Qoraqalpogʻiston haqida butun dunyoga soʻzlaymiz

24-December, 2020

Photo: UNDP Uzbekistan

Shu kunlarda jahonning turli mamlakatlarida Oʻzbekistonni taqdim etib kelayotgan elchilar Qoraqalpogʻistonda boʻlib turishibdi. Diplomatik missiya rahbarlari, Oʻzbekistonning xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillari BMTTD koʻmagida amalga oshirilayotgan loyihalar/tashabbuslar bilan ham yaqindan tanishmoqdalar.

Oʻzbekistonning jahonni 40ta mamlakatidagi Favqulodda va Muxtor elchilari, Oʻzbekistonning diplomatik missiyalari va xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillaridan iborat delegatsiyaning 21 dekabr kuni boshlangan va 26 dekabrda yakunlanadigan Qoraqalpogʻistonga tashrifi davom etmoqda


BMT Taraqqiyot Dasturi 1993 yildan beri Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda. Aholining eng ehtiyojmand qatlami farovonligini yaxshilash, asosiy ijtimoiy muhim infratuzilmadan foydalanini yaxshilashda qoʻllab-quvvatlash, daromadning yangi manbalarini yaratishda koʻmak berish, xotin-qizlar va yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga madad berish, sogʻliqni saqlash sohasini takomillashtirish Orol dengizini yoʻqolishi salbiy oqibatlarini yumshatishning asosiy yoʻnalishlari orasidan oʻrin olgan.

“Bizning tashabbus bilan Orolboʻyi hududi uchun inson xavfsizligi boʻyicha BMTning koʻpsheriklik trast fondi tashkil etildi. Mazkur fond murakkab ekologik vaziyatli hududda istiqomat qilayotgan aholiga jahon hamjamiyatining amaliy yordami uchun ishonchli platforma boʻlishiga umid qilamiz”,-deya qayd etgandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasini 75-sessiyasida.

Joqargʻi Kenesda boʻlib oʻtgan rasmiy qutlov marosimi va uchrashuvlardan soʻng delegatsiya vakillari hukumat tomonidan xalqaro tashkilotlar, donorlar va rivojlanish boʻyicha hamkorlar, shu jumladan BMT koʻmagida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar bilan tanishish maqsadida Qoraqalpogʻiston tumanlari boʻylab safarni boshladilar.

Eslatib oʻtamiz, davlat rahbarining 2020 yilning 2 oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi davomida Orolboʻyi hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yaxshi turmushini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Hududda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 11 noyabr kunidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasini 2020-2023 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq qator dastur va loyihalar faol amalga oshirilmoqda.


22 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Bahtiyor Ibrohimov, Oʻzbekiston Respublikasining YuNESKOdagi doimiy vakili Umid Shodiyev, Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov, hamda BMTTDning Oʻzbekistondagi vakillaridan iborat delegatsiya Moʻynoqdagi BMT Taraqqiyot Dasturi koʻmagida amalga oshirilayotgan namunali loyihalar boʻlmish obʼektlarga tashrif buyurdi.

23 dekabr kuni tashrif Tahtakoʻpir tumanining qishloq joylarida davom etdi, bu yerda “Beltou” qishloq fuqarolar yigʻinining “Toza konis” hamjamiyatidagi suvni tozalash qurilmasi va suv tarmogʻini foydalanishga topshirish marosimi oʻtkazildi. Inshootlarni taʼmirlash ishlari hududda amalga oshirilayotgan BMTning inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast fondi moliyalashtirayotgan BMTTDning “Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish” loyihasi doirasida oʻtkazildi. Mazkur tashabbus 200 nafarga yaqin qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash imkonini berdi. Shuningdek, loyiha tomonidan Tahtakoʻpir tumanidagi “Mulik”, “Marjonkoʻl” va “Janadarya” qishloq fuqarolar yigʻinida suv loyihalari amalga oshirildi, natijada 3491 nafar qishloq fuqarosi toza ichimlik suvi yetishish imkoniga ega boʻldi.

Marosimda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Bahtiyor Ibrohimov qayd etganidek “Oxirgi yillarda BMT va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarildi. Bu jarayonga Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh va 2017 yilning iyun oyida Samarqanddagi uchrashuvi alohida turtki berdi. Oʻtkazilgan uchrashuv chogʻida Orolboʻyia hududini hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, bu esa shu kungacha muvaffaqiyat bilan amalga oshirib kelinayotgan rivojlanish kontseptsipyasiga asos boʻldi”.

Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Nabijon Qosimov ham Tahtakoʻpair tumanidagi “Toza konis” hamjamiyatida suvni tozalash qurilmasi va suv tarmogʻini foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi.

Shu kunni oʻzida delegatsiya aʼzolarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash va Madaniyat vazirlari, hamda va I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat sanʼat muzeyi rahbarlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi, suhbatlar chogʻida sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash va mintaqada turizmni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekistonning horijiy mamlakatlardagi Favqulodda va Muxhtor elchilari, diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, Oʻzbekistonning xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillaridan iborat delegatsiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

22 va 23 dekabrdagi tadbirlarning foto va videosi quyidagi havolada: https://bit.ly/2WDALaD