Biznes-klinika: Yil yakunlari

8-February, 2021

COVID-19 pandemiyasi paytida karantin bilan bog‘liq cheklovlar barcha biznes sohalariga ta'sir qilganligi sababli, barchamiz qiyin davrni boshdan kechirishga majbur bo‘ldik. Aksariyat tadbirkorlar ijara haqi, ish haqi, kreditlar bilan bog‘liq turli xil muammolarni hal qilishi kerak edi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq maslahatlarni olishda qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat rahbarining farmonlari bilan qabul qilingan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma'lumotlarni taqdim etish maqsadida 2020 yil may oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda «Biznes-klinika» tashabbusini ishga tushirishdi.

Tashabbus doirasida koll-markaz mavjud, doimiy ravishda qonunchilik va biznes yuritish bilan bog‘liq turli xil veb-seminarlar o‘tkazilmoqda, http://t.me/biznes_klinika telegram kanali yaratildi, u yerda qonunchilikdagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi infografikalar, vebinarlarning videotasvirlari, «Savollar va javoblar», «Bilasizmi?» rubrikalarning materiallari va boshqa foydali ma'lumotlar berilmoqda.

2020 yilning 1-mayidan 31-dekabrigacha koll-markaz xodimlari tomonidan 3300dan ortiq qo‘ng‘iroqlar qabul qilinib, konsul'tantlarga yuborildi. Qo‘ng‘iroqlarning aksariyati Toshkent shahridan kelib tushdi va aksariyat tadbirkorlar yuridik maslahatlar (1242) va kredit olish (721) masalalari bo‘yicha konsultatsiyani talab qilishgan.

Yil davomida o‘tkazilgan jami 60dan ortiq vebinarlarda ma'ruzachi sifatida nafaqat Biznes-klinika konsul'tantlari, balki taniqli tadbirkorlar ham ishtirok etishdi.

Obunachilarimiz uchun qulaylik tariqasida Biznes-klinika tashabbusi doirasida o‘tkazilgan vebinarlar videotasvirlarini maxsus yutub-kanalda joylashtirib kelmoqdamiz https://www.youtube.com/c/BiznesKlinika/.

Tashabbusimiz haqida tadbirkorlarning fikrlari:

Gavxar Jumanova, “Darital shoes” MChJ, Xorazm viloyati

-     Biznes-klinikani qaysi taraflarini aloxida e'tirof eta olasiz?

-     Menga yoqqan taraflaridan biri bu – tezkorlik bilan ma'ruzachi-mutaxassis o‘z joyida savollarga javob berib, to‘g‘ri yo‘nalishlar berib turishi. Foydalanilmayotgan inshootlar uchun to'lanmagan ijara haqi va QQSni qaytarish bilan bogliq muammolar yuzaga kelgandi, shu bo’yicha maslaxat kerak edi. Biznes-klinika koll-markaziga qo’ngiroq qildim. Biznes-klinika mutaxassislari mutlaqo bepul yordam berdilar.

Asadjon Normurodov, “Diyormegatrans” MChJ, Jizzax viloyati

-     Biznes-klinikani 1-5 gacha bo‘lgan shkalada baholasak, nechchi ball bergan bo‘lar edingiz?

-     Vebinarlardan birida qurilish sohasidagi ishchilarni bepul ovqatlantirishga oid soliqlar bo’yicha meni qiziqtirgan savol bilan murojaat etgan edim, qoyil qolgan tarafim, tezkorlik bilan ma'ruzachi savolimga javob berib, shu mavzuda kerakli tushuntirishlarni berdi. Bu tezkorlik, e'tibor va professionalizm uchun 5 baxo ko‘ymay iloji yo‘q.

Baxtiyor Shokirov, xususiy tadbirkor, Andijon viloyati

-     Masalangizni yechishda qanday amaliy yordam ko‘rsatildi?

-     Koll-markazga murojaat etgan kunimni o‘zidayoq men bilan loyiha mutaxassisi bog‘lanib, barcha masalalarimga oydinlik kiritib berdi. Qolarversa kerakli xujjatlarni taqdim etib, kimga murojaat etsam, masalam xal bo‘lishini tushuntirib berdi.

Eslatib o‘tamiz, Biznes-klinika faoliyati haqida batafsil ma'lumotni veb-sahifamizda va telegram-kanalimizda topishingiz mumkin.

Biznes-klinika mutaxassislarining bepul konsul'tasiyalarini olish uchun 1094 raqamli koll-markaziga qo‘ng‘iroq qilish lozim.

Biznes-klinika tashabbusi Rossiya Federatsiyasi va Yaponiya hukumatlari moliyaviy ko’magida BMTTD va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish» qo‘shma loyihasi doirasida BMTTD va Savdo-sanoat palatasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

OAV vakillari uchun:

94 642 84 85, Shoirabegim Aliakbarova, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Matbuot xizmati vakili

93 397 75 99, Bexzod Umarov, “O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish” loyihasining jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha assistenti