O‘zbekistonda Worldskills ekspertlar hamjamiyatini tayyorlash va uning salohiyatini oshirish tashabbusining ishga tushirilishi

19-February, 2021

Photo: UNDP Uzbekistan

2021-yil 19-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining majlislar zalida WorldSkills ekspertlar hamjamiyatini tayyorlash va uning salohiyatini oshirish maxsus dasturining ishga tushirilishga bagishlangan tadbir o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda inson kapitalini to‘laqonli rivojlantirish, oliy va professional ta’limning sifatini oshirish, mehnat bozorining rivojlanishi tendensiyalarini inobatga olgan holda, aholining keng qatlamlarini talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish hamda malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish borasida keng ko'lamli islohotlar olib borilmoqda.

Bu borada 2020-yilning 11-avgustida qabul qilingan №PQ-4804-sonli “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori alohida dolzarblik va ahamiyatni kasb etadi.

Xususan, Qarorda “Ishga Markamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o'qitish markazlari bitiruvchilarining WorldSkills standartlari asosida kasbiy mahoratlarini baholashni tashkil etish hamda uchbu baholashdan muvaffaqiyatli o'tgan bitiruvchilarga mamlakatimizda va chet elda tan olinadigan malaka pasporti (Skills Passport)ni taqdim etish ko'zda tutilgan. Bu shubhasiz aholi uchun ish bilan ta'minlash va kasbiy o'sish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.

Ushbu qarorni bajarish maqsadida BMTTD Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda WorldSkills standartlariga muvofiq professional vakolatlarni shakllantirishga hissa qo'shishga mo'ljallangan.

WorldSkills – bu xalqaro ijtimoiy harakatdir. Uning asosiy vazifasi butun dunyo bo’ylab odamlarning o'z-o’zini kasbiy anglashi uchun sharoit yaratishdir.

WorldSkills International - bu xalqaro notijorat Assotsiatsiya bo'lib, uning maqsadi butun dunyo bo'ylab kasb-hunar ta'limi maqomi va standartlarini oshirish, butun dunyo bo'ylab xalqaro musobaqalar orqali ishchi kasblarni ommalashtirishdir. Assotsiatsiya 1946 yilda tashkil etilgan bo'lib, unga 85 ta a'zo davlat kiradi. O'zbekiston Assotsiatsiyaga 2019 yilda qo'shildi.

“WorldSkills Uzbekistan” ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish Assotsiatsiyasi O'zbekistondagi WorldSkills milliy operatori hisoblanadi.

Uchrashuv davomida rejalashtirilgan tashabbuslar va Rossiya Federatsiyasining tajribasi borasida taqdimotlari qilinadi, tadbirkorlar, ekspertlar hamjamiyati hamda yoshlarning kasbiy mahoratini oshirishda bevosita ishtirok etayotgan nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirokida fikr almashinuvi o’tkaziladi.

Ushbu tashabbusda mamlakatimiz uchun kasbiy tayyorgarlikning innovatsion tizimini yaratishda va WorldSkills standartlariga muvofiq talabalarning vakolatlarini mustaqil baholashda bevosita ishtirok etadigan WorldSkills Uzbekistan ekspertlar hamjamiyatini tashkil etish, so'ngra (Skills pasportlar) mahoratlar pasportlarini topshirish ko'zda tutilgan.

Bundan tashqari ushbu tashabbus doirasida “Ishga Marhamat” Monomarkazi negizida WorldSkills standartlariga asoslangan Malakalarni Baholash Markazi (MBM) va Kasb-hunarga O'qitish Markazini (KO’M) yaratish orqali mahoratlarni mustaqil baholash tizimi yaratilishi nazarda tutilgan.

Ushbu tadbirda Bandlik va mehnat aloqalar vazirligi, Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish Assotsiatsiyasi (WorldSkills Uzbekistan), Kasbiy maxoratni rivojlantirish agentligi (WorldSkills Rossiya), Rossiya Federatsiyasining Elchixonasi, BMTTD va boshqa vazirlik va idoralar vakillari qatnashishi rejalashtirilgan. Kasbiy maxoratni rivojlantirish agentligi (WorldSkills Rossiya), mintaqaviy kasb-xunar o'quv markazlari va boshqa vakillar Zoom orqali onlayn tarzda qatnashishi kutilmoqda.

Tadbirda treninglarda qatnashib, baholashdan eng yuqori ko’rsatkichlar bilan muvaffaqiyatli o’tgan ishtirokchilarga WorldSkills Uzbekistan eksperti maqomini beradigan sertifikatlarni topshirish marosimi o’tkaziladi.

Tashabbus Rossiya Federatsiyasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTTD va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Oʼzbekistonda yoshlar bandligiga koʼmaklashish” qoʼshma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

OAV vakillari uchun:

71 202 15 05 (206), Malika Kurbanova, O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Matbuot Xizmati vakili

93 397 75 99, Bexzod Umarov, “Oʼzbekistonda yoshlar bandligiga koʼmaklashish” loyihasining jamoatchilik bilan ishlash boʼyicha assistenti