2020-yil natijalari: O‘zbekistonda ozonni yemiruvchi moddalarni butunlay iste’moldan chiqarish bo‘yicha loyiha

4-December, 2020

Photo: UNDP Uzbekistan

Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMT Taraqqiyot Dasturi) va Global ekologik jamg‘armasi (GEJ) ning «O‘zbekistonda global isish salohiyati past va ozonni yemirish qobiliyati bo‘lmagan energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali gidroxlorftoruglerod (GXFU) ni butunlay iste’moldan chiqarish» qo‘shma loyihasi Muvofiqlashtiruvchi Kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvning asosiy maqsadi - Monreal bayonnomasida belgilangan maqsadlarga erishish va 2030-yilga qadar mamlakatning xizmat ko‘rsatish va sanoat sohalarida GXFU larga qaramligini barqaror ravishda kamaytirishga mo‘ljallangan, ozonni yemiruvchi moddalarni (OYeM - kimyoviy moddalar GXFU guruhining sovitgichlari) bosqichma-bosqich voz kechishiga qaratilgan loyihaning 2020 yilgi natijalari bilan tanishish.

Onlayn tarizda o‘tkazilgan tadbirda, loyihaning Muvofiqlashtiruvchi kengashi a’zolari, ya’ni hukumat, vazirliklar va idoralar vakillari, loyihaning tashkilotchilari va ijrochilari hamda hamkorlar ishtirok etishdi.

«Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar to‘g‘risidagi Monreal bayonnomasi - Yerning ozon qatlami yemirilishiga ta’sir qiladigan kimyoviy moddalarni ishlab chiqarishdan bosqichma-bosqich voz kechish orqali ozon qatlamini muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan xalqaro shartnoma xisoblanadi. Monreal bayonnomasi 1987 yil 16 sentyabrda qabul qilingan va shu kungacha uni 197 mamlakat, shu jumladan O‘zbekiston tomonidan ham ratifikatsiya qilingan».

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Narzullo Oblomurodov, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Doimiy Vakili o‘rinbosari Doina Muntyanu va BMT Taraqqiyot dasturining Istanbuldagi (Turkiya) mintaqaviy vakolatxonasining mintaqaviy texnik maslahatchisi Maksim Surkov ochdilar.

Tomonlar ta’kidlashlaricha, Davlatimiz darajasida, Monreal bayonnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga qaratilgan va OYeM nazoratii bo‘yicha qonunchilik, strategik va texnik chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan GXFU dan to‘liq voz kechish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 yanvardagi 17-sonli «Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga importi va O‘zbekiston Respublikasidan eksportini tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida» gi qaroriga muvofiq, 2018 yildan boshlab tarkibida ozon buzuvchi moddalar, yoki ularga bog‘liq bo‘lgan uskunalar importiga taqiq joriy etildi.

«Qonunchilik bazasini yaratish va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tufayli O‘zbekiston ozon qatlamini muhofaza qilish va Monreal bayonnomasi talablariga rioya qilish sohasida sezilarli natijalarga erishadi», - deb qo‘shimcha qildi N. Oblomurodov.

Loyiha natijalari hamda 2020 yil ko‘rsatkichlari loyiha menejeri Isroiljon Xasanov tomonidan taqdim etildi. Ta’kidlanganidek, ozonni muhofaza qilish loyihasi GEJ-BMTTD ning avvalgi keng ko‘lamli mintaqaviy loyihasidan olingan tajriba va bilimlarga asoslanadi. Bu esa, O‘zbekistonda global isish salohiyati past va ozonni yemirish qobiliyati bo‘lmagan energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali GXFU ni butunlay iste’moldan chiqarish talablariga muvofiqligini ta’minlashda O‘zbekistonga yordam berishni davom etishda muhim hisoblanadi.

Loyiha o‘zaro bog‘liq va bir-birini mustahkamlovchi komponentlardan iborat bo‘lib, ular shu paytgacha saqlanib kelgan to‘siqlarni bartaraf etish uchun, va O‘zbekistonning kelajakda GXFU dan foydalanmasdan, barqaror rivojlanishi istiqbollarini yaxshilash uchun maxsus ishlab chiqilganligi ta’kidlandi.

 

Uchrashuv davomida BMT Taraqqiyot dasturining atrof-muhit va iqlim bo‘yicha klasteri iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mutaxassisi Rano Bayxanova, loyihaning Muvofiqlashtiruvchi kengashi a’zolariga ishlarning sifatini ta’minlash va loyiha natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi.

Bundan tashqari, Baxtiyor Abduganiyev, Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) tashqi iqtisodiy faoliyatda notarif tartibga solishni nazorat qilish va bojxona ekspertizasi boshqarma boshlig‘i, DBQ laboratoriyasining xalqaro sertifikatlashtirish (ISO) istiqbollari bilan tanishtirdi.

Uchrashuv natijari bo‘yicha loyihaning yillik rejasi muhokama qilindi va 2021 yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, loyihaning ma’muriy jihatlari, jumladan, loyihani muvaffaqiyatli davom ettirish uchun tomonlarning majburiyatlari va hissalarini bajarish xususiyatlari bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildilar.