab kelmoqda.

Dasturning muhim maqsadlaridan biri - bu daromad manbalarini, yangi ish oʻrinlarini yaratish, shu jumladan, Orol dengizini qurib qolishidan aziyat chekkan hudud aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash boʻyicha asosiy ijtimoiy xizmatlardan bahramand boʻlishni tashkil etish uchun inklyuziv biznes tashabbuslarni ishga tushirishda koʻmak berishdan iboratdir.