Photo: UNDP Uzbekistan

Raqamli infratuzilmani yaratish va aholining ijtimoiy zaif qatlamini qo’llab-quvvatlash uchun kerakli xizmatlarni yo’lga qo’yish maqsadida Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligiga texnik ko’mak ko’rsatildi.

Koronavirus pandemiyasi ko’plab mamlakatlarda raqamlashtirish jarayonini tezlashtirib yubordi. Ayniqsa, oldindan rejalashtirilmagan onlayn-ish tizimiga o’tish davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasidagi o’zgarishlar jarayonini tezlashtirib yubordi. Hamkorlik uchun onlayn-platformalarni yaratishning muhimligi yuzaga kelgan inqiroz davrida ham sezilmoqda. BMTning ma’lumotlariga ko’ra, 2020 yilda dunyoning 22% mamlakatlarida elektron hukumat darajasi yaxshilangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev har bir tarmoq va hudud rahbari raqamli iqtisodiyot sohasida keskin o‘zgarish qilishi zarurligini ta’kidlab, shunday degan edi: “Bu yangilanishlarni odamlar o‘z hayotida, byurokratiya va korrupsiya kamaygani misolida, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tezlashganida sezishi lozim”.

Davlat xizmatlari Covid-19 pandemiyasi davomida va undan keyingi davrda samarali ishlashda davom etishi kerakligini hisobga olib, mamlakatlar raqamli infratuzilmani rivojlantirishlari va aholini raqamli texnologiyalardan foydalanishga o’rgatishlari kerak. Bu esa, o’z navbatida inson huquqlarining samaraliroq ta’minlanishiga va asosiy ehtiyojlarning qondirilishiga olib keladi.

BMT Taraqqiyot dasturi Yaponiya hukumatining moliyaviy ko’magi bilan Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligida raqamli infratuzilmani yaratishda texnik yordam ko’rsatdi. Bu ayollarni va ijtimoiy zaif aholi qatlamlarni qo’llab-quvvatlash va mahalla fuqarolar yig’inlarining aholining ijtimoiy hayotidagi o’rnini kengaytirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarning yaratilishida juda muhimdir.

Shuningdek, vazirlik va mahalla qo’mitalari orasidagi ma’lumotlar almashnuvini samarali tarzda tashkil etish maqsadida elektron hujjatlar almashinuvi tizimini kiritish rejalashtirilmoqda. Bu ma’lumotlar bilan ishlashga sarf etiladigan vaqtni qisqartirishda, aholi uchun ko’rsatiladigan xizmatlarning sifati va vaqtiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu tizim yo’lga qo’yilishidan oldin 100 ta fuqarolar yig’inida sinovdan o’tkaziladi.

Bundan tashqari, aholiga ijtimoiy ko’mak ko’rsatish bo’yicha (jumladan, zo’ravonlikka uchragan ayollar, malaka oshirishga ehtiyoji bor va ish qidirishda ko’makka muhtoj ishsiz fuqarolar, hamda ijtimoiy zaif oilalarga) vazirlikning texnik imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligining Yagona ma’lumotlar bazasini yaratish va uni tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Ushbu tizim axborotni yig’adi va tahlil qiladi. Bu aktual ma’lumotlarga tayangan qaror qabul qilish mexanizmini yaratishda va birinchi navbatda eng muhtojlarga ijtimoiy yordam ko’rsatishni ustuvor vazifa qilishda yordam beradi. Yig’ilgan ma’lumotlar yo’nalishlari bo’yicha tahlillar o’tkazish uchun boshqa davlat organlari uchun ham ochiq bo’ladi.

Tizimni joriy etishning birinchi bosqichida vazirlikning rasmiy sayti ishlab chiqildi va test rejimida ishga tushirildi: https://moqqv.uz. Saytda vazirlik faoliyati yo’nalishlari haqidagi ma’lumot va yangiliklar, hujjatlar e’lon qilib boriladi. Vebsayt vazirlik va aholi o’rtasidagi kommunikatsiyani yaxshilashga ham yordam beradi.

Yuqorida qayd etilgan axborot tizimlarining faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida BMT Taraqqiyot Dasturi texnik yordam ko’rsatish loyihasi doirasida Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligiga kerakli kompyuter va server qurilmalarini topshirishni rejalashtirmoqda. Elektron hujjatlar almashinuvi tizimi bilan ishlash bo’yicha ko’proq imkoniyatlar yaratish maqsadida mahalla fuqarolar yig’ini xodimlariga 100 ta noutbuk va wifi routerlar taqdim etilishi ko’zlanmoqda.

Icon of SDG 09 Icon of SDG 11 Icon of SDG 17

BMTTD BMTTD dunyoda

A

Afgʻoniston Albaniya Angola Argentina Armaniston

B

Bahrayn Bangladesh Barbado Belarus Beliz Benin Birlashgan Arab Amirliklari Boliviya Bosniya va Gertsogovina Botsvana Braziliya Burindi Burkina-Faso Butan

C

Chad Chernogoriya Chili

D

Dominikan Respublikasi

E

Efiopiya Ekvador Ekvatorial Gvineya Eritreya Eron Esvatini

F

Falastin halqiga yordam dasturi Filippin

G

Gabon Gaiti Gambiya Gana Gayana Gonduras Gruziya Gvatemala Gvineya Gvineya-Bisau

H

Hindiston

I

Indoneyzia Iordaniya Iroq Respublikasi

J

Janubiy Afrika Janubiy Sudan Jazoir Jibuti

K

Kabo-Verde Kamboja Kamerun Keniya Kipr Kolumbiya Komor Orollari Kongo Demokratic Respublikasi Kongo Respublikasi Koreya Demokratik Respublikasi Kosovo Kosta-Rika Kot-d'Ivuar Kuba

L

Laos Halq Demokratik Respublikasi Lesoto Liberiya Livan Liviya

M

Madagaskar Malavi Malayziya Maldiv Mali Markaziy Afrika respublikasi Marokash Mavrikiy va Seyshel Mavritaniya Meksika Misr Moldova Mongoliya Mozambik Muanma

N

Namibiya Nepal Niger Nigeriya Nikaragua

O

O'zbekiston Ozarbayjon

P

Panama Papua Yangi Gvineya Paragvay Peru

Q

Qirg'iziston Qozog'iston Quvayt

R

Rossiya Federatsiyasi Ruanda

S

Salvador Samoa ko'pdavlatli ofisi San-Tome va Principiya Saudiya Arabistoni Senegal Serbiya Sharqiy Timor Shimoliy Makedoniya Shri-Lanka Sierra-Leone Somali Sudan Surinam Suriya

T

Tanzaniya Tayland Tinch okeani mintaqasi Togo Tojikiston Trinidad va Tobago Tunis Turkiya Turkmaniston

U

Uganda Ukraina Urugvay

V

Venesuela Vyetnam

X

Xitoy Xorvatiya

Y

Yaman Yamayka

Z

Zambiya Zimbabve