Nogironlikni baholash va aniqlashda xalqaro me'yorlarni sinovdan o'tkazmoqdamiz

13-October, 2020

Photos: UNDP Uzbekistan

2020 yil avgust-sentabr oylarida o'tkazilgan bir qator treninglardan so'ng O'zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi BMTning Ijtimoiy himoya bo'yicha qo'shma dasturi doirasida nogironlikni baholash va aniqlash proseduralarida xalqaro me'yorlarni tatbiq etish jarayonini boshlamoqda.

2020-yil 9 oktyabrda texnik jihozlar to'plamlari Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va O'zbekiston nogironlar assosiasiyasiga topshirildi. Ushbu zamonaviy AKT uskunalari milliy hamkorlarning BMTning Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi (NHTK) va Xalqaro faoliyat tasnifi (XFT) me’yorlarini tadbiq etishlari orqali ijtimoiy va inson huquqlari asosida nogironlikni baholash va aniqlash proseduralarida imkoniyatlarini oshiradi. Bu nafaqat mamlakatga tibbiy yondashuvdan voz kechishga imkon beradi balki nogironligi bor insonlarning jamiyatga boshqalar bilan teng ravishda to'liq qo'shilishi va teng ishtirokini ta'minlaydi.

"Ushbu yangi vositalardan samarali foydalangan holda, milliy hamkorlar nogironlikni baholash, aniqlash, tasniflash va nogironligi bor insonlarni jamiyat hayotida inklyuziv ishtirok etish darajasi to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish, qayd etish va ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu o’z o’rnida, albatta, nogironligi bor insonlarni va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilishda tibbiy yondashuvdan ijtimoiy yondashuvni uzluksiz ravishda o'tishga imkon beradi " deydi Ne’matulla Mirjalilov, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlig'ining o'rinbosari.

Zamonaviy AKT uskunalari nogironlik to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish, saqlash, ma'lumotlarni boshqarish, tizimlashtirish orqali xalqaro nogironlikni aniqlash vositalarini sinovdan o’tkazishda keng yordam beradi. Bundan tashqari, milliy hamkorlar va nogironlik masalalari bo’yicha tashkilotlarning aksariyati hozirgi KOVID-19 pandemiya holatida masofadan turib ishlayotgan bir paytda o’zaro ma’lumot almashish yengillashadi.

Nogironlikni baholash va aniqlashda ijtimoiy va inson huquqlariga tayangan yondashuv uni yangi ishlab chiqilayotgan Milliy ijtimoiy himoya strategiyasiga kiritish va uni keyinchalik amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu, shuningdek, nogironligi bor insonlar uchun inklyuziv ta'lim, ish bilan ta'minlash va kamsitishga qarshi nogironlik siyosatini ishlab chiqishda teng imkoniyatlar taqdim etilishini va o'z vaqtida monitoringini ta'minlaydi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun: Najiba Khazratkulova, +998909257941, najiba.khazratkulova@undp.org