Photos: UNDP Uzbekistan

2020-yil 21-oktabrda «Coca-Cola» jamg'armasi tomonidan moliyalashtirilgan 200.000 AQSh dollari qiymatli to'rtta O’SSh BMTTD tomonidan O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga topshirdi. Ushbu zarur jihozlar Qoraqalpog'iston Respublikasi mintaqasida COVID-19 virusini yuqtirgan bemorlarga yordam berish va davolash imkonini kengaytiradi.

COVID-19 O'zbekistonda paydo bo'lganidan ko'p o'tmay, «Coca-Cola» jamg'armasi insonparvarlik yordami doirasida O’SSh va boshqa tibbiy jihozlar bilan ta'minlash maqsadida 200,000 AQSh dollari miqdorida grant ajratdi. Ushbu jihozlarni O'zbekistonning tibbiy yordamga muhtoj bo'lgan mintaqalariga yetkazib berish BMTTD zimmasiga yuklatilgan.

Toshkentda bo’ib o’tgan rasmiy topshirish marosimida O'zbekistondagi «Coca-Cola» kompaniyasining rahbari Shadab Ahmed Xаn va BMTTD doimiy vakili Matilda Dimovska O’SSh moslamalarini Yahyo Soliyev, Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining vakiliga, rasmiy ravishda topshirishdi. O’SSh uskunalari endilikda Qoraqalpog'iston Respublikasi poytaxti Nukusga 22-oktabrda yetib kelishi va ishga tushirilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Coca-Cola jamg'armasi tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar uzoq muddatda mamlakatning sog‘liqni saqlash sohasi nufuzi hamda mahalliy salohiyatini saqlashga muhim hissa qo‘shishi kutilmoqda, chunki sotib olinayotgan bu uskunalar nafaqat koronavirus, balki boshqa kasalliklarning boshlang‘ich bosqichida aniqlash, kuzatish va o‘rganish uchun eng aniq laboratoriya usullariga asoslanadi.

“COVID-19 inqirozi kabi mushkul davrda bizning hamkorligimiz rivojlanganini ta’kidlash juda quvonchlidir. Pandemiya bizning hamkorligimizni nafaqat kuchaytirdi, balki bizni Qoraqalpog'iston xalqini qo'llab-quvvatlash uchun hamda mahalliy aholi salomatligi va farovonligini oshirish uchun birlashtirdi,” – dedi Dimovska xonim ochilish nutqida.

“BMTTD bilan O'zbekistondagi boshqa xayriya loyihalar bo'yicha muvaffaqiyatli hamkorlik tariximiz bor va biz ushbu tashkilot bilan yana hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Bugun biz Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga uskunalarimizning birinchi partiyasini - o'pkaning sun'iy shamollatish moslamalarini - topshirganimizdan mamnunmiz. Umid qilamizki, ushbu uskunalar ko'proq odamlarning hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Fursatdan foydalanib, men tibbiyot xodimlariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Vaziyat tez orada yaxshilanadi va biz namoyish etayotgan sifatlar, ya'ni birdamlik, moslashuvchanlik, odamlarga g'amxo'rlik o'zgarmay qoladi, deb o'ylayman,” – dedi janob Shadab.

BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi 2011-yildan beri «Coca-Cola» jamg'armasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. O'tgan yillarda beshta kichik loyiha «Coca-Cola» jamg'armasi tomonidan 505.000 AQSh dollari miqdorida moliyalashtirildi. Ushbu loyihalar milliy agentliklar va tashkilotlar bilan hamkorlikda Samarqand, Navoiy va Qoraqalpog'iston viloyatlarining chekka qishloqlarida muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

“Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi nomidan bizga ko'rsatilayotgan yordam uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman. Ushbu mushkul paytda Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash tizimida davolanayotgan bemorlarga zarur tibbiy yordam ko'rsatib, COVID-19 ga qarshi kurashish uchun qo'ldan kelgan barcha ishlarni qilmoqdamiz. Tabiiyki, sun'iy o'pka shamollatish moslamalari kabi uskunalarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda”, - dedi janob Soliev tadbir yakunida.

Icon of SDG 03 Icon of SDG 17

BMTTD BMTTD dunyoda

A

Afgʻoniston Albaniya Angola Argentina Armaniston

B

Bahrayn Bangladesh Barbado Belarus Beliz Benin Birlashgan Arab Amirliklari Boliviya Bosniya va Gertsogovina Botsvana Braziliya Burindi Burkina-Faso Butan

C

Chad Chernogoriya Chili

D

Dominikan Respublikasi

E

Efiopiya Ekvador Ekvatorial Gvineya Eritreya Eron Esvatini

F

Falastin halqiga yordam dasturi Filippin

G

Gabon Gaiti Gambiya Gana Gayana Gonduras Gruziya Gvatemala Gvineya Gvineya-Bisau

H

Hindiston

I

Indoneyzia Iordaniya Iroq Respublikasi

J

Janubiy Afrika Janubiy Sudan Jazoir Jibuti

K

Kabo-Verde Kamboja Kamerun Keniya Kipr Kolumbiya Komor Orollari Kongo Demokratic Respublikasi Kongo Respublikasi Koreya Demokratik Respublikasi Kosovo Kosta-Rika Kot-d'Ivuar Kuba

L

Laos Halq Demokratik Respublikasi Lesoto Liberiya Livan Liviya

M

Madagaskar Malavi Malayziya Maldiv Mali Markaziy Afrika respublikasi Marokash Mavrikiy va Seyshel Mavritaniya Meksika Misr Moldova Mongoliya Mozambik Muanma

N

Namibiya Nepal Niger Nigeriya Nikaragua

O

O'zbekiston Ozarbayjon

P

Panama Papua Yangi Gvineya Paragvay Peru

Q

Qirg'iziston Qozog'iston Quvayt

R

Rossiya Federatsiyasi Ruanda

S

Salvador Samoa ko'pdavlatli ofisi San-Tome va Principiya Saudiya Arabistoni Senegal Serbiya Sharqiy Timor Shimoliy Makedoniya Shri-Lanka Sierra-Leone Somali Sudan Surinam Suriya

T

Tanzaniya Tayland Tinch okeani mintaqasi Togo Tojikiston Trinidad va Tobago Tunis Turkiya Turkmaniston

U

Uganda Ukraina Urugvay

V

Venesuela Vyetnam

X

Xitoy Xorvatiya

Y

Yaman Yamayka

Z

Zambiya Zimbabve