Koʻngililar xalqaro kuni: biz hammasini uddalaymiz

10-December, 2020

Photo: UNDP Uzbekistan

BMTning Taraqqiyot dasturi 5 dekabr kuni Xalqaro koʻngillilar kunini nishonlanishini qoʻllab-quvvatlaydi, bu yil u “Koʻngillilar tufayli biz hammasini uddalaymiz” shiori ostida oʻtmoqda. Qoraqalpogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Orolboʻyi hududida eng faol salomatlik volontyorlariga minnatdorchilik bildirish maqsadida turkum tadbirlar tashkil etildi.

Hududda salomatlik volontyorlarini tayyorlash BMTning “Orol dengizi inqirozidan aziyat chekkan aholining turmush faoliyatini taʼminlash” Qoʻshma dasturi doirasida 2012-yilda boshlangan edi. BMTning koʻngillilar dasturi (BMTKD) loyihaga volontyolik unsurlarini joriy qilish kesimida, hamda salomatlik volontyorlarini oʻqitish va jihozlash ishida koʻmak koʻrsatdi. 2012 yildan to shu kunga qadar butun hududda 3710 nafar koʻngilli oʻqitildi, ular 386 906 nafar insonni tibbiy madaniyatini oshirishga yordam berdilar. Ularning asosiy faoliyat yoʻnalishi - oʻzlarining hamjamiyatlari aholisiga oʻpka, oshqozon-ichak, yurak-tomir kasalliklarini profilaktikasi choralari, hamda onalar va bolalar sogʻligʻini mustahkamlash haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat. Joriy yildagi markaziy mavzu - koronavirus infeksiyasini tarqalishiga qarshi kurashish boʻldi. Koʻngillilarni roli Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining COVID-19ga strategik tayyorgarlik va qarshi tura olish boʻyicha Rejaning “muhim qismi” deya baholanadi. Oʻzlarining salomatligini xatarga qoʻyib, Qoraqalpogʻistonlik koʻngillilar tajriba almashishni, hamqishloqlari salomatligi va ahvollarini kuzatish hamda baholashni davom ettirmoqdalar.

-        Qoraqalpogʻistondagi volontyorlik ijobiy oʻzgarishlarni yaratishni davom ettirmoqda. Shuning uchun biz uni BMTTDning hududdagi barcha loyihalariga qoʻshganmiz. 2020 yilda COVID-19ga qarshi kurash mavzusi kun tartibiga qoʻshildi.  Volontyorlar koronavirus va boshqa kasalliklardan omon qolishda aholiga yordam bermoqdalar Ular odamlarga tavsiya etilayotgan ehtiyot choralarini koʻrish va nafas olish yoʻllari gigiyenasi haqidagi maʼlumotlarni yetkazmoqdalar, maxsus telegramm-kanal orqali onlayn maslahatlar berib turishibdi, – deya qayd etdi BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska Qoraqalpogʻistondagi salomatlik koʻngillilariga yoʻllagan tabrigida.

Karantinning qat’iy cheklov choralariga qaramasdan joriy yilning oʻzidagina 317 822 nafar mahalliy aholi axborot nashrlari, risolalar, posterlar olishdi, tanishtirish sessiyalari va treninglar, hamda telegramm-kanal orqali onlayn tarzda koronavirus va boshqa kasalliklar alomatlari, kasalliklarni tarqalishini oldini olish choralari haqida bilib olishdi.

Koʻngillilar xalqaro kunini nishonlash munosabati bilan BMTTD va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi BMTKDning Yevropa va MDH boʻyicha mintaqaviy ofisi koʻmagida 6 nominatsiyada hamjamiyatlarning eng faol volontyorlarini tanlab olish va ragʻbatlantirish maqsadida birlashdilar. Gʻoliblar oʻpka, yurak-tomir, oshqozon-ichak kasalliklari, ona va bola salomatligini mustahkamlash, COVID-19 profilaktikasi boʻyicha oʻtkazilgan axborot sessiyalarini soniga qarab, hamda oʻz-oʻzini yakkalash davrida koʻngilli tarzda aholiga koʻmak bergan tibbiyot xodimlari orasidan aniqlandi.

Xavfsizlik choralarini inobatga olgan holda, karantin tartibotlariga rioya qilib, 2020 yilning 7-8 dekabr kunlari Taxtakoʻpir, Boʻzatov, Chimboy, Kegeyli, Moʻynoq, Qoʻngʻirot, Qanlikoʻl, Shumanay, Xoʻjayli va Nukus tumanlarida gʻolib boʻlgan volontyorlarga uyali telefon, planshet va patronaj sumkalari koʻrinishidagi mukofot va sovgʻalarni topshirishga bagʻishlangan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Misol uchun, Taxtakoʻpir tumani “Dauir” fuqarolar yigʻinidan Baymanova Qundiz nafas olish yoʻllari kasalliklarining asosiy belgilari va ularning oldini olish choralari toʻgʻrisida 1863 ta uchrashuv oʻtkazdi. Kegeylilik Qodirova Shamshirak yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga bagʻishlangan 1700 ta sessiyani tashkil qilgan boʻlsa, Chimboy rayoni vakili Jabbarbergenova Zaripa koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida oʻz qishlogʻi aholisi bilan 1984 marta ham virtual, ham toʻgʻrima-toʻgʻri muloqot tarzida uchrashishga muvaffaq boʻldi.

Qoraqalpogʻiston volontyorlari va 2020 yil Volontyorlar Yili deb eʼlon qilingan Qozogʻiston Respublikasining Milliy Volontyorlik Tarmogʻidagi hamkasblari uchun bayram sanasi munosabati bilan 10 dekabr kuni onlayn tarzda maxsus video-konferensiya ham oʻtkazildi. Uchrashuv qatnashchilari tajriba bilan almashish, hamjamiyatlar bilan ishning imkoniyatlari va murakkabliklari haqida soʻzlab berish, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini olib borishdagi yangi foydali odatlarni joriy qilish uchun eng maqbul yechimlarni tavsiya qilish imkoniga ega boʻldilar.

BMT Taraqqiyot Dasturi YuNFPA bilan birgalikda, Yaponiya hukumatining moliyaviy koʻmagida Orolboʻyi hududidagi mahalliy aholini ekologik, iqtisodiy qiyinchiliklarga turmush barqarorligi salohiyatini mustahkamlash, hamda aholi salomatligi masalalarida faoliyat olib bormoqda. Asosiy vazifalar orasida ayniqsa, uzoq qishloq tumanlarida onalik, bolalik va reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish boʻyicha xizmatlarni taqdim etish borasida mahalliy sogʻliqni saqlash tizimini texnik va institutsional salohiyatini mustahkamlash orqali tibbiy xizmatlar sifatini oshirish vazifasi bor.

Dasturni amalga oshirish doirasida hududga koronavirus profilaktikasi boʻyicha oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida 11 500 dona axborot nashrlari, posterlar, 20 ming dona tibbiy niqoblar taqdim etildi. Hamjamiyatlarning tibbiyot xodimlari va volontyorlariga himoya kombinezonlari, maxsus koʻzoynaklar, antiseptiklar, masofaviy harorat oʻlchagichlar va puls-oksimetrlar kabi tibbiy anjomlar va maxsus uskunalar topshirildi.