2019 y dastur yakuni

8 oktabr 2020 yil, Toshkent - Onlayn tarzda o’tayotgan yoshlarning innovatsion g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash dasturining beshinchi davri oldingi davrlar ko’rsatgichlaridan yuqoriroq natijalarni namoyish etdi.

Qo'llab-quvvatlash dasturining beshinchi davrida ishtirok etish uchun arizalar 17 avgustdan 20 sentyabrgacha qabul qilindi. Bu yil dasturda ishtirok etish uchun 905 ta ariza qabul qilindi, bu avvalgi davrga nisbatan 38 foizga ko'pdir. Loyihalarda ishtirok etayotgan yoshlarning (jamoa a’zolarini qo’shib hisoblaganda) umumiy soni 1 972 nafarni tashkil qildi. Qizlarning soni (559) yigitlar sonidan (1 413) 2,5 baravar kamroq bo’ldi.

Arizalar eng ko'p tushgan viloyatlar: Toshkent va Toshkent viloyati (253), Samarqand (127) va Navoiy viloyatlari (92).

Arizalar eng kam tushgan viloyatlar: Qoraqalpog’iston Respublikasi (24), Surxondaryo (22) va Sirdaryo viloyatlari (19).

Har doimgidek, ishtirokchilar uchta tildan birida (o'zbek, rus va ingliz) hujjatlarni topshirish imkoniyati berildi. Quvonarli tarafi shu-ki, ingliz tilida topshirilayotgan arizalar soni yildan-yilga ortib bormoqda.

Jamoa sardorlarining yoshini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, 352 ta loyiha (39 foiz) 21 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan yoshlardan iborat. Arizalarning eng kichik qismi (55 ta) 36 yoshdan oshganlar yoki 6 foizga to'g'ri keldi.

Eng ko'p arizalar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (38), Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti (27), Toshkent davlat agrar universiteti (20), Toshkent shahridagi Inxa universiteti (18) va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (18) talabalari va o'qituvchilari tomonidan yuborilgan.

Loyiha yo’nalishlarining kamrovi juda keng, ammo eng ommaviylari savdo va xizmat ko'rsatish (67), turizm va mehmondo'stlik (54), tibbiyot, farmakologiya va biotexnologiya (47) ekanligi aniqlandi.

Eslatib o'tamiz, qo'llab-quvvatlash dasturi yoshlarning innovatsion g'oyalari va startap loyihalarini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash uchun qisqa muddatli intensiv dastur bo'lib, innovatsion g'oyalarning hayotiyligini tezkor sinovdan o'tkazish, eng kam ishchi mahsulotlarni yaratish, biznes modellarini sinovdan o'tkazishga va yoshlar o'rtasida innovatsion tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Qo'llab-quvvatlash dasturining beshinchi davri Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan "O'zbekistonda yoshlarning ish bilan ta'minlanishiga ko'maklashish" qo'shma loyihasi doirasida Yoshlar ishlari agentligi, "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi , O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi, Dasturiy ta'minot va axborot texnologiyalari texnoparki (IT-park)  va ularning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Respublikaning barcha hududlaridan eng istiqbolli 40 ta loyiha jamoalari (har bir viloyatdan 3 tagacha va Toshkent shahrida 10 tagacha loyiha) yakuniy taqdimotlar natijasiga ko'ra o'z startaplarini amalga oshirish uchun 50 million so'mgacha maqsadli grantlar bilan taqdirlanadi. Bu grantlar "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun Yaponiya hukumati moliyaviy ko’magi asosida ajratiladi.

Icon of SDG 04 Icon of SDG 08 Icon of SDG 09 Icon of SDG 17

BMTTD BMTTD dunyoda

A

Afgʻoniston Albaniya Angola Argentina Armaniston

B

Bahrayn Bangladesh Barbado Belarus Beliz Benin Birlashgan Arab Amirliklari Boliviya Bosniya va Gertsogovina Botsvana Braziliya Burindi Burkina-Faso Butan

C

Chad Chernogoriya Chili

D

Dominikan Respublikasi

E

Efiopiya Ekvador Ekvatorial Gvineya Eritreya Eron Esvatini

F

Falastin halqiga yordam dasturi Filippin

G

Gabon Gaiti Gambiya Gana Gayana Gonduras Gruziya Gvatemala Gvineya Gvineya-Bisau

H

Hindiston

I

Indoneyzia Iordaniya Iroq Respublikasi

J

Janubiy Afrika Janubiy Sudan Jazoir Jibuti

K

Kabo-Verde Kamboja Kamerun Keniya Kipr Kolumbiya Komor Orollari Kongo Demokratic Respublikasi Kongo Respublikasi Koreya Demokratik Respublikasi Kosovo Kosta-Rika Kot-d'Ivuar Kuba

L

Laos Halq Demokratik Respublikasi Lesoto Liberiya Livan Liviya

M

Madagaskar Malavi Malayziya Maldiv Mali Markaziy Afrika respublikasi Marokash Mavrikiy va Seyshel Mavritaniya Meksika Misr Moldova Mongoliya Mozambik Muanma

N

Namibiya Nepal Niger Nigeriya Nikaragua

O

O'zbekiston Ozarbayjon

P

Panama Papua Yangi Gvineya Paragvay Peru

Q

Qirg'iziston Qozog'iston Quvayt

R

Rossiya Federatsiyasi Ruanda

S

Salvador Samoa ko'pdavlatli ofisi San-Tome va Principiya Saudiya Arabistoni Senegal Serbiya Sharqiy Timor Shimoliy Makedoniya Shri-Lanka Sierra-Leone Somali Sudan Surinam Suriya

T

Tanzaniya Tayland Tinch okeani mintaqasi Togo Tojikiston Trinidad va Tobago Tunis Turkiya Turkmaniston

U

Uganda Ukraina Urugvay

V

Venesuela Vyetnam

X

Xitoy Xorvatiya

Y

Yaman Yamayka

Z

Zambiya Zimbabve