Qoraqalpog'iston Sog'liqni saqlash vazirligiga davom etayotgan COVID-19 pandemiyasiga javob sifatida oltita sun'iy nafas olish uskunasi topshirildi

31-December, 2020

Photo: UNDP Uzbekistan

BMT Taraqqiyot Dasturi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda Qoraqalpog‘istonga yordam ko‘rsatishda davom etmoqda. 2020 yilning 31 dekabr kuni Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan "Orolboʻyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sog‘liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash" BMTTD va YUNFPA Qo‘shma dasturini amalga oshirish doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga oltita sun’iy nafas olish uskunasi (IVL) topshirildi.

Zarur tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlash orqali Sog’liqni saqlash tizimiga tez yordam ko‘rsatish Qo‘shma dastur hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligining ajralmas qismi hisoblanadi. Pandemiya davrida ushbu hamkorlik yangi o‘zaro muloqot vektoriga aylandi.

Qoraqalpog‘iston aholisining koronavirus infeksiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, infeksiyadan himoya qilinish choralari va birinchi alomatlar to‘g‘risida xabardorligini oshirish maqsadida 2020 yilning iyun oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga 115 000 ta axborot bukletlari, qoraqalpoq va rus tillarida plakatlar, shuningdek, 20 000 ta tibbiy niqob topshirildi.

Shu bilan birga, tibbiyot sohasi xodimlari ham e’tiborsiz qoldirilmadi. COVID-19 bemorlari bilan ishlash vaqtida xavfsizlikni ta’minlash va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Qo‘shma dastur yordamida tegishli tibbiy asbob-uskunalar va maxsus jihozlar: tibbiy himoya kiyimlari – 1 200 ta, xavfsizlik ko‘zoynaklari-300 ta, antiseptiklar -100 ta, kontaktsiz termometrlar-50 ta va 570 ta oksimetr taqdim etildi.

BMTTD O'zbekistonga COVID-19 tarqalishini kamaytirish va aholining zaif qatlamlariga salbiy ta'sirini kamaytirishda yordam berishda davom etmoqda.