BMTTD Boʻzatov tumaniga suvni tozalash uchun uskunalar taqdim etdi

24-November, 2020

Image: UNDP Uzbekistan

2020 yilning 20 noyabr kuni Oʻzbekistondagi BMTning Taraqqiyot Dasturi Boʻzatov tumanidagi “Koʻksuu” QFYga drenaj suvini chuchuklantirish va tozalash uskunasini topshirdi. Taqdimot Kanadaning mahalliy tashabbuslar jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq xoʻjaligi resurslarini tejash usullarini qoʻllagan holda Orolboʻyi hududidagi qurgʻoqchilikdan koʻproq aziyat chekadigan hamjamiyatlardagi qishloq ayollarining iqlim oʻzgarishiga bardoshligini oshirish” loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Taqdim etilgan, qayta osmos tizimi asosida ishlaydigan drenaj suvini chuchuklantirish va tozalashga moʻljallangan uskuna quvvati soatiga 6 kub metr boʻlib, mazkur tizim 2-6 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish uchun sharoit yaratadi. Bunday usul mineral tuzlar va aralashmalarning 98 foizini ushlab qolinishini ta’minlaydi va natijada, qator dala treninglari doirasida namoyish qilinganidek, aholi organik-biologik dehqonchilik bilan shugʻullana oladi, tozalangan suvni katta qismi esa  hayot ehtiyojlariga ishlatilinadi.

Boʻzatov tumani joylashgan Qoraqalpogʻistonning shimoliy tumanlarida gan qurgʻoqchilik va iqlim o‘zgarishi jarayonlari tufayli murakkablashib borayotgan yerlar degradatsiyasi tez-tez sodir boʻladi. Bu qishloq xoʻjaligida hosil miqdori va sifatiga, natijada esa qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

“Koʻk suu” eng uzoq va ijtimoiy tarafdan yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridan biri hisoblanib, tumanning 3955 nafar aholisi, ularning 1678 nafarini ayollar tashkil etadi, daromadining asosiy manbaini chorvachilik va tomorqalardagi xoʻjalik faoliyati tashkil etadi. Ekinlarni sugʻorish va ichimlik suvi bilan taʼminlanish aholi uchun, ayniqsa qurgʻoqchilik yillarida, jiddiy muammo boʻlib qolmoqda. KS-1 kollektor-drenaj tarmogʻidan olingan suvni ishlatishga majbur boʻlinmoqda, vaholanki undagi tuz tarkibi anchagina yuqori boʻlib bir litrga 3,8 grammni tashkil etadi. Bu narsa tuproqni shoʻrlanishi va haydaladigan yerlar tanazzulini kuchaytiradi.

Uskunani topshirish marosimida Boʻzatov tumani hokimini oʻrinbosari Qurbonali Mamberniyozov qishloq hamjamiyatlarini iqlim oʻzgarishi oqibatlariga bardoshligini oshirishga yoʻnaltirilgan moslashish amaliyotlarini joriy etilishining natijalari muhimligini taʼkidladi. Marosim qatnashchilari “Qoraqalpogʻistonning shimoliy tumanlaridagi tomorqa yerlarida organik dehqonchilikni qoʻllash boʻyicha qoʻllanma” olishdi. Nashrda sugʻorish suvlarini tejashning asosiy usullari, oʻsimliklarni stress omillariga chidamligini oshirish, zararkunandalarga qarshi kurash, oʻgʻitlar turlari va boshqa koʻplab shu kabilar batafsil bayon qilingan.

Kanadaning Mahalliy Tashabbuslar Jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq xoʻjaligi resurslarini tejash usullarini qoʻllagan holda Orolboʻyi hududidagi qurgʻoqchilikdan koʻproq aziyat chekadigan hamjamiyatlardagi qishloq ayollarining iqlim oʻzgarishiga bardoshligini oshirish” loyihasi mahalliy qishloq hamjamiyatlarining iqtisodiy holati hamda sog‘ligini yaxshilash bo‘yicha ish olib bormoqda. Bunda Orol dengizi inqirozining salbiy taʼsirlari tufayli tez-tez sodir bo‘ladigan qurgʻoqchilik va yerlar tanazzuli hamda iqlim oʻzgarishining murakkab asoratlari mavjud hududlarda qishloq xoʻjaligini yuritishning iqlimga chidamli amaliyotlari taqdim etilmoqda.

Loyiha BMTTD, Uzgidromet va Adaptatsiya jamgʻarmaning “Oʻzbekistonning qurgʻoqchil tumanlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarini iqlimga bardoshligini taʼminlash” yirik loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Tashabbus mahalliy qishloq hamjamiyatlarini sugʻorish va ichimlik suvi bilan yanada kengroq taʼminlash, tuproq unumdorligini ayniqsa hamjamiyatlarni hududdagi iqlimiy taʼsirlarga duchorligini kamaytirish maqsadida organik-biologik dehqonchilik usullarini qoʻllash orqali oshirishga yoʻnaltirilgandir.