O‘zbekistonda mahalla tizimini raqamlashtirishga ko‘maklashish

19-February, 2021

Photo: UNDP Uzbekistan

2021 yil 19 fevral, TOSHKENT – BMTTD, Yaponiya Hukumatining moliyaviy yordamida, aholining himoyaga muhtoj guruhlarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan raqamli infratuzilma va xizmatlarni yaratish bo‘yicha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga texnik ko‘mak ko‘rsatdi.

COVID-19 pandemiyasi butun dunyoda raqamlashtirish uchun katalizator vazifasini o‘tadi, 2020 yilda 22%dan ortiq mamlakatlar elektron davlat boshqaruvi bo‘yicha o‘z tizimlarini takomillashtirdilar. Onlayn ish tarziga misli ko‘rilmagan darajada o‘tish va ijtimoiy masofa saqlash qoidalarini joriy etish natijasida inqiroz vaqtida xizmatlarini olish bo‘yicha so‘rovnomalar ostida ko‘milib ketgan davlat xizmatlari ishga nisbatan o‘z yondashuvlarini keskin o‘zgartirishga majbur bo‘ldilar.

Prezident Shavkat Mirziyoev yaqinda ta'kidlaganidek, O‘zbekistondagi barcha darajadagi ijrochi rahbarlar raqamlashtirishni o‘z kundalik vazifalariga kiritishlari lozim. “Odamlar qog‘ozbozlik va korrupsiyani kamaytirishdagi, davlat xizmatlarini taqdim qilishni tezlashtirishdagi o‘zgarishlarni his etishlari kerak”, - dedi u.

Davlat xizmatlari pandemiya davrida boshqa davrlarga nisbatan yanada samaraliroq ishlashni davom ettirishlari lozimligini inobatga olinsa, mamlakatlar o‘z raqamli infratuzilmalarini rivojlantirishni davom ettirishlari hamda fuqarolarni undan foydalanishga o‘rgatishlari zarur. Ushbu sa'y-harakatlar inson huquqlarini himoya qilishga va odamlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishni ta'minlashga yordam berdi.

Yaponiya Hukumatining moliyaviy yordamida BMTTD vazirlikka yangi raqamli infratuzilmani yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli texnik yordam ko‘rsatdi. Mazkur tashabbus davlat xizmatlarini, ayniqsa ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganlarini, taqdim qilish samaradorligini oshirish imkonini berdi.

Vazirlik va fuqarolarning mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari orasida axborot almashinuvini tartiblashtirish, ma'lumotlarni qayta ishlash vaqtini qisqartirish va shu orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tezlashtirish uchun elektron hujjat yuritish tizimi joriy qilindi. Ushbu tizim 100ta maxallada ishga tushirilgan bo‘lib, mahalla qo‘mitalari ma'muriyatlarining kundalik ishlarida sinovdan o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, fuqarolarni, shu jumladan zo‘ravonlikdan azob chekkan ayollarni, malaka oshirish va maqbul ish topishda yordamga muhtoj ishsiz fuqarolarni hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazirlikning texnik imkoniyatlarini kengaytirish uchun yagona ma'lumotlar bazasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu tizim qarorlarni qabul qilish bo‘yicha o‘rnatilgan mexanizm tomonidan foydalanish uchun ma'lumotlarni to‘playdi va tahlil qiladi, va shu orqali eng ehtiyojmandlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun ustuvorlik tartibini aniqlashga ko‘mak beradi. Ma'lumotlar bazasidagi axborot, shuningdek, qo‘shimcha yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil o‘tkazish uchun boshqa davlat muassasalariga taqdim qilinadi.

Yangilangan raqamlashtirishning birinchi bosqichida, shuningdek, vazirlikning rasmiy veb-sayti ishlab chiqildi va sinovdan o‘tkazildi. Vazirlik faoliyati to‘g‘risida ma'lumotlar hamda tegishli yangiliklar va hujjatlar joylashtirilagn mazkur veb-sayt ma'lumot va yordam olishga qiziqish bildirgan fuqarolar bilan aloqani va o‘zaro munosabatni yaxshilashga yordam beradi.

Yuqorida ko‘rsatilgan axborot tizimlarining ishini qo‘llab-quvvatlash uchun BMTTD Yaponiya Hukumati tomonidan taqdim etilgan moliyaviy yordamdan foydalangan holda loyiha bo‘yicha texnik ko‘mak rejalari doirasida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga serverlar va komp'yuter uskunalarini taqdim qildi. Yetkazib berilgan 100ta noutbuk va routerlar mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralari xodimlariga yangi hujjat yuritish tizimi bilan ishlashni va shu orqali odamlar hayotini yaxshilashga imkon beradi.