Koka-Kola Jamg‘armasi Qoraqalpog‘istonda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga tibbiy muolaja ko‘rsatish uchun 165 dona kislorod konsentratorlarining xaridini moliyalashtirdi

23-November, 2020

Photo: UNDP Uzbekistan

2020-yil 18-noyabr kuni BMTTD Qoraqalpog‘istonda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga o‘ta muhim tibbiy muolaja ko‘rsatishda foydalanish uchun Koka-Kola Jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan 165 dona kislorod konsentratorlarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni-saqlash vazirligiga topshirdi.

Bundan avvalroq, joriy yilda, O‘zbekistonda COVID-19 kasalligining tarqalishiga qarshi BMTTD javob choralarining muhim qismi sifatida sun'iy shamollatish va boshqa uskunalarni xarid qilishda foydalanish uchun Koka-Kola Jamg‘armasi tomonidan 200 000 AQSh dollari miqdorida grant mablag‘lari ajratildi. BMTTD, shuningdek, aynan shu grant orqali Koka-Kola Jamg‘armasi tomonidan xarid qilingan va xozirgi kunda eng og‘ir holatlarni muolaja qilishda foydalanilayotgan 4 dona o‘pkani sun'iy shamollatish uskunalarini yetkazib berdi.


Kislorod konsentratorlari COVID-19 virusi bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlarni kislorod bilan ta'minlashning noinvaziv usuli hisoblanadi. Ushbu qo'shimcha kislorod kasallikning o'tkir holatidagi bemorlar qoni kislorod bilan past darajada tuyinganligini muolaja qilish uchun amalga oshiriladigan ilk muhim qadamdir va mazkur bosqichda davolashning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

Boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilgan zarur ma'muriy chora-tadbirlaran so'ng, xarid qilingan 165 dona kislorod konsentratorlari Qoraqalpog'istondagi barcha 16 nafar tuman sog'liqni saqlash boshqarmalariga hamda Nukus shahar sog'liqni saqlash boshqarmasiga tarqatiladi, bu esa, o'z navbatida, mintaqaning markazlashtirilgan respublika tibbiyot muassasalari zimmasidagi yukni kamaytiradi.


O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi Koka-Kola Jamg‘armasi bilan 2011-yildan buyon hamkorlik olib bormoqda. O‘tmishda 5ta loyiha Koka-Kola Jamg‘armasidan 505 000 AQSh dollari miqdorida moliyaviy ko‘mak oldi. Ushbu loyihalar Samarqand, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasining olis qishloq hududlarida milliy muassasalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirildi.

BMTTD COVID-19 kasalligining milliy darajada tarqalishini cheklashda O‘zbekistonga ko‘mak berish hamda u tomonidan aholining zaif qatlamlariga va iqtisodiyotga yetishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni kamaytirish maqsadida jiddiy miqdorda xodimlar va mablag‘larni ajratdi.

Mart oyidan buyon BMTTD milliy hamkorlar bilan COVID-19 pandemiyasining nafaqat bevosita salomatlik bilan bog'liq ta'sirlariga, balki uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va, ayniqsa, Qoraqalpog'iston va Orolbo'yi mintaqasida og'irroq his etilayotgan salbiy ta'sirlariga qarshi kurashish uchun ish olib bormoqda.

Mazkur javob chora-tadbirlari o‘z ichiga aholining zaif va himoyalanmagan qatlamlariga, jumladan e'tibordan chetda qolgan ayollarga, norasmiy band odamlarga va nogironligi bor shaxslarga yordam berishni kiritgan holda kichik korxonalar o‘zlarini tutib tura olishlari hamda tegishli shaxsiy himoya vositalari va shaxsiy gigiena vositalari barcha fuqarolari uchun mavjud ekanligiga ishonch hosil qilishga qaratilgandir.

BMTTD milliy hamkorlar, shu jumladan Koka-Kola Jamg‘armasi bilan birgalikda pandemiyaning butun mamlakat bo‘ylab ta'sirini yaqindan kuzatib kelmoqda va yaxshiroq ilgarilarishi uchun O‘zbekistonga yordam berish maqsadida har tomonlama strategiyani ishlab chiqishda ko‘mak bermoqda.